Главная » Dunyo yangiliklari
AQShning Los-Anjeles shahri marhum aktyor Adam Uest xotirasiga vaqtinchalik Betmen istiqomat qilgan o‘ylab topilgan Gotem shahriga aylantirildi. Bu haqda, AP’ga asoslanib, “Gazeta.ru” xabar bermoqda.

Shaharda Betmendan yordam talab qilinganda beriladigan belgi — bet-signal yoqildi. DC Comics olamida bet-signal bulutlarda ko‘rshapalak tasvirini aks ettiradigan projektor nuridan iborat.

Marosimda Los-Anjeles meri Erik Garsetti va shahar politsiyasi boshlig‘i Charli Bek ishtirok etdi. Uestning xotirasiga hurmat bajo keltirish uchun yuzlab muxlislar to‘plandi. Ularning barchasi Betmen olamiga oid liboslarda edi. Shuningdek, tadbirda aktyorning rafiqasi va bolalari bo‘ldi.

Adam Uest shu oyda 89 yoshida vafot etdi.
Категория: Dunyo yangiliklari | Просмотров: 143 | Добавил: Administrator | Дата: 17.06.2017 | Комментарии (0)

Bir hafta avval Ostonaga tashrif buyurgan mashhur aktyor Jeki Chan lyuks avtomobildan voz kechdi va hech qanday rayder (artist, musiqachi yoki ijodiy kollektiv tadbir tashkilotchilariga qo‘yadigan talablar va shartlar ro‘yxati)ni qo‘ymadi, deb yozadi Kazakhstan Today.

“Shunisi hayratlanarliki, uning Ostonaga tashrifi bizga hech qanday xarajatlarni yuklamadi! U o‘z samolyotida do‘stlari bilan uchib keldi, hech kim unga gonorar to‘lamadi, u rayderlarni qo‘ymadi. Hatto lyuks avtomobilda kutib olishdan bosh tortdi va shunchaki do‘stlari bilan shahar bo‘ylab harakatlanish uchun oddiy miniven so‘radi. Ostonadagi mahalliy restoratorlar o‘z kumirini qabul qilishdan shunchalik xursand ediki, hatto kechki ovqat uchun biz hech narsa to‘lamadik”, — deb yozdi “Qozog‘iston” telekompaniyasi boshqaruv raisi Yerlan Karin.

Uning so‘zlariga ko‘ra, taniqli aktyor Qozog‘istonda 1—2 kun mehmon bo‘lishi rejalashtirilgan, ammo tig‘iz grafik tufayli bor-yo‘g‘i yarim kun bo‘lgan.
... Читать дальше »
Категория: Dunyo yangiliklari | Просмотров: 174 | Добавил: Administrator | Дата: 16.06.2017 | Комментарии (0)

Yaratgan o‘nlab badiiy va hujjatli filmlari bilan nafaqat o‘zbek, balki jahon kinomuxlislarining ham qalbidan chuqur joy olgan atoqli kinooperator, rejissor, xalqaro kino festivallari sovrindori, “El-yurt hurmati” ordeni sohibi Hotam Fayziyev hayot bo‘lganida bu yil sakson yoshni qarshi olardi. Shu munosabat bilan Alisher Navoiy nomidagi O‘zbekiston Milliy kutubxonasida xotira kechasi tashkil etildi, deb xabar beradi O‘zA.

Unda Fayziyevning oila a’zolari, hamkasb do‘stlari, keng jamoatchilik vakillari, jurnalistlar, “O‘zbekkino” milliy agentligi bosh direktori O. Musayev va boshqalar ishtirok etdi.

Hotam Fayziyev suratga olgan va rejissorlik qilgan “Sen yetim emassan”, “Sahro osmoni”, “Surayyo”, “Vijdon amri sari”, “Toshkent — non shahri”, “Dilorom”, “Nur va soya”, “Abu Rayhon Beruniy”, “Yilning to‘rt fasli”, “Jala”, “Ehtiyot bo‘ling, ilonlar” kabi badiiy filmlar o‘zbek kinosi tarixida o‘chmas iz qoldirgan. Bu kinoasarlarda Fayziyevning o‘ziga xos operatorlik ... Читать дальше »
Категория: Dunyo yangiliklari | Просмотров: 189 | Добавил: Administrator | Дата: 15.06.2017 | Комментарии (0)

