Главная » 2016 » Ноябрь » 05
Kuzda g`arq pishib-etiladigan xushta`m meva — behini barchamiz sevib iste`mol qilamiz. Undan tayyorlanadigan murabboyu sharbatlar qishda zaiflashgan organizm uchun darmondori bo`lishini aytmaysizmi?! Bilsangiz, bu ajoyib mevadan xalq tabobati va kosmetologiyada ham foydalanish mumkin.

Yo`tal tutganida...

Bitta behini ikkiga bo`lib, urug`idan ajrating. Alohida idishda 100-150 gr. suv bilan aralashtirib, olovga qo`ying. O`rtacha olovda quyuqroq bo`lgunicha qaynating. So`ng olovdan olib, iliq holatda 1 osh qoshiqdan kuniga 3 mahal ovqatdan avval ichishingiz mumkin. Har kuni damlama yangidan tayyorlanadi. U quruq yo`tal hamda bronxlar shamollashida tavsiya etiladi.

Kamqonlikka qarshi

O`rtacha kattalikdagi behini urug`idan tozalab, ichini 2 choy qoshiq asal bilan to`ldiring. So`ng 15 daqiqa gaz pechiga qo`yib, yumshatib pishiring. Asalli behini bir kunda bir marotaba iste`mol qilish kifoya. U kamqonlik va hazm qilish faoliyati bilan bog`li ... Читать дальше »
Категория: Pazandalik sirlari | Просмотров: 264 | Добавил: ADMIN1 | Дата: 05.11.2016 | Комментарии (0)

Zarur masalliqlar (6 kishilik): 200 gr. margarin, 3 dona tuxum sarig`i, 100 gr. smetana, un, iste`mol sodasi; nachinka uchun: 3 dona tuxum, 100 gr. smetana, 200 gr. tvorog, 50 gr. pishloq, 1-2 bo`lak sarimsoq piyoz, yarim bog` ko`k piyoz.

Tayyorlanishi: 1. Margarinni eritib, un va iste`mol sodasi qo`shilgan smetana bilan aralashtiring. Aralashmaga tuxum sarig`ini qo`shib, yumshoq xamir qoring. Xamirni selofan paketga o`rab, yarim soatga muzlatgichga qo`ying.

2. Tuxumni atalalab, smetana bilan aralashtiring. Tuz, murch va maydalangan sarimsoq piyozni qo`shing. Tvorog, mayda to`g`ralgan ko`k piyozni solib, quyuq arashlashma hosil qiling.

3. Xamirni bo`laklarga ajratib, yog`langan kichik qoliplarga yoyib taqsimlang. Har bir xamirning ichiga aralashmadan 3-4 osh qoshiq solib, to`ldiring. Kulchalar ustini qirg`ichdan chiqarilgan pishloq bilan bezab, qizdirilgan gaz pechining o`rta olovida 25-30 daqiqa davomida pishiring.

Tayyorlanish vaqti ... Читать дальше »
Категория: Pazandalik sirlari | Просмотров: 177 | Добавил: ADMIN1 | Дата: 05.11.2016 | Комментарии (0)

1. Do`lma uchun karam harid qilganingiz ma`qulroq. Karamning kichikroq va yumshoqrog`ini tanlang.

2. 10 daqiqa qaynagandan so`ng, o`rta olovda qaynayotgan karamni ehtiyotkorlik bilan bitta-bittadan karam bargini ajratib likopchaga olavering. Agar u yumshamagan bo`lsa yana suvda biroz tursin, ammo pishib ketmasin.

3. Yana bitta sir: karam bargi yumshoq bo`lishi uchun uni harid qilgandan so`ng xaltaga solib, muzlatgichning muzxonasiga qo`ying. Do`lma tayyorlashdan oldin uni xona haroratida eritganingizda barglari yumshab ketadi.

4. Karamni pishirishdan avval qiymasini tayyorlab qo`ysangiz, tuz va ziravorlar singib, qiymangiz shira tortadi. Do`lma qiymasiga go`sht, guruch, ko`katlar, sarimsoq piyoz, piyozlarni mayda qilib to`g`rab soling. Shunda taomingiz juda xushbo`y bo`lib pishadi.

