Главная » 2016 » Ноябрь » 16
Hayvonlarning odamlarga o'xshash jihatlaridan biri, buni qarangki, tongda uyg'ongandan so‘ng, ular ham odamlar kabi yuvinishar ekan.Maymunlar quyosh ko'tarilishi bilan shoxdan shoxga, daraxtdan daraxtga sakrab daraxtning eng baland uchiga chiqib olishadi va shudringdan nam bolgan orqalarini oftobga qaratib quritishadi.Fillar esa tongda daryoga cho'milishga borishadi. Quruqlikda yashaydigan hech bir jonivor suvni bunday ulkan jonivor - filchalik yaxshi ko'rmaydi. Ular daryoda mazza qilib bir-birlariga suv sepib yuvinadilar.Ona fil yuvinishni istamagan bolasini suvga sudrab olib tushadi va suv sepib, orqalarini xartumi bilan sekin silaydi. So'ngra esa upa surtgandek ustidan tuproq sochadi.Agar u cho'milmoqchi bo'lganyerda suv sayoz bo'lsa, u ham fil uchun muammo emas. Darhol suv yolini to'sib, dambasimon to'siq quradi. Qarabsizki, cho'miiish uchun hovuz tayyor.Afrika fillarining burun xalqumida suv saqlaydigan maxsus yeri bor. Suv topolmagan vaqtlarida o'sha g'amlab olgan suvlarini ishla ... Читать дальше »
Категория: Foydali maslahatlar | Просмотров: 412 | Добавил: ADMIN1 | Дата: 16.11.2016 | Комментарии (0)

Londonning qirollik universtiteti mutaxassislari tomonidan o’tkazilgan tadqiqot ishlariga ko’ra, muntazam yashil olma iste’mol qilgan inson yoshiga nisbatan tetikroq ko’rinishi va salomatligi borasida ham kamroq muammolar kuzatilishi ma’lum qilindi.
"Ayniqsa, o’rta yoshli ayollar uchun bir kunda bir-ikki dona olma iste’mol qilish maqsadga muvofiqdir”, -deydi olimlar. Tadqiqot ishlarida ishtirok etgan ayollarning aksariyati o’ttiz-qirq yoshlar atrofida bo’lib, yarim yil davom etgan kuzatuv ishlari nihoyasida umumiy ahvollari yaxshilangani va yuz terisida ajinlar soni nisbatan kamaygani aniqlangan.
Категория: Foydali maslahatlar | Просмотров: 195 | Добавил: ADMIN1 | Дата: 16.11.2016 | Комментарии (0)

Ko’k choyning salomatlikka foydasi borasida ko’plab ilmiy tadqiqotlar o’tkazilgan. Ushbu ichimlikni muntazam ichib turish osteoporoz, insult va kognitiv buzilishlar kabi keksalarda uchraydigan kasalliklar profilaktikasida ijobiy ta’sirga egali ekan.
Tokiodagi Oliy tibbiyot maktabi olimlari tadqiqot o’tkazib, doimiy ko’k choy ichish keksalardagi funksional nogironlik, ya’ni vanna qabul qila olmaslik, sayrga chiqa olmaslik, uyda boshqalarning yordamisiz biror ishni bajara olmaslikda yordam berish-bermasligini o’rganishdi.
Olimlar uch yil davomida 65 yosh va undan katta 13 ming nafar kishilar o’rtasida so’rovnoma olib borishdi. Barcha ma’lumotlar to’planib (jumladan, ovqatlanish va hayot tartibi, salomatlik holati), tahlil qilingach, muntazam ko’k choy ichadiganlar faolroq ekani, ularda funksional imkoniyatlar bilan boғliq muammolar kamroqligi ma’lum bo’ldi. Kuniga kamida 5 piyola ko’k choy ichganlarning faqatgina 7 foizi o’zlaridagi funksional buzilishlar haqida ma’lum qilg ... Читать дальше »
Категория: Foydali maslahatlar | Просмотров: 219 | Добавил: ADMIN1 | Дата: 16.11.2016 | Комментарии (0)

Hurmatli saytimiz foydalanuvchilari, bugun men sizlarga java telefonda android kitob tayyorlashni va taxrirlashni o'rgataman. Buning uchun bizga kerak bo'ladigan dasturlar.
01. Android kitob .zip
02. Uz X-Plore .jar
03. Uz Txt Editor .jar
dasturlari kerak bo'ladi.

Demak biz birinchi bo'lib "Uz X-Plore .jar" dasturiga kiramiz va "Android kitob .zip" Zip formatdagi android kitobimizni topib, shu kitobimizga kiramiz. Ana endi "Menu" ni bosib, pastdan "Hammasini tanlash" ni va 1 raqamini bosib, so'ng yana "Menu" ni bosamiz va pastdan "Papka tuzish" ni ham bosib "Yangi papka" tuzib olamiz va shu "Yangi papka" ga kirib 3 raqamini bosamiz. Endi ("Да" tugmasini 100 martagacha bosishimiz mumkin) "Android kitob .zip" ni sochib olamiz. Ana endi "Uz X-Plore .jar" dasturidan chiqib ketamiz va "Uz Txt editor .jar" dasturiga kiramiz. "Функции" ni bosib "Ochish" ga kiramiz va yuqorida tuzib olgan "Yangi papka" ga boramiz va shu papkamizga kirib pastdan "assets" ... Читать дальше »
Категория: Telefon sirlari | Просмотров: 639 | Добавил: ADMIN1 | Дата: 16.11.2016 | Комментарии (0)