Главная » 2016 » Ноябрь » 11
Ruhshunoslarning aytishicha, o`smir yoshdagi farzandining e`tiborini o`ziga qaratishni istagan ota-onalar imkon qadar kamroq gapirishlari kerak ekan. Mashhur ruhshunos Meri Badd Rou bu holni o`smirlar eshitganlarini tushunib olishlari uchun biroz vaqt kerakligi bilan izohlaydi. Shuning uchun bolaga savol bergach, kamida 3 soniya sabr qiling. Shunda tayinli javob olasiz.
Nima to`g`ri-yu nima noto`g`riligini tushuntirishdan erinmang. Agar o`rgatishni istamasangiz, bola tajriba orttirgunicha, sabr qilishga majbursiz! Tanlov o`z qo`lingizda!
U bilan katta odamlardek muomalada bo`ling. O`zining qanchalar kerakli shaxs ekanligini his etishiga imkon yarating. Aks holda o`smir buni his etishning boshqa, agressiv usullaridan foydalana boshlaydi.
Farzandingizga muhim topshiriq berishdan avval diqqatini o`zingizga qaratib oling. Buning uchun o`smirning ko`zlariga qarab gapiring. Shunda u aytganlaringizni so`zsiz bajaradi.
Категория: Foydali maslahatlar | Просмотров: 175 | Добавил: ADMIN1 | Дата: 11.11.2016 | Комментарии (0)

1. Stomatolog

Tish og`rig`i kutilmaganda bezovta qilmasin desangiz, stomatolog qabuliga boring. Axir tish milklari yallig`lanishi yoki karies pulingiz bor-yo`g`ligini kutib turmaydi.

2. Sug`urta

Avtomashina sug`urtasiga pul ayadingiz: topgan foydangiz ortiqcha muammolar, asabiylashish, ba`zi tushunmovchiliklar xolos. Demak, sug`urta uchun pulni qizg`anmaymiz.

3. Yangi xaridlar

Garderob uchun tejamkorlik zarur bo`lsa-da, ba`zida his-tuyg`ularga erk berish mumkin. Axir alvon rangli yap-yangi tufli hayolingizni o`g`irlasa, sotib olishdan o`zga chorangiz qolmaydi-da. Hamyoningiz bo`shab qolsa-da, xaridingiz yonga qoladi.

4. Ta`mirlash ishlari

Hammomdan suv oqsa, quvurlar «qo`shiq» kuylasa, albatta, ta`mirlatib oling. Aks holda qo`shnining uyiga suv toshirib yoki xonadongiz «Titanik» kabi g`arq bo`lishi mumkin. O`ylab ko`ring, bunday tejamkorilk qimmatga tushadi.

5. Hordiq chiqarish
... Читать дальше »
Категория: Foydali maslahatlar | Просмотров: 137 | Добавил: ADMIN1 | Дата: 11.11.2016 | Комментарии (0)

Shunday elka bo`lsa, boshingni bemalol qo`ysang, shunday yurak bo`lsa, tuyg`ularingni ikkinlanmay topshirsang... Uzoq izladim, to`g`rirog`i, haddan ziyod kutdim... Sizsiz o`tgan yillarimga achinmayman, Sizni tanib-tanimay kutganimdan minnatdorman... Atrofimdagilar menga hamisha vaqtning o`tayotganini, tezroq oilali bo`lish va onalik baxtiga erishish shartligini aytardi. Ba`zida «Ular to`g`ri aytayapti, shosha qol, tavakkal turmushga chiq», derdi notanish ovoz. Shunda ichki bir hayqiriq, «Allohning atagani bor, sabr qil, fursati keladi», deya taskin berardi. Ikkinchi ovoz orzularimga yaqin edi, balki o`sha orzumning ovozimidi, yana bilmadim...

Ayol shunday bir xilqatki, erishmoqchi bo`lsang, uning mehrini ko`zla... Qachon qaerda eshitganman yoki o`qiganman aniq bilmayman, ammo to`g`ri gap. Agar kimdir sizni muhabbatingizni qozonib evaziga yana muhabbat qaytarsa bilingki, bu BAXT! Bugun yuragimda Sizga atalgan minnatdorchilik bor. To`g`risi, har kuni qaysidir so`zim, qandayd ... Читать дальше »
Категория: Foydali maslahatlar | Просмотров: 149 | Добавил: ADMIN1 | Дата: 11.11.2016 | Комментарии (0)