5. Do`lmani to`g`ri o`rash uchun avval karam bargining ichki qismini o`girib oling, qattiq joyi bo`lsa, olib tashlang. O`rtacha karam bargidan 2 ta yoki 3 ... Читать дальше »
Категория: Pazandalik sirlari | Просмотров: 275 | Добавил: ADMIN1 | Дата: 05.11.2016 | Комментарии (0)

Zarur masalliqlar: 300 gr. qatlama xamir, 250 gr. tvorog, 200 gr. qovoq, 50 gr. mayiz, tuz, shakar, dolchin, o`simlik yog`i.

Tayyorlanishi: 1. Qovoqni maydalab, to`rtburchak shaklda to`g`rang-da, shakar seping. Qizdirilgan o`simlik yog`ida qovoq yumshaguncha pishirib oling.

2. Tvorog va mayizni qovoqqa solib, yaxshilab aralashtiring.

3. Qatlama xamirni yoyib, to`rtburchak shaklda kesing. Qovoqli qiymadan solib buking. Somsalarni yog`langan qolipga terib, 200 darajada qizdirilgan gaz pechiga 20 daqiqaqa qo`ying. So`ngra dolchin va qand upasi sepib, yana 5 daqiqa gaz pechida qoldiring.

Tayyorlanish vaqti: 1 soat.

4 kishilik.
Категория: Pazandalik sirlari | Просмотров: 218 | Добавил: ADMIN1 | Дата: 05.11.2016 | Комментарии (0)

Yoqimli odam bo`ling! Xunuk so`zlardan, qo`pol harakatlardan va boshqa xatolardan xalos bo`ling. Laganbardorga aylanishga hojat yo`q.
Sizning o`rningizni hech kim bosolmasin! Eng muhim loyihalar ustida ishlang, sizni boshqalardan ajratib turadigan ishlarni o`rganing. Qo`shimcha malaka hech kimga zarar qilmaydi.
Xo`jayin uchun muhim narsa siz uchun ham muhim.Rahbaringiz uchun muhim hamma narsani o`zingiz uchun ham muhim deb biling. U bilan ish haqida suhbatlashing, fikrini biling. Biroq ular sizniki bilan bir xil bo`lishi shart emas.
Uni xabardor qilib turing! Rahbaringizga goh-gohida ko`rinib, bo`layotgan ishlardan boxabar eting. Yaxshisi qilingan ishlar haqida muntazam ravishda hisobot taqdim eting.
Muammoni rahbarga etkazmay, hal qiling. Bunga erishishning eng yaxshi yo`li — ish jurnali tutib, hamma ishlaringizni yozib borish. Shundan so`ng ularga rahbariyat nazari bilan baho berish kerak.
Xatolaringiz uchun uzr so`rashga tayyor turing. Hamma adasha ... Читать дальше »
Категория: Foydali maslahatlar | Просмотров: 138 | Добавил: ADMIN1 | Дата: 05.11.2016 | Комментарии (0)

Hurmatli saytimizning aktiv foydalanuvchilari, Android telefoningiz uchun foydali 4 ta malumot bilan tanishing.

01. Android telefoningiz xotirasi kam qoldimi, buni sababi odiy. Siz telefoningiz uchun juda ko'p o'yin, dastur, temalar o'rnatgansiz. Bilasizmi bu ilovalarda siz bilgan va bilmagan kesh fayllar mavjud. Masalan o'yin o'ynaganingizda va har-bir bosqichdan o'tganingizda "Android" papkasida kesh fayllar saqlanadi. Bu fayllarni vaqti-vaqti bilan o'chirib turing yani "Android" papkasini. Bunda siz telefoningizni zararli viruslardan halos etasiz.

