Главная » Qziiqarli malumotlar
Dabdurustdan ro`y beradigan voqealar har doim ham yoqimli bo`lavermaydi. Lekin istisno holatlar ham borligini inkor etolmaymiz. Masalan, sevgi—muhabbat borasida. Dugonajon, siz qanchalik tan olishdan bosh tortmang, sevib qolganingizni ko`zlaringiz oshkor etyapti. So`zlarimizga ishonmayapsizmi?..
1.Kardiogramma natijalariga ko`ra, yuragingiz urishi o`zgargan. Bu o`zgarishga kasallik emas, balki kimdir sababchi.
2.Xayolan o`z familiyangizdan voz kechib, ismingiz «u»ning familiyasi bilan qanday jaranglashini takror va takror o`ylayverasiz.
3.Ijtimoiy saytlarga tez-tez kiradigan bo`lib qolgansiz. Har kirganingizda «u»ning profillarida mehmon bo`lmasdan ketolmaysiz. Vaziyat shu darajadaki, “u” haqidagi ma`lumotlarni uyqudaligingizda so`rashsa ham aniq aytib bera olasiz.
4.Har ehtimolga qarshi shkafingizdagi uchta eng-eng chiroyli, bejirim ko`ylaklarni yuvib, dazmollab qo`ygansiz. Birinchi, ikkinchi va uchinchi uchrashuvlarga tayyor turishni ma`qul ko`rgansiz, shu ... Читать дальше »
Категория: Qziiqarli malumotlar | Просмотров: 246 | Добавил: ADMIN1 | Дата: 29.11.2016 | Комментарии (0)

Yomg`ir haqida 20 ta qiziqarli ma’lumotlar1. Portugaliyada ishga chiqmaslik yomg`ir uzrli sababdir.
2. Para shahrida odamlar yomg`irga qarab soatlarini to’g`rilashadi, chunki u yerda yomg`ir har kuni bir vaqtda yog`adi.
3. Darts o’yini yomg`ir sababli paydo bo’ldi. Bir paytlar kamonchilar musobaqa davomida yomg`irda qolib ketishadi. Ana shundan keyin kamonchilar pivoxonaga borib, kichik nayzalarni devorda osiq turgan nishonga qarab otishni boshlashdi.
4. Haqiqatdan ham yomg`irning hidi yo’q. Yomg`irning xushbo’y hidi deb biladiganimiz, aslida aktino- va sianobakteriyalar ishlab chiqaradi. Yomg`irga hid beradigan modda geosmin deb ataladi.
5. Uganda aholisini momaqaldiroq bilan qo’rqitib bo’lmaydi. Chunki ularda yomg`ir bilan momaqaldiroq yiliga 250 marta yog`adi.
6. Radio bo’yicha ob-havo bashoratining berilishiga yomg`ir sababchi bo’lgan. Amerika radiostansiyasi rahbari yomg`irda qolib ketganidan so’ng, yomg`ir haqida sutkasiga bir necha bor ma’lumot ... Читать дальше »
Категория: Qziiqarli malumotlar | Просмотров: 428 | Добавил: ADMIN1 | Дата: 15.11.2016 | Комментарии (0)

Dunyoning yetti mo’jizasi haqidagi ma’lumotlar hammani qiziqtirib kelgan. Insoniyat tarixining turli davrlaridagi madaniyat durdonalari sanalgan va dunyo mo’jizalari deb tan olingan obidalarni davr nuqtai nazardan ikki guruhga bo’lish mumkin: qadimgi va hozirgi zamon mo’jizalari. Shunisi e’tiborliki, qadimgi va hozirgi mo’jizalarda ham aynan yettita obida kiritilgan.
Buning tarixi miloddan avvalgi V asrdagi qadimgi Yunonistonga borib taqaladi. 7 raqami Yunonistonda ovchilik, fan, san’at va bashoratlar ma’budi Appolonning muqaddas raqami hisoblangan. Oyning yettinchi kunida tug’ilgan Quyosh timsoli Appolonning o’qdonida yettita o’q, ushlab turgan musiqa asbobida yettita sim va boshqalar bo’lgan. Dunyo xalqlarida ham 7 raqami xosiyatli hisoblanadi. Masalan, kamalakning yetti rangi, oddiy ko’z bilan ko’rish mumkin bo’lgan yetti osmon jismi, yetti olam, yetti iqlim, yetti aka-uka kabilarni ko’rish mumkin.
Dunyoning yetti mo’jizasi ro’yxatini birinchi bo’lib yunon tarixchisi G ... Читать дальше »
Категория: Qziiqarli malumotlar | Просмотров: 428 | Добавил: ADMIN1 | Дата: 15.11.2016 | Комментарии (0)

