Главная » 2016 » Ноябрь » 5 » O‘zbekistonda 6-noyabr kuni yog‘ingarchilik kutilmaydi
18:48
O‘zbekistonda 6-noyabr kuni yog‘ingarchilik kutilmaydi
O‘zbekistonda 6-noyabr, yakshanba kuni yog‘ingarchilik kutilmaydi. Bu haqda “O‘zgidromet” markazixabar bermoqda.

Xabar berishlaricha, 6-noyabrga o‘tar kechasi O‘zbekistonning tog‘li hududlarida -7…-2 daraja sovuq, Qoraqalpog‘iston Respublikasi va Xorazm viloyatida -2…+3 daraja, Farg‘ona vodiysi viloyatlarida -2…+5 daraja, Toshkent shahrida 0…+2 daraja, Qashqadaryo va Surxondaryo viloyatlarida +1…+6 daraja, qolgan hududlarda 0…+5 daraja iliq bo‘ladi.Yakshanba kuni kunduzi mamlakatningtog‘li joylarida +2…+7 daraja, Qoraqalpog‘iston Respublikasi va Xorazm viloyatida +8…+13 daraja, Farg‘ona vodiysi viloyatlarida +9…+14 daraja, Toshkent shahrida +14…+16 daraja, Qashqadaryo va Surxondaryo viloyatlarida +13…+18 daraja, qolgan barcha hududlarda +12…+17 daraja iliq bo‘lishi kutilmoqda.

“O‘zgidromet”ning alohida qayd etishicha, 6-noyabrga o‘tar kechasi va 6-noyabr kuni kunduzi Farg‘ona vodiysiviloyatlarida tuman tushishi ehtimoli bor.
Категория: Ob-havo malumotlari | Просмотров: 140 | Добавил: ADMIN1 | Рейтинг: 0.0/0
Всего комментариев: 0
avatar