02. Juda ko'p foto va video taxrirlovchi programmalardan extiyotkorlik bilan foydalaning. Chunki bu programmalarni har-xil versiyalari mavjud. Bu dasturlarda foto va video taxrirlashingiz mumkin. Ammo shu foto, videoni saqlashda telefoningiz qiynaladi saqlab olishda. Har-bir programmalarni o'z papkasi mavjud. Programmani telefoningizga o'rnatsangiz, fleshkangizda o'rnatgan programmangiz papkasi paydo bo'ladi. Taxr ... Читать дальше »
Категория: Telefon sirlari | Просмотров: 362 | Добавил: ADMIN1 | Дата: 05.11.2016 | Комментарии (0)

Android – shu yaqin yillarda IT sohasiga kirib kelgan va ko’p dasturchilarni, shu operatsion tizim bilan pul topishga undagan “yashil o’zga sayyoralik” dir. Bu dastur juda ko’p smartphone larni boshqaruvchi operatsion tizim hisoblanadi. Mobil operatsion tizimlar(windows mobile, symbian) orasida eng mashhurrog’i va keng qo’llaniladigani ham shu tizimdir.



Keling shu operatsion tizimga oid qiziqarli faktlar bilan tanishib chiqamiz:

2008 yilda Android operatsion tizimining kodlari ommaga taqdim etilgan va u 2.1GB hajmni egallagan.
Dastlab Android operatsion tizimi Android Inc firmasi tomonidan yaratilgan. Bu firma AQSH ning KALIFORNIYA shtatida joylashgan bo’lib, 2003 yilda Andy Rubin, Chris White, Nick Sears va Rich Miner tomonidan tashkil etilgan. Android Incfirmasi o’z ish faoliyati davomida 2 ta “Обнавления”– 1.0 Astro va 1.1 Bender(mashhur robotlar nomi) chiqarishga muyassar bo’ladi.
2005 yil, Google kompaniyasi Android Inc firmasin ... Читать дальше »
Категория: Telefon sirlari | Просмотров: 337 | Добавил: ADMIN1 | Дата: 05.11.2016 | Комментарии (0)

O'zbekiston xalqi, O'zbekiston adabiyoti va san`ati og'ir judolikka uchradi. Kun.uz sayti manbasining xabariga ko'ra, O'zbekiston qahramoni, xalq shoiri Abdulla Oripov og'ir xastalikdan so'ng 75 yoshida vafot etgan. O'zbekiston Davlat madhiyasining muallifi Abdulla Oripov AQShning Nyu-York shahrida davolanish kursini o'tayotgani, uning ahvoli og'irlashgani haqida avval xabar qilingan edi. Chaqmoq.com tahririyati marhum ustoz shoirning oila a`zolari va yaqinlariga, O'zbek xalqiga chuqur hamdardligini bildiradi va sabr tilaydi. Inna lillahi va inna ilayhi roji`un!
Manba: Kun.uz
Категория: Yurtimiz yangiliklari | Просмотров: 158 | Добавил: ADMIN1 | Дата: 05.11.2016 | Комментарии (0)

O'zbekiston xalqi, O'zbekiston adabiyoti va san`ati og'ir judolikka uchradi. Kun.uz sayti manbasining xabariga ko'ra, O'zbekiston qahramoni, xalq shoiri Abdulla Oripov og'ir xastalikdan so'ng 75 yoshida vafot etgan. O'zbekiston Davlat madhiyasining muallifi Abdulla Oripov AQShning Nyu-York shahrida davolanish kursini o'tayotgani, uning ahvoli og'irlashgani haqida avval xabar qilingan edi. Chaqmoq.com tahririyati marhum ustoz shoirning oila a`zolari va yaqinlariga, O'zbek xalqiga chuqur hamdardligini bildiradi va sabr tilaydi. Inna lillahi va inna ilayhi roji`un!
Manba: Kun.uz
Категория: Yurtimiz yangiliklari | Просмотров: 143 | Добавил: ADMIN1 | Дата: 05.11.2016 | Комментарии (0)

