Главная » Pazandalik sirlari
Biz sizning e’tiboringizga tayyorlash juda oson bo‘lgan, ta’mi esa haqiqiy Twix’dan ham mazali bo‘lgan shokolad retseptini havola qilmoqchimiz. Albatta tayyorlab ko‘ring!

Kerakli masalliqlar:

400 g sariyog‘
2 stakan un
yarim stakan shakar
2 banka quyultirilgan sut
300 g sutli shokolad
Tayyorlanishi:

Sariyog‘ (karamelli aralashma uchun biroz qismini qoldiring), un va shakarni blenderda aralashtiramiz.
Xamir uvalanuvchan chiqadi. Uni to‘g‘ri burchakli formaga joylashtiring, shibbalang, 180 darajagacha qizdirilgan duxovkaga qo‘ying. 20 daqiqa davomida pishiring.
Chuqur tovada karamelli aralashmani tayyorlaymiz. Buning uchun uning ichiga qolgan sariyog‘ni va 2 banka quyultirilgan sutni soling, o‘rtacha olovga qo‘ying va karamelli massa holatiga kelguncha qaynating. Bunga 20 daqiqaga yaqin vaqt ketadi.
Tayyor bo‘lgan korjlar ustiga karamelli aralashmani joylashtiramiz, tekislaymiz
Oxirgi is ... Читать дальше »
Категория: Pazandalik sirlari | Просмотров: 159 | Добавил: Administrator | Дата: 15.06.2017 | Комментарии (0)

Kerakli mahsulotlar:

-50 g sariyog‘
-1 dona to‘g‘ralgan yirik piyoz
-1 dona tishcha piyoz
-2 osh qoshiq maydalangan kashnich
-700 g go‘shti qiymasi
-2 choy qoshiq xantal
-1 dona tuxum
-450 g qatlamali xamir
-3 dona qaynatilgan tuxum
-Tuz va murch
Tayyorlanishi:
1.Gaz pechini 180 haroratda qizdiring.
2.Past olovda sariyog‘da piyoz, sarimsoq va kashnichni qovuring.
3.Qiymaga ko‘katli piyozni solib aralashtiring, xantal va ko‘pirtirilgan tuxumning ko‘prog‘ini soling (xamirga surkash ozroq olib qo‘yiladi), tuz hamda murch seping.
Tuxumni ikkiga bo‘ling.
4.Xamirni to‘g‘riburchak shaklida yoying.
O‘rtasiga qiymaning yarmi, ustiga tuxumning yarmini soling. Tuxumni qiymaning yarmi bilan yoping.

5. To‘g‘riburchakning uzun tomonlarini 2 santimetrdan so‘ng qiyiq kesiqlar qilinadi. Xamirning yuqori va pastki chetlarini qiymaga o‘raladi. Tasmalarga ko‘tarib, biri ... Читать дальше »
Категория: Pazandalik sirlari | Просмотров: 152 | Добавил: ADMIN1 | Дата: 06.11.2016 | Комментарии (0)

Kuzda g`arq pishib-etiladigan xushta`m meva — behini barchamiz sevib iste`mol qilamiz. Undan tayyorlanadigan murabboyu sharbatlar qishda zaiflashgan organizm uchun darmondori bo`lishini aytmaysizmi?! Bilsangiz, bu ajoyib mevadan xalq tabobati va kosmetologiyada ham foydalanish mumkin.

Yo`tal tutganida...

Bitta behini ikkiga bo`lib, urug`idan ajrating. Alohida idishda 100-150 gr. suv bilan aralashtirib, olovga qo`ying. O`rtacha olovda quyuqroq bo`lgunicha qaynating. So`ng olovdan olib, iliq holatda 1 osh qoshiqdan kuniga 3 mahal ovqatdan avval ichishingiz mumkin. Har kuni damlama yangidan tayyorlanadi. U quruq yo`tal hamda bronxlar shamollashida tavsiya etiladi.

Kamqonlikka qarshi

O`rtacha kattalikdagi behini urug`idan tozalab, ichini 2 choy qoshiq asal bilan to`ldiring. So`ng 15 daqiqa gaz pechiga qo`yib, yumshatib pishiring. Asalli behini bir kunda bir marotaba iste`mol qilish kifoya. U kamqonlik va hazm qilish faoliyati bilan bog`li ... Читать дальше »
Категория: Pazandalik sirlari | Просмотров: 263 | Добавил: ADMIN1 | Дата: 05.11.2016 | Комментарии (0)

Zarur masalliqlar (6 kishilik): 200 gr. margarin, 3 dona tuxum sarig`i, 100 gr. smetana, un, iste`mol sodasi; nachinka uchun: 3 dona tuxum, 100 gr. smetana, 200 gr. tvorog, 50 gr. pishloq, 1-2 bo`lak sarimsoq piyoz, yarim bog` ko`k piyoz.