Kamalak tabiatning eng go’zal hodisalaridan biridir, odamlar uning qanday hosil bo’lishi haqida qadim zamonlardan beri bosh qotirib kelishadi. Hatto, qadimgi yunon faylasufi Aristotel - Arastu ham kamalakning sodir bo’lishi sababini tushuntirib berishga uringan edi.
Quyosh nuri yoki oddiy oq nur barcha ranglarni o’zida jam etgandir. Siz qiya turgan ko’zguning bir chetiga yoki sovun pufagi yuzasiga nur tushganini hech kuzatganmisiz? Oq nur turli ranglarga bo`linib ketadi. Shunda biz qizil, zarg`aldoq, sariq, yashil, ko’k va binafsha ranglarni ko’ramiz.
Nurni turli ranglarga ajratuvchi narsa «prizma» deb ataladi. Hosil bo’lgan ranglar o’zaro birikib ketuvchi chiziqlar hoshiyasini hosil qiladi va bu «spektr» deb ataladi.
Kamalak ham katta egilgan spektr yeki yomg`ir tomchilari orqali o’tib sinadigan nurning ran-go-rang chiziqlaridan iborat tasmadir. Bu holda yomg`ir tomchilari prizma vazifasini bajaradi.
Kamalak jala yog`ayotganda chiqadi. Bu vaqtda, bir tomond ... Читать дальше »
Категория: Qziiqarli malumotlar | Просмотров: 271 | Добавил: ADMIN1 | Дата: 15.11.2016 | Комментарии (0)

Bilasizmi, tabiatda hech narsa bejizga yaratilmagan, bunga kichik bir dalil sifatida 1995-yilda bo`lgan voqeani gapirib bermoqchimiz. AQShdagi bir milliy bog`da 70 yil davomida bo’rilar yashamagan. O`sha boqqa 1995-yilda 14 dona bo`rilar keltirildi. Bu esa bog` ekotizimini butunlay o`zgartirib yuborgan. Bog`da kiyiklar hukmronlik qilishardi. Bo`rilar kelishi ularning miqdorini normallashishiga sabab bo`ldi. Bog`da daraxtlar, o`t-o`lanlar ko`paya bordi. Olti yil mobaynida daraxtlar soni besh barobar ortdi. Daraxt mevalari bilan oziqlanadigan qushlar soni ko`paydi. Daraxt va o`simliklar ko`payishi daryo yo`nalishini o`zgarishiga sharoit yaratdi. Uni qirg`oqlari to`g`rilandi. Baliqlar, o`rdaklar daraxt mevalari bilan oziqlanadigan qushlar soni ortdi. Daraxt shoxlari bilan kun kechiradigan qunduzlar paydo bo`lishdi. Bo`rilar kelishi qashqirlar sonini kamaytirdi. Bu esa o`z navbatida qo`yonlar va sichqonlar ko`payishiga sabab bo`ldi. Qo`yon va sichqonlar ko`payishgani, ular bilan oziqlanadi ... Читать дальше »
Категория: Qziiqarli malumotlar | Просмотров: 206 | Добавил: ADMIN1 | Дата: 15.11.2016 | Комментарии (0)

Buyuk Britaniyada BBC telekanali hasharotlarga bag‘ishlangan, Life in the undergrowth («Butalardagi hayot») deb nomlangan yangi ilmiy ommabop serialni namoyish qilishni boshladi. Eng zamonaviy telekameralar yordamida mualliflar shu paytgacha inson nigohi ilg‘ay olmagan sahnalarni suratga olishga muvaffaq bo‘lishganki, ularni tomosha qilar ekan, kishi o‘zini boshqa olamga tushib qolgandek his qiladi.Yangi hujjatli serial haqida xabar berar ekan, Britaniyaning The Mirror gazetasi hasharotlar hayotidan 25 ajabtovur faktni e’lon qildi:
1. Hasharotlar – bundan 400 mln. yil ilgari Yerda paydo bo‘lgan ilk jonli mavjudotlardir. O‘shandan buyon ular beshta ommaviy halokatlarni boshdan kechirishdi va tiranozavrlardan ko‘ra yashovchanroq ekanliklari ma’lum bo‘ldi.
2. Hozir dunyoda asalarilarning 20 mingga yaqin turi mavjud. 500 gramm asal yig‘ish uchun bitta ari uyasidan gulgacha 10 mln. marta uchib borishiga to‘g‘ri keladi.
3. Urg‘ochi suvarak bir yil davomida 2 milliondan z ... Читать дальше »
Категория: Qziiqarli malumotlar | Просмотров: 278 | Добавил: ADMIN1 | Дата: 15.11.2016 | Комментарии (0)