Yer yuzini turli fazoviy radiatsiyalar, quyosh plazmasidan iborat bulutlardan himoya etuvchi magnitosfera darz ketdi. Odatda bunday vaziyatlarda yer yuzida salbiy o‘zgarishlar ko‘zga tashlanadi. Surunkali xastaliklar qo‘zg‘aladi, yangi xastaliklar paydo bo‘ladi. Kutilmagan o‘lim holatlari ko‘proq kuzatila boshlaydi, Olimlarning fikricha, bu darz ketish quyosh plazmasiga ega o‘ta yirik hajmdagi bulut bilan to‘qnashuv oqibatida sodir bo‘lgan. To‘qnashuv esa 2015 yil iyunida kuzatilgan. Bulut quvvati o‘shanda 20 milliard elektronvoltga teng bo‘lgan. To‘qnashuv ikki soat davom etgan. Keyin atmosferaga o‘ta katta kuchga ega fazo radiatsiyasi o‘ta boshlagan. Shundan so‘ng yer yuzida kuchli magnit bo‘roni yuzaga kelgan. Mutaxassislar yer yuzi aholisini jiddiy ogohlantirishdi. Shu yilning o‘zida yana qirqdan ziyod kuchli magnit bo‘ronlari ko‘zga tashlanadi. Ularning teng yarmisi insoniyat hayoti uchun o‘ta xavfli hisoblanadi. Bir so‘z bilan aytganda, magnitosferaning darz ketishi bundan buyon ... Читать дальше »
Категория: Dunyo yangiliklari | Просмотров: 161 | Добавил: ADMIN1 | Дата: 05.11.2016 | Комментарии (0)

Hurmatli saytimiz foydalanuvchilari, bugun men sizlarga java telefonda android kitob tayyorlashni va taxrirlashni o'rgataman. Buning uchun bizga kerak bo'ladigan dasturlar.
01. Android kitob .zip
02. Uz X-Plore .jar
03. Uz Txt Editor .jar
dasturlari kerak bo'ladi.

Demak biz birinchi bo'lib "Uz X-Plore .jar" dasturiga kiramiz va "Android kitob .zip" Zip formatdagi android kitobimizni topib, shu kitobimizga kiramiz. Ana endi "Menu" ni bosib, pastdan "Hammasini tanlash" ni va 1 raqamini bosib, so'ng yana "Menu" ni bosamiz va pastdan "Papka tuzish" ni ham bosib "Yangi papka" tuzib olamiz va shu "Yangi papka" ga kirib 3 raqamini bosamiz. Endi ("Да" tugmasini 100 martagacha bosishimiz mumkin) "Android kitob .zip" ni sochib olamiz. Ana endi "Uz X-Plore .jar" dasturidan chiqib ketamiz va "Uz Txt editor .jar" dasturiga kiramiz. "Функции" ni bosib "Ochish" ga kiramiz va yuqorida tuzib olgan "Yangi papka" ga boramiz va shu papkamizga kirib pastdan "assets" ... Читать дальше »
Категория: Telefon sirlari | Просмотров: 252 | Добавил: ADMIN1 | Дата: 05.11.2016 | Комментарии (0)

iPhone va iPad qurilmalarining tezroq ishlashi uchun ularning interfeysidagi animatsiyani o'chirib qo'yish kerak. Bunday usulni 9to5mac nashri aniqladi, deb yozadi "KUN.UZ".



Material mualliflarning aytishicha, qurilmalar ishini tezlatish operatsion tizimdagi xato natijasi bo'lgan.

Animatsiyani o'chirish uchun sozlanmalarga kirib, "universal kirish" (universalnyy dostup) menyusiga o'tib, Assistive Touch belgisini faollashtirish kerak. Bundan keyin belgini displeyning o'ng pastki burchagiga ko'chirish kerak va Spotlight kidiruvidan foydalanish kerak.

Belgi qidiruvda paydo bo'lgan klaviatura ustida ko'tarila boshlaydi va bundan keyin dasturlar sahifasiga o'tish kerak. Qurilma egalarining ta'kidlashicha, bu jarayon taxminan 20 martacha bajarilgandan keyin kerakli natijaga erishiladi.

