Главная » 2016 » Ноябрь » 06
Ispaniya chempionati 11-turida Madridning "Real" jamoasi o`z maydonida turnir debyutanti "Leganes"ni qabul qildi. Qiziqarli va murospsiz kechgan o`yinda madridliklar 3:0 hisobida zafar quchdi.

Uchrashuvning 38 va 45-daqiqalarida Garet Beyl raqib darvozasini aniq nishonga oldi. 76-daqiqada Alvaro Morata hisobni yirik ko`rinishga olib keldi.

Mazkur g`alabadan keyin Zinedin Zidan shogirdlari chempionatda peshqadamlikni saqlab qoldi.

"Real" – "Leganes" 3:0

Gollar: Beyl, 38, 45+1, Morata, 76

"Real": Keylor Navas – Karvaxal, Varan, Nacho, Marselo – Kovachich (Modrich, 62), Kroos, Isko (Xames Rodriges, 68) – Beyl, Morata (Lukas Vaskes, 82), Ronaldu

"Leganes": Serantes – Bustinsa, Insua, Mantovani (Viktor Dias, 62), Diego Riko – Unai Lopes, Alberto Martin, Ruben Peres (Lusiano, 68) – Machis (Omar Ramos, 55), Gabriel, Shimanovski

Ogohlantirishlar: Ronaldu, Kroos, Nacho – Machis, Insua, Mantovani, Omar Ram ... Читать дальше »
Категория: Sport yangiliklari | Просмотров: 141 | Добавил: ADMIN1 | Дата: 06.11.2016 | Комментарии (0)

7-noyabr kuni Ispaniyaning Marca nashri o'tgan mavsumning eng yaxshi futbolchilariga sovrinlarni topshiradi.

Ma'lum bo'lishicha, g'oliblar ichida"Real"ning ikki nafar futbolchisi bor.Xususan, Krishtianu Ronaldu La Ligada mavsumning eng yaxshi futbolchisiga topshiriladigan "Trofeo Di Stefano" sovrinini oladi.

Alvaro Morata esa Ispaniya terma jamoasining eng yaxshi futbolchisiga beriladigan sovringa ega bo'ladi.

Eslatib o'tamiz, bu Ronaldu uchun to'rtinchi "Trofeo Di Stefano" bo'lib, bu borada u yaqqol peshqadamdir.
Категория: Sport yangiliklari | Просмотров: 164 | Добавил: ADMIN1 | Дата: 06.11.2016 | Комментарии (0)

Kerakli mahsulotlar:

-50 g sariyog‘
-1 dona to‘g‘ralgan yirik piyoz
-1 dona tishcha piyoz
-2 osh qoshiq maydalangan kashnich
-700 g go‘shti qiymasi
-2 choy qoshiq xantal
-1 dona tuxum
-450 g qatlamali xamir
-3 dona qaynatilgan tuxum
-Tuz va murch
Tayyorlanishi:
1.Gaz pechini 180 haroratda qizdiring.
2.Past olovda sariyog‘da piyoz, sarimsoq va kashnichni qovuring.
3.Qiymaga ko‘katli piyozni solib aralashtiring, xantal va ko‘pirtirilgan tuxumning ko‘prog‘ini soling (xamirga surkash ozroq olib qo‘yiladi), tuz hamda murch seping.
Tuxumni ikkiga bo‘ling.
4.Xamirni to‘g‘riburchak shaklida yoying.
O‘rtasiga qiymaning yarmi, ustiga tuxumning yarmini soling. Tuxumni qiymaning yarmi bilan yoping.