Serbiyalik Mariya Zlatich ismli ayol 50 yil mobaynida eridan maktub kutib, umri o`tdi, deb yozadi “Nonbox.ru” nashri. Bu keksa ayol o`rmonning bir chetida joylashgan kichkina uychasida bor-yo`g`i 100 dollar evaziga kun ko`rdi. Ammo oddiy va zerikarli kunlarning birida etib kelgan xabar uning hayotini ostin-ustin qilib yubordi. Bu voqea 1956 yilda boshlangandi. Mariya va Momchilo Zlatich Avstraliyaga jo`naganda hali juda yosh edilar. Momchila duradgor bo`lib ishlar, Mariya esa fermerlik ishi bilan shug`ullanar, ularning kichkina xo`jaligi bor edi. Ular ertaklardagi kabi baxtli hayot kechirishardi. Oradan 18 oy o`tgandan keyin Mariyaga onasining qattiq betob bo`lganligi haqidagi xabar keladi. U Serbiyaga qaytishga qaror qiladi. O`shanda eri bilan qirg`oqda xayrlashar ekan, bu so`nggi vidolashuv ekanligini xayoliga ham keltirmaydi. Mariya onasi vafot etguncha, uning yonidan jilmadi. Oldinda uni qanday sinovlar kutayotganidan hali bexabar edi. Ba`zi bir sabablarga ko`ra, u turmush o` ... Читать дальше »
Категория: Dunyo yangiliklari | Просмотров: 240 | Добавил: ADMIN1 | Дата: 11.11.2016 | Комментарии (0)

Farzandni e`tiborsiz qoldirish mumkin emas, turmush o`rtoqning ham ko`nglini olish lozim, ota-onani, qaynota-qaynonaga ham mehrimizni izhor qilib turishimiz kerak. Uy ishlarini aytmasa ham bo`ladi! Ular doim alohida «hurmat-ehtirom»ga muhtoj. Ishingiz, oilangiz, kundalik yumushlardan ortib, o`zigizga ham vaqt ajratasizmi? Ushbu test sinovi o`zingizga qachalik e`tiborli ekaningizni ko`rsatadi.



1. Qomatingizni me`yorda saqlash uchun nimalar qilasiz?

A. «Ba`zan ertalablari jismoniy mashqlar bajarib turaman» — 5 ball.

B. «Maxsus dastur asosida ovqatlanaman, sport zallarga muntazam qatnayman» — 15 ball.

S. «Hech narsa qilmayman, inson bir marta yashaydi, jonimni qiynashga ne hojat?» — 0 ball.

D. «Ertalablari yuguraman, ba`zan parhez tutaman» — 10 ball.

2. Sizga fitnes klub yoki basseynga bir yillik abonement sovg`a qilishdi. Siz?

A. «Undan ko`ra konsertga chipta berishsa bo`lardi. Kimgadi ... Читать дальше »
Категория: Psixologik testlar | Просмотров: 284 | Добавил: ADMIN1 | Дата: 11.11.2016 | Комментарии (0)

Yoqimli odam bo`ling! Xunuk so`zlardan, qo`pol harakatlardan va boshqa xatolardan xalos bo`ling. Laganbardorga aylanishga hojat yo`q.
Sizning o`rningizni hech kim bosolmasin! Eng muhim loyihalar ustida ishlang, sizni boshqalardan ajratib turadigan ishlarni o`rganing. Qo`shimcha malaka hech kimga zarar qilmaydi.
Xo`jayin uchun muhim narsa siz uchun ham muhim.Rahbaringiz uchun muhim hamma narsani o`zingiz uchun ham muhim deb biling. U bilan ish haqida suhbatlashing, fikrini biling. Biroq ular sizniki bilan bir xil bo`lishi shart emas.
Uni xabardor qilib turing! Rahbaringizga goh-gohida ko`rinib, bo`layotgan ishlardan boxabar eting. Yaxshisi qilingan ishlar haqida muntazam ravishda hisobot taqdim eting.
Muammoni rahbarga etkazmay, hal qiling. Bunga erishishning eng yaxshi yo`li — ish jurnali tutib, hamma ishlaringizni yozib borish. Shundan so`ng ularga rahbariyat nazari bilan baho berish kerak.
Xatolaringiz uchun uzr so`rashga tayyor turing. Hamma adasha ... Читать дальше »
Категория: Foydali maslahatlar | Просмотров: 144 | Добавил: ADMIN1 | Дата: 11.11.2016 | Комментарии (0)

Sochning o`sish tezligi bizning genimiz va turmush tarzimiz bilan bevosita bog`liqligini unutmaslik kerak. «Sochim negasekin o`sayapti?» degan savolniberishdan avval taomnomangiz va parvarishlovchi vositalaringizni ko`zdan kechiring... Asosiysi, muammoga har tomonlama yondashing!

1. To`g`ri ovqatlaning!
Tabiiy va sifatli mahsulotlar (meva, sabzavot va yormalar)ni iste`mol qiling. Ana shunda organizm soch o`sishi uchun kerakli vitaminlarni ovqat orqali qabul qiladi.

2. Ehtiyot bo`ling!
Kimyoviy jingalak yoki vodorod peroksidi bilan «yuvilgan» sochlar sekin o`sishi tabiiy hol. Bundan tashqari, sochbo`yog`i, lakiva mussidan hamda fen, dazmol kabi vositalardan tez-tez foydalanish ham jarayonni sekinlashtiradi.

3. Soch «gullamasin»
Sochlarni uchidan bir yarim-ikki oyda qirqtirib turish ham ularning tezroq o`sishiga ta`sir ko`rsatadi. Chunki soch uchidan gullab borsa, uch qismi sinuvchan bo`lib qoladi. Natijada sochning o`sgani aslo ... Читать дальше »
Категория: Salomatlik sirlari | Просмотров: 415 | Добавил: ADMIN1 | Дата: 11.11.2016 | Комментарии (0)