Главная » 2016 » Ноябрь » 6 » Xamirli va go‘shtli o‘rama
16:59
Xamirli va go‘shtli o‘rama
Kerakli mahsulotlar:

-50 g sariyog‘
-1 dona to‘g‘ralgan yirik piyoz
-1 dona tishcha piyoz
-2 osh qoshiq maydalangan kashnich
-700 g go‘shti qiymasi
-2 choy qoshiq xantal
-1 dona tuxum
-450 g qatlamali xamir
-3 dona qaynatilgan tuxum
-Tuz va murch
Tayyorlanishi:
1.Gaz pechini 180 haroratda qizdiring.
2.Past olovda sariyog‘da piyoz, sarimsoq va kashnichni qovuring.
3.Qiymaga ko‘katli piyozni solib aralashtiring, xantal va ko‘pirtirilgan tuxumning ko‘prog‘ini soling (xamirga surkash ozroq olib qo‘yiladi), tuz hamda murch seping.
Tuxumni ikkiga bo‘ling.
4.Xamirni to‘g‘riburchak shaklida yoying.
O‘rtasiga qiymaning yarmi, ustiga tuxumning yarmini soling. Tuxumni qiymaning yarmi bilan yoping.

5. To‘g‘riburchakning uzun tomonlarini 2 santimetrdan so‘ng qiyiq kesiqlar qilinadi. Xamirning yuqori va pastki chetlarini qiymaga o‘raladi. Tasmalarga ko‘tarib, birining ustiga ikkinchisini ko‘ndalang qo‘yib qiymaga bosib birlashtiriladi. Xamirning ortganidan o‘ramani bezash mumkin.
6.Xamirga qolgan tuxumni surkab, 40 daqiqa davomida pishiriladi (sariq rangga kirgunga qadar).
Yoqimli ishtaha!
Категория: Pazandalik sirlari | Просмотров: 153 | Добавил: ADMIN1 | Рейтинг: 0.0/0
Всего комментариев: 0
avatar