Standart sozlanmalarga qaytish uchun qurilmani qayta yuklash lozim.
Категория: Telefon sirlari | Просмотров: 206 | Добавил: ADMIN1 | Дата: 05.11.2016 | Комментарии (0)

Xonanda Lolaning yangi “Bilmaysan” nomli qo‘shig‘ini tayyorlash yo‘lida “Ummon” va “Benom” guruhlari ijodkorlari birlashdi. Lolaning o‘zi Instagram’da yozib qoldirgan xabarida bu voqeani “imkoni yo‘q hodisa”deb ta’rifladi.

“Imkoni yo‘q hodisa yuz berdi — bir-biri bilan yashirincha raqobat qiladigan ikki mustaqil, iqtidorli ‘Benom’ va ‘Ummon’ guruhlari bir loyiha ustida birlashdi. Ijod yo‘lida ular barcha prinsiplarni bir chekkaga surib, menga ajoyib qo‘shiq tuhfa etishdi”, — deb yozadi Lola.

Xonandaning ta’kidlashicha, qo‘shiq uchun “Ummon” guruhi solisti Zohid “hissiyotlarga to‘la so‘zlar” yozib bergan, “Benom” guruhi yigitlari esa “juda zo‘r ovoz”ni hozirlagan. “Ularga ulkan minnatdorchilik izhor qilishni istardim”, — deya qo‘shimcha qildi Lola.

Qo‘shiqning audiopremyerasi 7-noyabr kuni bo‘lib o‘tishi kutilmoqda.

Avvalroq mazkur qo‘shiq uchun videoklip suratga olinayotgani haqidaxabar berilgan edi.
Категория: Shou biznes yangiliklari | Просмотров: 146 | Добавил: ADMIN1 | Дата: 05.11.2016 | Комментарии (0)

Echki suti mizojda eng mo‘‘-tadil hisoblanadi. Ibn Sino ta’riflashicha, echki suti ichni suradi, tomoqdagi, qovuqdagi yaralarni davolaydi, yo‘tal, qon tuflash, bosh og‘rig‘i, me’da xastaliklarida foyda qiladi. U quruq mizojdan bo‘ladigan xafaqon, vasvasa hamda esda saqlayolmaslik kasaliga ham yaxshi davodir. U bilan og‘izni chay¬qash va g‘arg‘ara qilishning tomoq og‘riqqa, tilcha, bodomsimon bezlar shishlariga, silga va nihoyat darajada ozib ketishga foydasi katta.

Olimlar ta’kidlashicha, echki suti kimyoviy tarkibiga ko‘ra ko‘proq ona sutiga yaqin turadi. Vitaminu mineral moddalarga boy. Tarkibida, ayniqsa, yog‘ va oqsillar mo‘l bo‘lib, ularni organizm tez va oson qabul qiladi. Yog‘ donachalari sigir sutinikidan ikki barobar kichik, oqsillari esa nozik bo‘ladi. Shu bois echki sutini go‘daklarga ham bersa bo‘laveradi. Raxit, jigar, o‘pka sili, allergiya kasalliklarini davolashda echki sutining o‘rni katta. U ishqorli bo‘lganidan oshqozoni oshiqcha kislota ajratadigan odaml ... Читать дальше »
Категория: Salomatlik sirlari | Просмотров: 239 | Добавил: ADMIN1 | Дата: 05.11.2016 | Комментарии (0)

O‘zbekistonda 6-noyabr, yakshanba kuni yog‘ingarchilik kutilmaydi. Bu haqda “O‘zgidromet” markazixabar bermoqda.

Xabar berishlaricha, 6-noyabrga o‘tar kechasi O‘zbekistonning tog‘li hududlarida -7…-2 daraja sovuq, Qoraqalpog‘iston Respublikasi va Xorazm viloyatida -2…+3 daraja, Farg‘ona vodiysi viloyatlarida -2…+5 daraja, Toshkent shahrida 0…+2 daraja, Qashqadaryo va Surxondaryo viloyatlarida +1…+6 daraja, qolgan hududlarda 0…+5 daraja iliq bo‘ladi.Yakshanba kuni kunduzi mamlakatningtog‘li joylarida +2…+7 daraja, Qoraqalpog‘iston Respublikasi va Xorazm viloyatida +8…+13 daraja, Farg‘ona vodiysi viloyatlarida +9…+14 daraja, Toshkent shahrida +14…+16 daraja, Qashqadaryo va Surxondaryo viloyatlarida +13…+18 daraja, qolgan barcha hududlarda +12…+17 daraja iliq bo‘lishi kutilmoqda.

