Главная » 2016 » Ноябрь » 09
Siz buni bilishga haqlisiz! Saraton — zamonaviy vabo! Olimlar xotimasi halokatga olib boruvchi bu kasallikka davo topish uchun millionlab dollarlarni sarf etishmoqda, deya yozadi vmirchudes.com sayti. Bu maqolada biz sizga Kentukki universiteti olimlari olib borgan izlanishlar natijasi bilan o‘rtoqlashamiz. Unga ko‘ra saratonni muqobil davo usullari bilan davolash mumkin ekan, ulardan biri bilan sizni tanishtiramiz. So‘nggi ilmiy kashfiyotga ko‘ra uzum urug‘i saratonning 80% noma’lum hujayralarini halok etishga qodir ekan. Ha, o‘sha siz bilgan, mevasini yeya turib, danagini tuflab tashlaydigan uzum. Shunga ishonasizmi? Saraton nihoyatda katta tezlik bilan tarqalib, har yili millionlab insonlarni hayotdan olib ketadi. Olimlar har yili millionlab dollarlarni sarflayotgan bo‘lsalarda, ularning harakatlari bizni quvontirgani yo‘q. Biz yuqorida keltirganimizdek, davo bizga juda yaqin, biroq farmaseftikkompaniyalar bu narsa tarqalmasligi uchun bor kuchlari bilan buni sir saqlashga urinmoqdal ... Читать дальше »
Категория: Salomatlik sirlari | Просмотров: 174 | Добавил: ADMIN1 | Дата: 09.11.2016 | Комментарии (0)

G‘arbiy Avstraliya universiteti olimlari o‘n besh yil davom etgan tadqiqotni nihoyat yakunlab, bir to‘xtamga kelishdi.

Ma’lum bo‘ldiki, kuniga bir dona olma iste’mol qilgan odamda muddatidan oldin o‘lish xavfi 35 foizga kamayarkan. Albatta, bunga olma tarkibidagi foydali moddalar sababchidir. Bu moddalar qondagi xolesterin miqdorini keskin kamaytiradi, qon bosimini me’yoriy holatga keltiradi, saraton xastaligi xavfini bartaraf etadi. Magniy, kaliy moddalari esa qon aylanishini yaxshilab, yurak faoliyatiga ijobiy ta’sir etadi.
Категория: Salomatlik sirlari | Просмотров: 190 | Добавил: ADMIN1 | Дата: 09.11.2016 | Комментарии (0)

Gazli ichimliklar va boshqa shirin ichimliklarni doimiy ravishda iste`mol qilib keladiganlar bedorlik hamda uyquga ketishdagi muammolarga duch kelishini olimlar isbotlashdi. Bu haqida Sleep Health jurnalida maqola e`lon qilingan.
"O'ylaymizki, bu holatda shirin ichimliklar ichish odati va uyqusizlik bir-birini kuchaytiradi. Shu sabab ham odamlar bu odatni tashlashga juda qiynalishadi. Bizning ma`lumotlarimiz ko'rsatadi-ki, gazli ichimliklar ichish, semizlik va diabetdan uyquni yaxshilash bilan kurashsa bo'ladi", — dedi San-Frantsiskodagi Kaliforniya universitetidan Arik Prater.
Prater va uning hamkasblari bunday xulosaga 19 ming kishining hayotini kuzatish asnosida kelishdi. Bu odamlar 2005-2012 yillarda o'tkazilgan parhez va salomatlikni kuzatish milliy dasturida ishtirok etishgan.
Ular qanchalik ko'p shirin ichimliklar ichishgan bo'lsa, samara shunchalik kuchli bo'ldi. O'rta holatda besh soat uxlaganlar 21 foiz ko'proq ichimlik ichishgan. Olti soat uxlaganlarda e ... Читать дальше »
Категория: Qziiqarli malumotlar | Просмотров: 142 | Добавил: ADMIN1 | Дата: 09.11.2016 | Комментарии (0)

Har bir inson harakteri o‘ziga xos bir olam. Bu haqida bilish, yanada uning qirralarini kashf etish qiziq, albatta. Quyidagi “Hayot yo‘li raqami” deb nomlanuvchi psixologik testi yordamida siz harakteringizni qanchalik to‘g‘ri yoki noto‘g‘riligini tekshirishingiz mumkin.

Faqat hisoblashda adashmaslikka harakatqiling. Masalan, agar kishi 1990 yil 25 dekabr sanasida tug‘ilgan, ya’ni 25.12. 1990 bo‘lsa, unda raqamlarni bir xonali son chiqmaguncha qo‘shib boraveramiz. Misol uchun: 2 + 5 + 1 + 2 + 1 + 9 + 9 + 0= 29 = 2 + 9 = 11= 1 + 1 = 2. Demak, mijoz raqami 2. Ana shu tarzda o‘zingiz haqidagi tavsiflardan boxabar bo‘lishingiz mumkin.

