Главная » 2016 » Ноябрь » 6 » Roy Jons boksdagi faoliyatini davom ettirishini ma’lum qildi
13:42
Roy Jons boksdagi faoliyatini davom ettirishini ma’lum qildi
Amerikalik bokschi Roy Jons faoliyatini davom ettirish niyatida. Bu haqda u World Boxing News portaliga bergan intervyusida ma’lum qildi, deya xabar beradi “TASS”.

Foto: “TASS”
“Boksga juda bog‘lanib qolganman. Faoliyatni tark etish men uchun mushkul emas, biroq hozir janglar o‘tkazishni istayapman. O‘zimni bellashuvlarga tayyor ekanligimni his qilmoqdaman. Bundan zavq olaman, oldimga katta vazifalar qo‘yish va murakkab janglar o‘tkazishni yoqtiraman”, — ta’kidladi bokschi.
Ma’lumot uchun, 2015-yilda Rossiya fuqaroligiga ham ega bo‘lgan Jons to‘rt vazn toifasida jahon chempionligini qo‘lga kiritgan dunyoda yagona bokschi hisoblanadi.
— deya xabar beradi Daryo nashri.
Категория: Sport yangiliklari | Просмотров: 141 | Добавил: ADMIN1 | Рейтинг: 0.0/0
Всего комментариев: 0
avatar