“O‘zgidromet”ning alohida qayd etishicha, 6-noyabrga o‘tar kechasi va 6-noyabr kuni kunduzi Farg‘ona vodiysiviloyatlarida tuman tushishi ehtimoli bor.
Категория: Ob-havo malumotlari | Просмотров: 139 | Добавил: ADMIN1 | Дата: 05.11.2016 | Комментарии (0)

Arktikaning Kanada nazorati ostida bo'lgan qismida okean tubidan sirli shovqin kelmoqda. Mutaxassislar buning nima ekanligini va uning sabablarini ayta olishmayapti, deb xabar bermoqda CBC News.

Kanadalik jurnalistlarning ma`lumotlariga ko'ra, tovush Kanadaning qit`adagi qismidan 120 km uzoqlikda joylashgan Fyuri-end-Xekl bo'g'ozidan kelmoqda. Shovqin uzoq vaqtdan beri yangramoqda va bu hududdagi baliq va jonzotlarni hurkitmoqda, deb aytildi xabarda.

"Bu joy yoz mavsumidagi asosiy ov joylaridan hisoblanadi. Biroq bu yozda bu yerda deyarli hech qanday o'lja bo'lmadi", deb aytdi mahalliy qonunchilik yig'ilishi a`zosi.

CBC News’ning qo'shimcha qilishicha, sirli shovqinga birinchi bo'lib mahalliy aholi e`tibor qaratgan. Ular bu haqda milliy xavfsizlik departamentiga xabar berishgan. Endi bu shovqinning kelib chiqishini aniqlash bilan Kanada qurolli kuchlari shug'ullanadi.
Manba: Kun.uz
Категория: Dunyo yangiliklari | Просмотров: 137 | Добавил: ADMIN1 | Дата: 05.11.2016 | Комментарии (0)

Hammamiz bilamizki android telefonida graficheski blokirovka mavjud. Bunday qulflash biz uchun albatta yaxshi, lekin yomon tomoni bu qulflash usuli bir necha bor noto'g'ri terilsa, telefon butunlay qulflanib qoladi.

1-Qonun:
Eng asosiysi qulflanadigan stilni unutmaslik. Eng avvalo graficheski bloklashni o'zingiz qo'yishni bilmasangiz, biror tanishingiz qo'yib berayotganda uni eslab qolishingiz kerak.

2-Qonun:
Graficheskiy bloklash kodini bir necha bor terib telefonni qulflab qo'yganingizdan so'ng, unga qo'yilgan Pin-kod ya'ni parolni so'raydi. Bu parol telefonga graficheskiy bloklashni o'rnatayotganingizda qo'yiladi. Buning sababi telefonni ikkinchi marotaba bloklanishdan olib chiqish uchun. Bu kod raqamli kod hisoblanadi. Raqamlarni soddaroq yoki o'zingizni esingizda qoladigan qilib terishingiz kerak.

3-Qoida:
Bu qoida esa eng oxirgi imkoniyat hisoblanadi. Telefoningizni graficheskiy bloklab, undan so'ng Pin-kod parolni ham n ... Читать дальше »
Категория: Telefon sirlari | Просмотров: 252 | Добавил: ADMIN1 | Дата: 05.11.2016 | Комментарии (0)

