Главная » Sport yangiliklari
Amerikalik mashhur bokschi kichik Floyd Meyvezer faoliyatini qayta tiklashi haqiqatga yaqin ekanligini ma’lum qildi, deb xabar bermoqda “Olamsport”.

“Otam qachon boksga qaytishimni so‘radi. Shuni aytishim kerak, boks eshiklari men uchun hamisha ochiq. Bu 100 foiz aniq. Lekin hozircha qaror qabul qilishimda meni aynan qanday holat yoki kim ruhlantira olishini bilmayman”, – dedi Meyvezer.

Kichik Floyd Meyvezer ringga qaytgan holatda ham uning raqibi katta ehtimol bilan filippinlik yana bir mashhur bokschi, faolyatini qayta tiklab, WBO versiyasi bo‘yicha jahon chempionligi uchun jangda amerikalik Jessi Vargasni mag‘lubiyatga uchratgan Menni Pakyao bo‘ladi.

Sky Sports nashrining ma’lum qilishicha, kichik Floyd Meyvezer Menni Pakyaoning Las-Vegasda o‘tkazilgan jangini zaldan turib tomosha qilgan.

Eslatib o‘tamiz, avgust oyida Meyvezer mashg‘ulotlarga qaytgani va bu uning bokschilik faoliyatini yangilashi mumkinligi haqidagi xabarlarning pa ... Читать дальше »
Категория: Sport yangiliklari | Просмотров: 139 | Добавил: ADMIN1 | Дата: 07.11.2016 | Комментарии (0)

Ispaniya chempionati 11-turida Madridning "Real" jamoasi o`z maydonida turnir debyutanti "Leganes"ni qabul qildi. Qiziqarli va murospsiz kechgan o`yinda madridliklar 3:0 hisobida zafar quchdi.

Uchrashuvning 38 va 45-daqiqalarida Garet Beyl raqib darvozasini aniq nishonga oldi. 76-daqiqada Alvaro Morata hisobni yirik ko`rinishga olib keldi.

Mazkur g`alabadan keyin Zinedin Zidan shogirdlari chempionatda peshqadamlikni saqlab qoldi.

"Real" – "Leganes" 3:0

Gollar: Beyl, 38, 45+1, Morata, 76

"Real": Keylor Navas – Karvaxal, Varan, Nacho, Marselo – Kovachich (Modrich, 62), Kroos, Isko (Xames Rodriges, 68) – Beyl, Morata (Lukas Vaskes, 82), Ronaldu

"Leganes": Serantes – Bustinsa, Insua, Mantovani (Viktor Dias, 62), Diego Riko – Unai Lopes, Alberto Martin, Ruben Peres (Lusiano, 68) – Machis (Omar Ramos, 55), Gabriel, Shimanovski

Ogohlantirishlar: Ronaldu, Kroos, Nacho – Machis, Insua, Mantovani, Omar Ram ... Читать дальше »
Категория: Sport yangiliklari | Просмотров: 140 | Добавил: ADMIN1 | Дата: 06.11.2016 | Комментарии (0)

7-noyabr kuni Ispaniyaning Marca nashri o'tgan mavsumning eng yaxshi futbolchilariga sovrinlarni topshiradi.

Ma'lum bo'lishicha, g'oliblar ichida"Real"ning ikki nafar futbolchisi bor.Xususan, Krishtianu Ronaldu La Ligada mavsumning eng yaxshi futbolchisiga topshiriladigan "Trofeo Di Stefano" sovrinini oladi.

Alvaro Morata esa Ispaniya terma jamoasining eng yaxshi futbolchisiga beriladigan sovringa ega bo'ladi.

Eslatib o'tamiz, bu Ronaldu uchun to'rtinchi "Trofeo Di Stefano" bo'lib, bu borada u yaqqol peshqadamdir.
Категория: Sport yangiliklari | Просмотров: 163 | Добавил: ADMIN1 | Дата: 06.11.2016 | Комментарии (0)

Amerikalik bokschi Roy Jons faoliyatini davom ettirish niyatida. Bu haqda u World Boxing News portaliga bergan intervyusida ma’lum qildi, deya xabar beradi “TASS”.

Foto: “TASS”
“Boksga juda bog‘lanib qolganman. Faoliyatni tark etish men uchun mushkul emas, biroq hozir janglar o‘tkazishni istayapman. O‘zimni bellashuvlarga tayyor ekanligimni his qilmoqdaman. Bundan zavq olaman, oldimga katta vazifalar qo‘yish va murakkab janglar o‘tkazishni yoqtiraman”, — ta’kidladi bokschi.
Ma’lumot uchun, 2015-yilda Rossiya fuqaroligiga ham ega bo‘lgan Jons to‘rt vazn toifasida jahon chempionligini qo‘lga kiritgan dunyoda yagona bokschi hisoblanadi.
— deya xabar beradi Daryo nashri.
Категория: Sport yangiliklari | Просмотров: 140 | Добавил: ADMIN1 | Дата: 06.11.2016 | Комментарии (0)

Xalqaro futbol federatsiyasi 2016 yilning “Eng yaxshi erkak futbolchisi” nomiga da’vogarlik qilayotgan nomzodlar ro‘yxatini e’lon qildi. Ro‘yhatdan 23 nafar futbolchi o‘rin olgan, deya xabar bermoqda “Championat.com” sayti.

Ro‘yhatdan joy olgan futbolchilar:

Serxio Aguero – “Manchester Siti”
Garet Beyl – “Real Madrid”
Janluiji Buffon – “Yuventus”
Kevin De Bryoyne – “Manchester Siti”
Antuan Grizmann – “Atletiko”
Zlatan Ibragimovich – “Manchester Yunayted”
Andres Inesta – “Barselona”
N'Golo Kante – “Chelsi”
Toni Kroos – “Real Madrid”
Robert Levandovski – “Bavariya”
Riyad Marez – “Lester Siti”
Lionel Messi – “Barselona”
Luka Modrich – “Real Madrid”
Manuel Noyer – “Bavariya”
Neymar – “Barselona”
Mesut O‘zil – “Arsenal”
Dimitriy Payet – “Vest Xem”
Pol Pogba – “Manchester Yunayted”
Serxio Ramos – “Real”
Krishtianu Ronaldu – “Real Mad ... Читать дальше »
Категория: Sport yangiliklari | Просмотров: 160 | Добавил: ADMIN1 | Дата: 06.11.2016 | Комментарии (0)

Madridning “Real” jamoasi uelslik yarim himoyachi Garet Beyl bilan shartnoma uzaytirilganini e’lon qildi. Bu haqda “Sportbox.ru” xabar bermoqda.

Yangi shartnoma 2022-yilning 30-iyuniga qadar mo‘ljallangan. 31-oktabr kuni maxsus matbuot anjumani o‘tkazilib, unda Beyl va “Real” rahbarlari jurnalistlarning savollariga javob beradi.

27 yoshli futbolchining oldingi shartnomasi 2019-yilning iyunida yakunlanishi kerak edi.
Manba: daryo.uz
Категория: Sport yangiliklari | Просмотров: 186 | Добавил: ADMIN1 | Дата: 30.10.2016 | Комментарии (0)