5. To‘g‘riburchakning uzun tomonlarini 2 santimetrdan so‘ng qiyiq kesiqlar qilinadi. Xamirning yuqori va pastki chetlarini qiymaga o‘raladi. Tasmalarga ko‘tarib, biri ... Читать дальше »
Категория: Pazandalik sirlari | Просмотров: 153 | Добавил: ADMIN1 | Дата: 06.11.2016 | Комментарии (0)

Dunyoda har 5 soniyada nima ro`y beradi

Dunyoda har 5 soniyada nima ro`y beradi ?
Hozir siz bemalol kirib tinch va hotirjam bu yangilikni o`qimoqdasiz, lekin dunyoning qayeridadir yana nimalardir ro`y bermoqda, keling ularning eng ashaddiylar 5 taligini taqdim etamiz
1.Har 5 soniyada Germaniyada 3.4 tonna oziq ovqat mahsulotlari supermarketdan uloqtiriladi (albatta yaroqlilik muddati tugaganligi uchun) AQSH da bu ko`rsatgich 4.5 tonnani tashkil etadi
2.70 piyola choy va 35.000 ta Koka Kola iste`mol qilinadi
3.20.000 ga yaqin baliq iste`mol qilinadi va 254 piyola kofe ichiladi
4.13 dona banan yeyiladi
5.205.000 ta habar Feysbukda almashinadi 23.000 ta Twitter foydalanuvchilari Twit yozadilar 3200 ta Instagramga fotosurat qo`shilar ekan
6.Har 5 soniyada 17 millionga yaqin email habarlar yuboriladi
7.1250 ta qo`shiq iTunes do`konidan harid qilinadi
8.har 5 soniyada 12 dona avtomobil sotiladi
9.Har 5 soniyad ... Читать дальше »
Категория: Qziiqarli malumotlar | Просмотров: 160 | Добавил: ADMIN1 | Дата: 06.11.2016 | Комментарии (0)

Amerikalik bokschi Roy Jons faoliyatini davom ettirish niyatida. Bu haqda u World Boxing News portaliga bergan intervyusida ma’lum qildi, deya xabar beradi “TASS”.

Foto: “TASS”
“Boksga juda bog‘lanib qolganman. Faoliyatni tark etish men uchun mushkul emas, biroq hozir janglar o‘tkazishni istayapman. O‘zimni bellashuvlarga tayyor ekanligimni his qilmoqdaman. Bundan zavq olaman, oldimga katta vazifalar qo‘yish va murakkab janglar o‘tkazishni yoqtiraman”, — ta’kidladi bokschi.
Ma’lumot uchun, 2015-yilda Rossiya fuqaroligiga ham ega bo‘lgan Jons to‘rt vazn toifasida jahon chempionligini qo‘lga kiritgan dunyoda yagona bokschi hisoblanadi.
— deya xabar beradi Daryo nashri.
Категория: Sport yangiliklari | Просмотров: 140 | Добавил: ADMIN1 | Дата: 06.11.2016 | Комментарии (0)

Xalqaro futbol federatsiyasi 2016 yilning “Eng yaxshi erkak futbolchisi” nomiga da’vogarlik qilayotgan nomzodlar ro‘yxatini e’lon qildi. Ro‘yhatdan 23 nafar futbolchi o‘rin olgan, deya xabar bermoqda “Championat.com” sayti.

Ro‘yhatdan joy olgan futbolchilar:

Serxio Aguero – “Manchester Siti”
Garet Beyl – “Real Madrid”
Janluiji Buffon – “Yuventus”
Kevin De Bryoyne – “Manchester Siti”
Antuan Grizmann – “Atletiko”
Zlatan Ibragimovich – “Manchester Yunayted”
Andres Inesta – “Barselona”
N'Golo Kante – “Chelsi”
Toni Kroos – “Real Madrid”
Robert Levandovski – “Bavariya”
Riyad Marez – “Lester Siti”
Lionel Messi – “Barselona”
Luka Modrich – “Real Madrid”
Manuel Noyer – “Bavariya”
Neymar – “Barselona”
Mesut O‘zil – “Arsenal”
Dimitriy Payet – “Vest Xem”
Pol Pogba – “Manchester Yunayted”
Serxio Ramos – “Real”
Krishtianu Ronaldu – “Real Mad ... Читать дальше »
Категория: Sport yangiliklari | Просмотров: 161 | Добавил: ADMIN1 | Дата: 06.11.2016 | Комментарии (0)

Hurmatli saytimiz foydalanuvchilari, bugungi maqolam orqali siz android o'yinlarni xajmini kamaytirishni o'rganib olasiz va mustaqil amalda sinab ham ko'rishingiz mumkin bo'ladi.