Tayyorlanishi: 1. Margarinni eritib, un va iste`mol sodasi qo`shilgan smetana bilan aralashtiring. Aralashmaga tuxum sarig`ini qo`shib, yumshoq xamir qoring. Xamirni selofan paketga o`rab, yarim soatga muzlatgichga qo`ying.

2. Tuxumni atalalab, smetana bilan aralashtiring. Tuz, murch va maydalangan sarimsoq piyozni qo`shing. Tvorog, mayda to`g`ralgan ko`k piyozni solib, quyuq arashlashma hosil qiling.

3. Xamirni bo`laklarga ajratib, yog`langan kichik qoliplarga yoyib taqsimlang. Har bir xamirning ichiga aralashmadan 3-4 osh qoshiq solib, to`ldiring. Kulchalar ustini qirg`ichdan chiqarilgan pishloq bilan bezab, qizdirilgan gaz pechining o`rta olovida 25-30 daqiqa davomida pishiring.

Tayyorlanish vaqti ... Читать дальше »
Категория: Pazandalik sirlari | Просмотров: 176 | Добавил: ADMIN1 | Дата: 05.11.2016 | Комментарии (0)

1. Do`lma uchun karam harid qilganingiz ma`qulroq. Karamning kichikroq va yumshoqrog`ini tanlang.

2. 10 daqiqa qaynagandan so`ng, o`rta olovda qaynayotgan karamni ehtiyotkorlik bilan bitta-bittadan karam bargini ajratib likopchaga olavering. Agar u yumshamagan bo`lsa yana suvda biroz tursin, ammo pishib ketmasin.

3. Yana bitta sir: karam bargi yumshoq bo`lishi uchun uni harid qilgandan so`ng xaltaga solib, muzlatgichning muzxonasiga qo`ying. Do`lma tayyorlashdan oldin uni xona haroratida eritganingizda barglari yumshab ketadi.

4. Karamni pishirishdan avval qiymasini tayyorlab qo`ysangiz, tuz va ziravorlar singib, qiymangiz shira tortadi. Do`lma qiymasiga go`sht, guruch, ko`katlar, sarimsoq piyoz, piyozlarni mayda qilib to`g`rab soling. Shunda taomingiz juda xushbo`y bo`lib pishadi.

5. Do`lmani to`g`ri o`rash uchun avval karam bargining ichki qismini o`girib oling, qattiq joyi bo`lsa, olib tashlang. O`rtacha karam bargidan 2 ta yoki 3 ... Читать дальше »
Категория: Pazandalik sirlari | Просмотров: 275 | Добавил: ADMIN1 | Дата: 05.11.2016 | Комментарии (0)

Zarur masalliqlar: 300 gr. qatlama xamir, 250 gr. tvorog, 200 gr. qovoq, 50 gr. mayiz, tuz, shakar, dolchin, o`simlik yog`i.

Tayyorlanishi: 1. Qovoqni maydalab, to`rtburchak shaklda to`g`rang-da, shakar seping. Qizdirilgan o`simlik yog`ida qovoq yumshaguncha pishirib oling.

2. Tvorog va mayizni qovoqqa solib, yaxshilab aralashtiring.

3. Qatlama xamirni yoyib, to`rtburchak shaklda kesing. Qovoqli qiymadan solib buking. Somsalarni yog`langan qolipga terib, 200 darajada qizdirilgan gaz pechiga 20 daqiqaqa qo`ying. So`ngra dolchin va qand upasi sepib, yana 5 daqiqa gaz pechida qoldiring.

Tayyorlanish vaqti: 1 soat.

4 kishilik.
Категория: Pazandalik sirlari | Просмотров: 217 | Добавил: ADMIN1 | Дата: 05.11.2016 | Комментарии (0)

Grechixa – temir moddasiga boyligi bilan boshoqli o`simliklar orasida chempion hisoblanadi. Tarkibidagi kalsiy, kaliy, fosfor, yod, sink, ftor, vitamin V1, V2, foliy kislotasi, RR va vitamin E ayollar organizmi uchun g`oyat foydalidir. Quyida grechixaning foydali xususiyatlari haqida tanishtiramiz.



Grechixadagi uglevodlar sekin so`rilishi hisobiga to`qlik hissini paydo qiladi. Parhez tutishni reja qilgan ayollar kechki ovqatga grechixadan taom iste`mol qilishlari mumkin.
Qandli diabet bilan og`rigan bemorlar uchun ham grechixa juda foydali ozuqa hisoblanadi. Ayniqsa, qatiqqa aralashtirilganini kunora iste`mol qilish qonda qand miqdorini pastlatishga yordam beradi.
Nonushataga grechixani sutga aralashtirib, bo`tqa tayyorlang. Bu egulik yurak va jigarga foydali bo`lib, organizmdan ortiqcha xolesterin chiqishini faollashtiradi.
Kamqonlikni davolashda 100 gr grechixani blenderda maydalab, talqon qiling. So`ng bir kunda 3 mahal yarim piyola sut ... Читать дальше »
Категория: Pazandalik sirlari | Просмотров: 246 | Добавил: ziyo_music | Дата: 21.10.2016 | Комментарии (0)