Bir necha yil avval «Riderz Dayjyest» jurnalida bir ajoyib o'qituvchi ayol haqida maqola paydo bo'lgandi - uning kichik topshirig'idan keyin o'quvchilar o'z kuchlariga ishona boshlashgan. Har qanday insonni ruhlantiruvchi dono saboqlarni sizlar bilan bo'lishishga qaror qildik.
Minnesota shtatida yashovchi matematika o'qituvchisi o'quvchilariga shunday vazifa berdi: sinf ro'yxatini tuzish, har bir bolaning xulq-atvoridagi o'zingizga yoqqan tomoni haqida o'ylab ko'ring va bu sifatni uning familiyasi qarshisiga yozing. Darsning oxirida u o'quvchilardan bajarilgan vazifalarni yig'ib oldi. O'sha kuni juma edi. Dam olish kunlari ayol barcha natijalarni tahlil qilib chiqdi va dushanba kuni har bir o'quvchiga sinfdoshlarining u haqidagi ijobiy fikrlarini yozib tarqatdi. O'quvchilar ularni o'qiy boshlashdi, u yer-bu yerdan pichirlagan ovozlar eshitildi: "Nahotki, bularning barchasi men haqimda? Meni bunday yaxshi ko'rishlarini bilmas edim". Ular natijalarni sinfda muhokama qilishmadi, le ... Читать дальше »
Категория: Qziiqarli malumotlar | Просмотров: 246 | Добавил: ADMIN1 | Дата: 13.11.2016 | Комментарии (0)

Shuning sababini Barselonadagi biotibbiyot ilmiy tekshirish instituti olimlari aniqlashdi.

Saraton xastaligining xarakterli jihatlaridan biri shunda ekanki, u juda katta tezlikda bemor organizmida anomal to‘qimalarni yaratadi. Bu to‘qimalar saraton shishidan tashqarida ham bemalol yashab qolishadi. Bu jarayon esa metastazom deb ataladi. Kimyoviy terapiya faqat organizmda shu jarayon boshlangandan keyingina ijobiy ta’sir ko‘rsata boshlaydi. Qolaversa, saraton shishida turli quvvatga ega nurlarga nisbatan alohida «immunitet» mavjud. U nurlar ta’sirida o‘lish o‘rniga tobora rivoj topib boradi. Uning o‘lmasligini maxsus oqsillar ta’minlab beradi. Olimlar hozirda xuddi o‘sha oqsillarga qarshi ta’sir eta oluvchi dori vositasi yaratish niyatida mehnat qilishyapti.

«Mir-24»
Категория: Qziiqarli malumotlar | Просмотров: 184 | Добавил: ADMIN1 | Дата: 12.11.2016 | Комментарии (0)

Shakar foydalimi yoki zararli degan savol ko`pchilikni qiziqtiradi. Quyida shakar haqida o`z isbotini topgan asosiy faktlarni keltirib o`tamiz.

1. “1 osh qoshiq shakar + 1-2 tomchi sirka” guldasta uchun eng yaxshi ozuqa. Guldon suviga masalliqlardan aralashtirib, so`ng uzilgan gullarni joylasangiz, bir haftagacha ko`rinishini yo`qotmaydi.

2. Shakar tarkibiga ko`ra antibakterial xususiyatga ega. Ehtiyotsizlik sabab, barmog`ingizni kesib olsangiz, jarohat ustiga shakar sepib qo`ying.

3. Qahva maydalagich yoki ziravorlar solingan idishlarni tozalayotganda shakarli suv bilan artib oling. Bu yo`l bilan shirin yordamchingiz yoqimsiz hidlarni bartaraf etadi.

4. Achchiq ta`mli egulikdan ko`nglingiz behuzur bo`lsa, yarim soat o`tib nimtatir shirin suv iching. Balki ishonmassiz, ammo shakarli suv oshqozondagi bezovtaliklarni engillashtiradi.
Категория: Qziiqarli malumotlar | Просмотров: 194 | Добавил: ADMIN1 | Дата: 10.11.2016 | Комментарии (0)

Gazli ichimliklar va boshqa shirin ichimliklarni doimiy ravishda iste`mol qilib keladiganlar bedorlik hamda uyquga ketishdagi muammolarga duch kelishini olimlar isbotlashdi. Bu haqida Sleep Health jurnalida maqola e`lon qilingan.
"O'ylaymizki, bu holatda shirin ichimliklar ichish odati va uyqusizlik bir-birini kuchaytiradi. Shu sabab ham odamlar bu odatni tashlashga juda qiynalishadi. Bizning ma`lumotlarimiz ko'rsatadi-ki, gazli ichimliklar ichish, semizlik va diabetdan uyquni yaxshilash bilan kurashsa bo'ladi", — dedi San-Frantsiskodagi Kaliforniya universitetidan Arik Prater.
Prater va uning hamkasblari bunday xulosaga 19 ming kishining hayotini kuzatish asnosida kelishdi. Bu odamlar 2005-2012 yillarda o'tkazilgan parhez va salomatlikni kuzatish milliy dasturida ishtirok etishgan.
Ular qanchalik ko'p shirin ichimliklar ichishgan bo'lsa, samara shunchalik kuchli bo'ldi. O'rta holatda besh soat uxlaganlar 21 foiz ko'proq ichimlik ichishgan. Olti soat uxlaganlarda e ... Читать дальше »
Категория: Qziiqarli malumotlar | Просмотров: 142 | Добавил: ADMIN1 | Дата: 09.11.2016 | Комментарии (0)

1 2 3 »