1

Bu raqam kuch, shuxrat, g‘ayrat va buyuklik ramzidir. Ular o‘zi tanlagan yo‘lidan hech qachon voz kechmaydi. Hamma narsada birinchi bo‘lishni xohlashadi. Ularda tug‘ma sardorlik qobiliyati bor. Hayotga jiddiy qaraydigan kishilar bilan qizikishadi. Sevsa ham “Sevgining ko‘zi ko‘r, kulog‘i kar “deb aytilgan naql aynan sh ... Читать дальше »
Категория: Psixologik testlar | Просмотров: 305 | Добавил: ADMIN1 | Дата: 09.11.2016 | Комментарии (0)

G‘ilaylikka qarshi xalq tabobati beda damlamasidan foydalanishni tavsiya etadi. Bir stakan qaynagan suvda damlash uchun 6 g maydalangan beda bargi kerak bo‘ladi. Damlab bo‘lgach, biroz dam yediriladi va kuniga ikki mahal ichiladi.

Bundan tashqari, g‘ilaylikni kamaytirish uchun qora smorodinali damlama tayyorlash ham mumkin. Bir stakan qaynagan suvga 5 g quritilgan smorodina barglari solib qaynatiladi. So‘ng qaynatmani sizdirib olib, kun davomida bir necha marta choy o‘rnida iste’mol qilish mumkin. Sabzi sharbati ko‘z mushaklarini mustahkamlaydi. Unga ozgina lavlagi va bodring sharbati qo‘shish hamda har kuni yarim litrdan ana shunday sharbatni ichish lozim.
Категория: Salomatlik sirlari | Просмотров: 332 | Добавил: ADMIN1 | Дата: 09.11.2016 | Комментарии (0)

Chekishni tashlashga harakat qilayotgan kishilarning odatiy taktikasi moliyaviy yoki fiziologik baholashga borib taqaladi: har oyda sigaretaga qancha pul sarflanadi yoki hayot davomiyligi qanchaga qisqardi. Olimlarning chekishning zarariga doir so'nggi tadqiqoti salomatlikka yetadigan ziyonni yanada batafsil baholash imkonini beradi. Bu haqida theverge.com saytida ma`lumot berildi. Tadqiqot davomida Los-Alamos milliy labaratoriya mutaxassislari 1063 nafar tamaki mahsulotlarini chekmaydigan hamda 2490 nafar chekuvchi kishining DNKsini o'rganib chiqishdi. Izlanishdan maqsad - mutatsiyalarni aniqlash bo'lgan. Tadqiqot natijalari shuni ko'rsatdiki, chekilgan har 50 sigaretadan keyin hujayralar DNKsida bitta qo'shimcha makromolekula o'zgarishi kuzatilgan. Bu o'zgarish genetik axborotni saqlash va uni yetkazishga mas`ul hisoblanadi. Shunday qilib, bir kunda bir pachka (20ta) sigareta chekuvchi kishilarda 150 qo'shimcha o'pka DNK mutatsiyasi, 97 - tomoq, 23 - og'iz bo'shlig'i, 18 - siydik puf ... Читать дальше »
Категория: Qziiqarli malumotlar | Просмотров: 295 | Добавил: ADMIN1 | Дата: 09.11.2016 | Комментарии (0)

Alexa dunyodagi eng qadimiy va nufuzli tahlil kompaniyalaridan biri hisoblanadi. Kompaniya ekspertlari sutkalik o'rtacha auditoriya hamda sahifalarning so'nggi uch oydagi ko'rilishidan kelib chiqib, saytlarni baholaydi. Reyting tuzishdan avval butun dunyo bo'ylab 30 million resurs ma`lumotlari tahlil qilib chiqiladi. Hi-tech-mail.ru nashri Alexa reytingi haqida ma`lumot berdi. Manbaga ko'ra, bugungi kunda eng ko'p kiriladigan sayt - Google.com.Uning hind versiyasi - yettinchi pog'onada, yapon versiyasi esa - o'n birinchi o'rinda. Darvoqe, Xitoyning Baidu qidiruv sayti mazkur ro'yxatning to'rtinchi, Wikipedia erkin ensiklopediyasi esa - beshinchi o'rnidan joy oldi. Quyida eng ko'p kiriladigan saytlarning umumiy reytingi taqdim etiladi:1. Google.com
2. Youtube.com
3. Facebook.com
4. Baidu.com
5. Wikipedia.org
6. Yahoo.com
7. Google.co.in
8. Twitter.com
9. Amazon.com
10. Qq.com
11. Google.co.jp
12. Live.com
... Читать дальше »
Категория: Dunyo yangiliklari | Просмотров: 177 | Добавил: ADMIN1 | Дата: 09.11.2016 | Комментарии (0)