Smartfon cyзи ингилизчaдaн oлингaн бyлиб aкилли тeлeфoн дeб yгиpилaди . Smartfon лapни биp кapaшдaн aжpaтиш мyмкин миcoл:клaвиaтypacи бoшкa oддий тeлeфoнлapгa yxшaмaйди вa 3,4 тa кyшимчa фyнкcиягa эгa бyлгaн тyгмaчaлap жoйлaшгaн, бoшкa oддий тeлeфoнлapгa тyгpи кeлгaн "тeмa"лap yлapгa тyгpи кeлмaйди .Smartfon бy шyндaй тeлeфoнки yзини ишлaш жapaeнини тaшки пpoгpaммaлap opкaли кeнгaйтиpa oлaди вa жyдa кyп тилни тyшинaди , xap xeл фopмaтлapни yкий oлaди .Aлбaттa бoшкa oддий тeлeфoнлap xaм биp нeчa фopмaтлapни yкий oлaди. Лeкин тaшки пpoгpaммa opкaли, yз кoбилиятини кyчaйтиpa oлмaйди(бy xaкидa янa aйтиб yтaмиз) .Xoзиpги пaйтдa noкia кoмпaнияcининг Smartfon лapи дyнeдa биpинчи ypинни эгaллaб тypибди . Smartfon ишлaб чикapaдигaн фиpмaлap:Nokia,SonyErikson,LG,Siemens,Samsung .
Категория: Telefon sirlari | Просмотров: 231 | Добавил: ADMIN1 | Дата: 05.11.2016 | Комментарии (0)

Ushbu mavzuyimizda biz sizlarga android telefoningizda qanday qilib ekrandagi holatni rasmga olishni o'rgatamiz.
Hozir biz sizga o'rgatadigan usulimiz Android tizimidagi Samsung telefonlari uchun.
Birinchi yoqib o'chiruvchi klavish "Power" ni bosamiz va tezda telefonimiz o'rtasidagi "Home" klavishini bosamiz. 2 sekund ichida telefoningiz menyuni qaysi qismida bo'lishidan qat'iy nazar "Rasmga oladi."
Unutmang:"Power" klavishi bosilishiga "Home" klavishini tez bosing. So'ng ikki sekund rasmga olish tovushi chiqqunicha ushlab turing!
Категория: Telefon sirlari | Просмотров: 216 | Добавил: ADMIN1 | Дата: 05.11.2016 | Комментарии (0)

Albatta, birinchi o‘rinda sarosimaga tushmaslik kerak. Tunu kun ajralmaydigan hamrohi ishdan chiqishi, telefon raqamlari va kerakli fayllar o‘chib ketishidan kim ham tashvishlanmaydi? Ammo ortiqcha sarosima smartfoningizga zarar yetkazishi mumkin. “Bir soniyada ichiga suv kirarmidi”, degan shoshilinch xayolda apparatni yoqish yoki zaryadga ulashga aslo kirishmang! Bu telefon uchun o‘nglab bo‘lmas oqibatga olib keladi.

Quyida suvga tushib ketgan telefonni tiklash choralarini keltiramiz.

1. Avvalo, telefonni quvvatsizlantirish kerak. Apparatning batareyasini darhol chiqarib oling, buning iloji bo‘lmasa Power tugmasini bosib tez o‘chiring. Hech qachon telefonni yoqish, ayniqsa, tokka ulash kerak emas, hattoki, korpusi quruq bo‘lganda ham. Suv tokni a’lo darajada o‘tkazadi, mikroelektronik qurilmalarida esa tok liniyalari orasi shunchalik yaqinki, bir tomchi suv o‘tkazgichlarning bir qanchasini qisqa tutashuvga olib kelishi mumkin. Suv tomchisi qurisa o‘zidan oksi ... Читать дальше »
Категория: Telefon sirlari | Просмотров: 398 | Добавил: ADMIN1 | Дата: 05.11.2016 | Комментарии (0)