Serbiyalik Mariya Zlatich ismli ayol 50 yil mobaynida eridan maktub kutib, umri o`tdi, deb yozadi “Nonbox.ru” nashri. Bu keksa ayol o`rmonning bir chetida joylashgan kichkina uychasida bor-yo`g`i 100 dollar evaziga kun ko`rdi. Ammo oddiy va zerikarli kunlarning birida etib kelgan xabar uning hayotini ostin-ustin qilib yubordi. Bu voqea 1956 yilda boshlangandi. Mariya va Momchilo Zlatich Avstraliyaga jo`naganda hali juda yosh edilar. Momchila duradgor bo`lib ishlar, Mariya esa fermerlik ishi bilan shug`ullanar, ularning kichkina xo`jaligi bor edi. Ular ertaklardagi kabi baxtli hayot kechirishardi. Oradan 18 oy o`tgandan keyin Mariyaga onasining qattiq betob bo`lganligi haqidagi xabar keladi. U Serbiyaga qaytishga qaror qiladi. O`shanda eri bilan qirg`oqda xayrlashar ekan, bu so`nggi vidolashuv ekanligini xayoliga ham keltirmaydi. Mariya onasi vafot etguncha, uning yonidan jilmadi. Oldinda uni qanday sinovlar kutayotganidan hali bexabar edi. Ba`zi bir sabablarga ko`ra, u turmush o` ... Читать дальше »
Категория: Dunyo yangiliklari | Просмотров: 240 | Добавил: ADMIN1 | Дата: 11.11.2016 | Комментарии (0)

Alexa dunyodagi eng qadimiy va nufuzli tahlil kompaniyalaridan biri hisoblanadi. Kompaniya ekspertlari sutkalik o'rtacha auditoriya hamda sahifalarning so'nggi uch oydagi ko'rilishidan kelib chiqib, saytlarni baholaydi. Reyting tuzishdan avval butun dunyo bo'ylab 30 million resurs ma`lumotlari tahlil qilib chiqiladi. Hi-tech-mail.ru nashri Alexa reytingi haqida ma`lumot berdi. Manbaga ko'ra, bugungi kunda eng ko'p kiriladigan sayt - Google.com.Uning hind versiyasi - yettinchi pog'onada, yapon versiyasi esa - o'n birinchi o'rinda. Darvoqe, Xitoyning Baidu qidiruv sayti mazkur ro'yxatning to'rtinchi, Wikipedia erkin ensiklopediyasi esa - beshinchi o'rnidan joy oldi. Quyida eng ko'p kiriladigan saytlarning umumiy reytingi taqdim etiladi:1. Google.com
2. Youtube.com
3. Facebook.com
4. Baidu.com
5. Wikipedia.org
6. Yahoo.com
7. Google.co.in
8. Twitter.com
9. Amazon.com
10. Qq.com
11. Google.co.jp
12. Live.com
... Читать дальше »
Категория: Dunyo yangiliklari | Просмотров: 177 | Добавил: ADMIN1 | Дата: 09.11.2016 | Комментарии (0)

Norvegiya OIVga chalinish xavfi yuqori guruhlarda bunga qarshi dorilarni bepul tarqatishni boshlagan dunyodagi birinchi davlat bo‘ldi. Bu haqda TJournal xabar bermoqda.

Foto: TJournal
Mamlakat sog‘liqni saqlash vaziri Bent Xyoyega ko‘ra, bepul profilaktika vositalari OIVga chalinish ehtimoli yuqori fuqarolarga tarqatiladi. PrEP profilaktika vositasi infeksiya bilan kasallanish xavfini 92—99 foizgacha kamaytirishga yordam beradi.

Bunday tashabbuslar hozirda AQSh, Kanada, Fransiya va JARda amalda qo‘llanmoqda, biroq bu davlatlarda dori-darmonlar bepul va retseptsiz berilmaydi.
Manba.daryo.uz
Категория: Dunyo yangiliklari | Просмотров: 158 | Добавил: ADMIN1 | Дата: 06.11.2016 | Комментарии (0)

