Главная » 2016 » Ноябрь » 9 » G'ilaylikni davolash usullari
20:24
G'ilaylikni davolash usullari
G‘ilaylikka qarshi xalq tabobati beda damlamasidan foydalanishni tavsiya etadi. Bir stakan qaynagan suvda damlash uchun 6 g maydalangan beda bargi kerak bo‘ladi. Damlab bo‘lgach, biroz dam yediriladi va kuniga ikki mahal ichiladi.

Bundan tashqari, g‘ilaylikni kamaytirish uchun qora smorodinali damlama tayyorlash ham mumkin. Bir stakan qaynagan suvga 5 g quritilgan smorodina barglari solib qaynatiladi. So‘ng qaynatmani sizdirib olib, kun davomida bir necha marta choy o‘rnida iste’mol qilish mumkin. Sabzi sharbati ko‘z mushaklarini mustahkamlaydi. Unga ozgina lavlagi va bodring sharbati qo‘shish hamda har kuni yarim litrdan ana shunday sharbatni ichish lozim.
Категория: Salomatlik sirlari | Просмотров: 333 | Добавил: ADMIN1 | Рейтинг: 0.0/0
Всего комментариев: 0
avatar