Главная » 2016 » Ноябрь » 5 » Yangicha qatlama somsa qilishni o'rganamiz
20:20
Yangicha qatlama somsa qilishni o'rganamiz
Zarur masalliqlar: 300 gr. qatlama xamir, 250 gr. tvorog, 200 gr. qovoq, 50 gr. mayiz, tuz, shakar, dolchin, o`simlik yog`i.

Tayyorlanishi: 1. Qovoqni maydalab, to`rtburchak shaklda to`g`rang-da, shakar seping. Qizdirilgan o`simlik yog`ida qovoq yumshaguncha pishirib oling.

2. Tvorog va mayizni qovoqqa solib, yaxshilab aralashtiring.

3. Qatlama xamirni yoyib, to`rtburchak shaklda kesing. Qovoqli qiymadan solib buking. Somsalarni yog`langan qolipga terib, 200 darajada qizdirilgan gaz pechiga 20 daqiqaqa qo`ying. So`ngra dolchin va qand upasi sepib, yana 5 daqiqa gaz pechida qoldiring.

Tayyorlanish vaqti: 1 soat.

4 kishilik.
Категория: Pazandalik sirlari | Просмотров: 218 | Добавил: ADMIN1 | Рейтинг: 0.0/0
Всего комментариев: 0
avatar