Yer yuzini turli fazoviy radiatsiyalar, quyosh plazmasidan iborat bulutlardan himoya etuvchi magnitosfera darz ketdi. Odatda bunday vaziyatlarda yer yuzida salbiy o‘zgarishlar ko‘zga tashlanadi. Surunkali xastaliklar qo‘zg‘aladi, yangi xastaliklar paydo bo‘ladi. Kutilmagan o‘lim holatlari ko‘proq kuzatila boshlaydi, Olimlarning fikricha, bu darz ketish quyosh plazmasiga ega o‘ta yirik hajmdagi bulut bilan to‘qnashuv oqibatida sodir bo‘lgan. To‘qnashuv esa 2015 yil iyunida kuzatilgan. Bulut quvvati o‘shanda 20 milliard elektronvoltga teng bo‘lgan. To‘qnashuv ikki soat davom etgan. Keyin atmosferaga o‘ta katta kuchga ega fazo radiatsiyasi o‘ta boshlagan. Shundan so‘ng yer yuzida kuchli magnit bo‘roni yuzaga kelgan. Mutaxassislar yer yuzi aholisini jiddiy ogohlantirishdi. Shu yilning o‘zida yana qirqdan ziyod kuchli magnit bo‘ronlari ko‘zga tashlanadi. Ularning teng yarmisi insoniyat hayoti uchun o‘ta xavfli hisoblanadi. Bir so‘z bilan aytganda, magnitosferaning darz ketishi bundan buyon ... Читать дальше »
Категория: Dunyo yangiliklari | Просмотров: 160 | Добавил: ADMIN1 | Дата: 05.11.2016 | Комментарии (0)

Arktikaning Kanada nazorati ostida bo'lgan qismida okean tubidan sirli shovqin kelmoqda. Mutaxassislar buning nima ekanligini va uning sabablarini ayta olishmayapti, deb xabar bermoqda CBC News.

Kanadalik jurnalistlarning ma`lumotlariga ko'ra, tovush Kanadaning qit`adagi qismidan 120 km uzoqlikda joylashgan Fyuri-end-Xekl bo'g'ozidan kelmoqda. Shovqin uzoq vaqtdan beri yangramoqda va bu hududdagi baliq va jonzotlarni hurkitmoqda, deb aytildi xabarda.

"Bu joy yoz mavsumidagi asosiy ov joylaridan hisoblanadi. Biroq bu yozda bu yerda deyarli hech qanday o'lja bo'lmadi", deb aytdi mahalliy qonunchilik yig'ilishi a`zosi.

CBC News’ning qo'shimcha qilishicha, sirli shovqinga birinchi bo'lib mahalliy aholi e`tibor qaratgan. Ular bu haqda milliy xavfsizlik departamentiga xabar berishgan. Endi bu shovqinning kelib chiqishini aniqlash bilan Kanada qurolli kuchlari shug'ullanadi.
Manba: Kun.uz
Категория: Dunyo yangiliklari | Просмотров: 137 | Добавил: ADMIN1 | Дата: 05.11.2016 | Комментарии (0)

Olimlar 2030 yilda Er aholisini kichik muzlik davri kutayotgani haqida ma`lum qilishdi.

Bunday tahminni britaniyalik Nortumbriya universiteti mutaxassislari aytishdi.

Ularning ma`lumotlariga ko`ra, so`nggi vaqtda Quyosh faolligi pasaygan. Ular hisob-kitob qilishdi, ular asosida 2020 yilda Quyosh faolligining 24-faollik davri yakunlanadi va uning o`rniga sokinlik davri boshlanib, u muzlik davri deb ataladi.

Bunday hodisa bilan Erliklar 17 asr o`rtalari 18 asr boshlarida to`qnashgan.

O`sha davrda sayyoramiz harorati 1,3 darajaga tushgan, bu esa katta hosil yo`qolishiga va ocharchilikka olib kelgan. Yangi muzlik davri qanchalik davomli bo`lishi hozircha noma`lum.
Manba: Darakchi.uz
Категория: Dunyo yangiliklari | Просмотров: 153 | Добавил: ADMIN1 | Дата: 31.10.2016 | Комментарии (0)

Italiyaning markaziy qismida kecha, chorshanba kuni kechqurun 5, 4 magnitudali ilk zilzila ro`y bergan bersa, tuni bilan ularning soni 70 taga etdi, deb xabar berdi “Vesti.ru” nashri.

Italiya Milliy geofizika va vulkanologiya institutining bergan ma`lumotiga ko`ra, zilzila epimarkazi Macherat viloyatida, 9 kilometr chuqurlikda bo`lgan. Italiyaning to`rtta — Umbriya, Lasio, Marke va Abrusso viloyatlarida, Rim, Florensiya, Akvil, Perudja shaharlarda zilzila kuchli sezilgan.

Italiya aholisi uylarini tark etib, tunni avtomashinalarda o`tkazgan. Visso, Ussita, Kastelanjelo-sul-Nera, Kamerino, Akuasanta Terme va Fabriano aholi punktlari jiddiy talofot ko`rgan
Manba: Darakchi.uz
Категория: Dunyo yangiliklari | Просмотров: 160 | Добавил: ADMIN1 | Дата: 31.10.2016 | Комментарии (0)