Главная » Yurtimiz yangiliklari
O‘zbekiston Respublikasi Bosh prokurorining 2017-yil 15-iyundagi buyrug‘iga muvofiq adliya maslahatchisi Ravshan Masharipov Sirdaryo viloyat prokurori etib tayinlandi. Bu haqda Bosh prokuratura matbuot xizmati ma’lum qildi.

Ravshan Masharipov ushbu lavozimga 5 yil muddatga tayinlandi va mazkur prokuratura hay’ati raisi etib tasdiqlandi.
Категория: Yurtimiz yangiliklari | Просмотров: 149 | Добавил: Administrator | Дата: 16.06.2017 | Комментарии (0)

Pulni naqdlashtirish masalasi O‘zbekistonda plastik kartaga ega fuqarolarning asosiy muammolaridan biridir. Buni qonunan amalga oshirish deyarli imkonsiz. Ko‘pincha aholi xalq orasida “pul almashtiruvchi” deyiladiganlarning xizmatiga yugurishlariga to‘g‘ri keladi. Ular esa naqdlashtirilayotgan puldan o‘z xizmatlari uchun 10 foizdan kam bo‘lmagan haq olib qolishadi. Mablag‘larni naqdlashtirish masalasi, shuningdek, tadbirkorlar oldida ham ko‘ndalang turadi, ular “naqdlashtirish”ning turli sxemalaridan foydalanishlariga to‘g‘ri keladi.

UZ24 mamlakatda naqd pul yetishmovchiligining sabablarini aytib berishini so‘rab, mustaqil moliyachi ekspert — Aleksandr Davletovga murojaat qildi.

Talab taklifni oshiradi

Dunyoning nobozor va eng yopiq iqtisodiyotlarida ham bozor qonun-qoidalari baribir o‘z so‘zini aytadi. Bizning holatda naqd pulga bo‘lgan talab taklifdan ortadi, shuning uchun biz naqd pulning doimiy yetishmasligi va defitsitiga guvoh bo‘lmoqdamiz. ... Читать дальше »
Категория: Yurtimiz yangiliklari | Просмотров: 185 | Добавил: Administrator | Дата: 15.06.2017 | Комментарии (0)

Ijtimoiy tarmoqlarda Borovskiy nomidagi tibbiyot kolleji yopilayotgani to‘g‘risida gap-so‘zlar tarqalgani bois, “Daryo” nashri Sog‘liqni saqlash vazirligi bilan bog‘lanib bunga oydinlik kiritdi.

Sog‘liqni saqlash vazirligidagi manbaning ta’kidlashicha, joriy yilda Borovskiy tibbiyot kolleji talabalarni o‘quvga qabul qilmasligi mumkin, biroq hozircha buning hech qanday huquqiy asosi yo‘q. Shuningdek, ushbu tibbiyot kollejidagi manbaning xabar berishicha, talabalarni 1-bosqichga qabul qiluvchi komissiyasi 20-iyundan e’tiboran ish boshlaydi.

O‘rta maxsus kasb-hunar ta’limi markazining qabulxona raqamlari bilan bog‘lagan “Darakchi.uz” nashrining xabar berishicha, kollej boshqa qabulni amalga oshirilmasligi, faoliyati tugatilishi haqida aytilgan.

Eslatib o‘tamiz, 2017-yil 1-iyun kuni Borovskiy nomidagi tibbiyot kolleji 2-bosqich talabasi Jasurbek Ibrohimov yetkazilgan tan jarohatlari sabab vafot etgandi.
Категория: Yurtimiz yangiliklari | Просмотров: 173 | Добавил: Administrator | Дата: 15.06.2017 | Комментарии (0)

O'zbekiston xalqi, O'zbekiston adabiyoti va san`ati og'ir judolikka uchradi. Kun.uz sayti manbasining xabariga ko'ra, O'zbekiston qahramoni, xalq shoiri Abdulla Oripov og'ir xastalikdan so'ng 75 yoshida vafot etgan. O'zbekiston Davlat madhiyasining muallifi Abdulla Oripov AQShning Nyu-York shahrida davolanish kursini o'tayotgani, uning ahvoli og'irlashgani haqida avval xabar qilingan edi. Chaqmoq.com tahririyati marhum ustoz shoirning oila a`zolari va yaqinlariga, O'zbek xalqiga chuqur hamdardligini bildiradi va sabr tilaydi. Inna lillahi va inna ilayhi roji`un!
Manba: Kun.uz
Категория: Yurtimiz yangiliklari | Просмотров: 158 | Добавил: ADMIN1 | Дата: 05.11.2016 | Комментарии (0)

O'zbekiston xalqi, O'zbekiston adabiyoti va san`ati og'ir judolikka uchradi. Kun.uz sayti manbasining xabariga ko'ra, O'zbekiston qahramoni, xalq shoiri Abdulla Oripov og'ir xastalikdan so'ng 75 yoshida vafot etgan. O'zbekiston Davlat madhiyasining muallifi Abdulla Oripov AQShning Nyu-York shahrida davolanish kursini o'tayotgani, uning ahvoli og'irlashgani haqida avval xabar qilingan edi. Chaqmoq.com tahririyati marhum ustoz shoirning oila a`zolari va yaqinlariga, O'zbek xalqiga chuqur hamdardligini bildiradi va sabr tilaydi. Inna lillahi va inna ilayhi roji`un!
Manba: Kun.uz
Категория: Yurtimiz yangiliklari | Просмотров: 143 | Добавил: ADMIN1 | Дата: 05.11.2016 | Комментарии (0)