Hozirgi vaqtda kundan-kunga yangi korxonalar paydo bo'lib, xar-hil kerakli narsalar chiqarib bermoqda. Shular orasida bu telefonga va boshqa rusumdagi apparatlarga ishlaydigan Chipdir. Chipni hammamiz bilamiz, lekin ba'zi joylarda uni Fleshka ham deyishadi. Chipingiz birdaniga hechnima qabul qilmay qoldi va ichidagi ma'lumotlar ham o'chmay qoldi. Bu holatda Chip yaroqsiz hisoblanadi. Ming urinmang uni o'z holatiga qaytara olmaysiz. Aynan hozirgi kunda ushbu holat juda ko'p uchramoqda. Bu holatda chipdagi ma'lumotni o'chirsangiz, ko'rinishidan huddi o'chganday bo'ladi. Lekin chipni qaytadan kompyuter va telefonga solsangiz yana o'sha ma'lumotlar turaveradi. Ma'lumot o'tkazmoqchi bo'lsangiz, deylik video, mp3, rasm va h.k.
Ularni ham Chip bir muddatga qabul qilishi yoki umuman qabul qilmasligi mumkin.

Ba'zi odamlardan qulog'imga chalinganday bo'ldi. Qayerlardadir telefon ichki qismlarini tuzatuvchi ustalar ushbu holatni daf qilishadi ekan. Ya'ni chipni o'z holatiga qa ... Читать дальше »
Категория: Telefon sirlari | Просмотров: 262 | Добавил: ADMIN1 | Дата: 05.11.2016 | Комментарии (0)

E’tibor bergan bo‘lsangiz, Android smartfon yangi xarid qilingan vaqtida juda tez va chaqqon ishlaydi. Biroq bir muddat o‘tgandan keyin smartfon dasturining ishlashi sekinlashadi, samaradorligi kamayadi. Xo‘sh, bunga sabab nima? Gap shundaki, qo‘lingizda telefonning tezkor xotirasi hajmi o‘rtacha segmentdagi kompyuterlarning tezkor xotirasi bilan barobar yoki undan ham ko‘p. Tasavvur qiling, qo‘lingizda shunchaki telefon emas, balki kompyuter joylashgan. Shu bois uning dasturida juda ham ko‘p protsesslar bajariladi. Ko‘pincha telefonning qotishiga mos bo‘lmagan zararli ilovalar, dasturning eskirishi yoki noto‘g‘ri foydalanish sabab bo‘lishi mumkin.

Keling, endi, smartfonning har doim chaqqon ishlashini ta’minlash uchun yordam beradigan profilaktika usullari bilan tanishsak.

Dastur fonidagi protsesslar. Smartfonga juda ko‘p ilovalarni yuklash uning ishini sekinlashtiradi. Ilovani yopganingiz bilan u baribir fonda ishlab, xotirani band qilib turaveradi. Ayniqsa, ... Читать дальше »
Категория: Telefon sirlari | Просмотров: 367 | Добавил: ADMIN1 | Дата: 05.11.2016 | Комментарии (0)

Smartfonni to`g`ri quvvatlantirishni o`rganamiz

Joylandi: Bugun, 09:23
Batareya to`liq o`chganidan so`nggina uni quvvatlantirish akkumulyator uchun zararli

Telefonni qanday quvvatlantirish kerak? Batareya quvvati uzoq saqlanishi uchun bu amalni qanday bajarish lozim? Mana shu kabi savollar deyarli barcha smartfon foydalanuvchilarini o`ylantiradi. Axir, smartfondan uzoq vaqt foydalanish uchun uning batareya quvvati kuchli bo`lishi kerak.

Cadex akkumulyatorlarining yaratgan Battery University kompaniyasining saytida akkumulyatorlarni to`g`ri quvvatlantirish bo`yicha to`liq ma`lumotlar paydo bo`ldi

Maqolani o`qib chiqib, akkumulyatorlarni to`g`ri quvvatlantirish yuzasidan shu paytgacha biz amal qilgan qoidalarning to`g`ri yoki noo`rin ekanligini bilib olishingiz mumkin.

Ba`zilar batareya to`liq o`chganidan so`nggina uni quvvatlantirish mumkin deb hisoblaydi. Aslida esa bunday yo`l tutish akkumulyatorga o`ta zararli. M ... Читать дальше »
Категория: Telefon sirlari | Просмотров: 276 | Добавил: ADMIN1 | Дата: 05.11.2016 | Комментарии (0)