Bilamizki android telefonlarga ishlab chiqilgan o'yinlar xajmi har-xil bo'ladi. Masalan: 60 megabayt, yoki 20 megabayt. Hattoki 60 kegabaytli o'yin ham mavjud. Siz yuqori xajmli o'yinlarni megabaytini kamaytirish usulini bilib olasiz.

Demak biz "Apk editor .apk" dasturi orqali yuqori xajmdagi android o'yinni sochib olamiz. So'ng sochib olgan o'yinimiz fleshkaga o'yin nomi bo'yicha papka bo'lib joylashadi. "Apk editor .apk" dasturidan chiqib ketamiz va sochilgan o'yin ichiga kiramiz. "res" papkasida yoki "assets" papkasida juda ko'plab .mp3 formatda o'yin musiqalari mavjud. Bu musiqalar xajmi ko'pi bilan 4Megabayt bo'ladi. Biz Kegabaytli musiqalarni joylashtiramiz. Yuqori xajmdagi musiqalarni o'chirib tashlab. E'tiborli bo'ling musiqa joylashtirishda. Musiqa nomi bo'yicha joylashtiring ... Читать дальше »
Категория: Telefon sirlari | Просмотров: 307 | Добавил: ADMIN1 | Дата: 06.11.2016 | Комментарии (0)

Norvegiya OIVga chalinish xavfi yuqori guruhlarda bunga qarshi dorilarni bepul tarqatishni boshlagan dunyodagi birinchi davlat bo‘ldi. Bu haqda TJournal xabar bermoqda.

Foto: TJournal
Mamlakat sog‘liqni saqlash vaziri Bent Xyoyega ko‘ra, bepul profilaktika vositalari OIVga chalinish ehtimoli yuqori fuqarolarga tarqatiladi. PrEP profilaktika vositasi infeksiya bilan kasallanish xavfini 92—99 foizgacha kamaytirishga yordam beradi.

Bunday tashabbuslar hozirda AQSh, Kanada, Fransiya va JARda amalda qo‘llanmoqda, biroq bu davlatlarda dori-darmonlar bepul va retseptsiz berilmaydi.
Manba.daryo.uz
Категория: Dunyo yangiliklari | Просмотров: 158 | Добавил: ADMIN1 | Дата: 06.11.2016 | Комментарии (0)

Janubiy Koreyaning Samsung Electronics kompaniyasi 4-noyabr, juma kuni AQShda 2,8 millionta kir yuvish mashinasini qaytarib olishi haqida e’lon qildi, deb yozadi “RBK” Amerika iste’molchilik mahsulotlari xavfsizligi komissiyasiga tayanib.

Foto: Reuters
Tepa qismidan yuklanadigan kir yuvish mashinalarining 34 ta modeli qaytarib olinadi. Ushbu mashinalardan foydalanish chog‘ida tepa qismi kutilmaganda ochilib ketishi va shikast yetkazishi mumkin.

Kompaniyaga avvalroq ushbu kir yuvish mashinalari yuzasidan to‘qqizta shikoyat kelib tushgan. Ulardan birida singan jag‘, boshqasida shikastlangan yelka haqida so‘z borgan. Umumiy hisobda kompaniyaga mashinalarning o‘ta yuqori vibratsiyasi va tepa qopqog‘i ajralib ketishi haqida 733 ta murojaat kelib tushgan.

2011-yilning martidan 2016-yilning noyabrigacha ishlab chiqarilgan kir yuvish mashinalari qaytarib olinadi
Manba daryo.uz
Категория: Tehnologiyalar | Просмотров: 177 | Добавил: ADMIN1 | Дата: 06.11.2016 | Комментарии (0)