Главная » 2016 » Ноябрь » 02
Organizmimizda har bir modda va vitaminning o`r o`rni bor. Xuddi shunday muhim vitaminlardan biri S vitaminidir. Quyida S vitaminiga boy mahsulotlar haqida ma`lumot beramiz.

1100mg./100 gr.
Quritilgan na`matak
Qishning yakuni va bahor avvalida S vitaminiga muhtoj organizmingiz uchun juda zarur. Chunki ayni shu paytda meva tanqisligi kuzatiladi. Har kuni ertalab na`matak damlamasini ichish kerak.

250 mg./100 gr.
Qorag`at, chakanda mevasi (oblepixa)
Mevalarga ishlov berilganda (murabbo, sharbat), ularning tarkibida S vitamini kamayadi. Shuning uchun meva holatida iste`mol qiling.

160 mg./100 gr.
Olma
Eng yaxshi tanlov! Olmani po`stidan tozalab eng. Muzlatkich yoki omborda saqlaganda ochiq holda qoldirmang.

150 mg./100 gr.
Petrushka
Taomni dasturxonga tortishdan avval uni muzlatkichdan olib, to`g`rang. Uzoq vaqt ochiq joyda qolsa, tarkibida askorbin kislotasi havoga uchib-ketadi. ... Читать дальше »
Категория: Salomatlik sirlari | Просмотров: 268 | Добавил: ADMIN1 | Дата: 02.11.2016 | Комментарии (0)

Apple kompaniyasi 2017 yilda ishlab chiqaradigan iPhone qurilmalari simsiz zaryadlash texnologiyasini qo'llab-quvvatlaydi. Nikkei resursining xabar berishicha, Apple bilan eng yirik shartnoma imzolagan Foxconn kompaniyasi ana shunday modellar ishlab chiqarishni yo'lga qo'ygan. Yangi smartfonlar 2017 yilning sentabrida taqdim etiladi. Qurilmalar iPhone 7'dan jiddiy farq qilgani uchun ular iPhone 7s emas, iPhone 8 nomini oladi. Simsiz zaryadlash texnologiyasi bu yilgi smartfonlarda kutilgan edi, axir texnologiya asosiy raqib Samsung'ning flagmanlari tomonidan qo'llanadi. Biroq Apple, aftidan, yangi texnologiyani tatbiq etishni keyingi yilga qoldirishga qaror qilgan. Foxconn hozirda zaryad modullari rentabelligiga erishishga harakat qilmoqda. Bundan tashqari, kompaniya ishlab chiqarish hajmini kerakli darajaga ko'tarishi kerak. Apple va Foxconn bu borada hech qanday izoh berishmadi. Bundan avval iPhone 8 qurilmalariga OLED-ekranlar qo'yilishi haqida xabar berilgan edi.
Manba: Kun.u ... Читать дальше »
Категория: Mobil telefonlar dunyosi | Просмотров: 155 | Добавил: ADMIN1 | Дата: 02.11.2016 | Комментарии (0)

1. Mashq gilamchasiga joylab, tizzani buking. Qo`lni bosh orqa tarafiga birlashtirib, bo`yinni yuqoriga ko`tarib-tushiring. Mashq davomiyligi 6 marta.

2. Yon tarafga o`girilib, oyoqlarni tekislang-da, birlashtiring. Bir qo`l bilan gavdangizni tutsangiz, ikkinchisi bilan bosh muvozanatini ushlang. Sanov avvalida oyoqlarni ko`tarib, harakatlantiring. Davomiyligi 8 marta.

3. Mashq koptogi (yengilroq bolishdan foydalansa ham bo`ladi) ni ikkala oyoq o`rtasiga joylab, tizzani yuqoriga ko`tarib-tushiring. So`ng shu holatda oyoqlarni ikki tararfga harakatlantirasiz. Mashqning har birini 6 martadan bajaring.

4. Tekis yotgan holatda faqat oyoqlarni harakatlantiring. Avvaliga salgina yuqoriga ko`taring, so`ng tizzani bukib, mashq qilasiz. Davomiyligi 6-8 martagacha.

5. Mashq koptogi (yoki stuldan foydalansa ham bo`ladi) ga joylashib, suratdagi kabi mashqni bajarishga urinib ko`ring. Gavda tik ko`tarilganida qorin mushaklarini ichingizga tortasiz ... Читать дальше »
Категория: Foydali maslahatlar | Просмотров: 134 | Добавил: ADMIN1 | Дата: 02.11.2016 | Комментарии (0)