Главная » 2016 » Ноябрь » 5 » Echki sutining eng foydali xususiyatlari
18:51
Echki sutining eng foydali xususiyatlari
Echki suti mizojda eng mo‘‘-tadil hisoblanadi. Ibn Sino ta’riflashicha, echki suti ichni suradi, tomoqdagi, qovuqdagi yaralarni davolaydi, yo‘tal, qon tuflash, bosh og‘rig‘i, me’da xastaliklarida foyda qiladi. U quruq mizojdan bo‘ladigan xafaqon, vasvasa hamda esda saqlayolmaslik kasaliga ham yaxshi davodir. U bilan og‘izni chay¬qash va g‘arg‘ara qilishning tomoq og‘riqqa, tilcha, bodomsimon bezlar shishlariga, silga va nihoyat darajada ozib ketishga foydasi katta.

Olimlar ta’kidlashicha, echki suti kimyoviy tarkibiga ko‘ra ko‘proq ona sutiga yaqin turadi. Vitaminu mineral moddalarga boy. Tarkibida, ayniqsa, yog‘ va oqsillar mo‘l bo‘lib, ularni organizm tez va oson qabul qiladi. Yog‘ donachalari sigir sutinikidan ikki barobar kichik, oqsillari esa nozik bo‘ladi. Shu bois echki sutini go‘daklarga ham bersa bo‘laveradi. Raxit, jigar, o‘pka sili, allergiya kasalliklarini davolashda echki sutining o‘rni katta. U ishqorli bo‘lganidan oshqozoni oshiqcha kislota ajratadigan odamlarga yaxshi davodir. Ekzema, qichima, astma bilan og‘rigan kishilarga ham echki suti ichish tavsiya qilinadi. Bo‘g‘inlar og‘rig‘ini qoldirishda, o‘t xaltadagi toshni tushirishda ham qo‘llaniladi.

Maslahatlar

1. Echki sutini faqat pishirib ichish tavsiya etiladi.

2. Echki sutidan xushta’m qatiq, suzma, qurut tayyorlash mumkin.

3. 110-220 gr. echki suti 1,75-3,5 gr. bodom yelimi yoki yuvilgan isiriq urug‘i bilan qo‘shib ichilsa, qon qusish, yo‘tal va silga, shuningdek, ichki a’zolardan qon ketishiga davo bo‘ladi.

4. Echki sutiga zarpechak aralashtirib ichilsa, ichketarning asorati barham topib, ichni bog‘laydi.

5. Rayhon urug‘ini tuyib, echki sutida pishirib bog‘lansa, shishlar, chipqon va toshmalarni pishiradi va yorib, malham bo‘ladi.

6. Echki suti suzmasining zardobi ichilsa, safroli ichketar, savdoli illatlar va sariq kasalligining oldini oladi.

7. Echki suti issiq ichilsa, ichni yumshatadi, peshob haydaydi, ichaklardagi dardlarni bartaraf qiladi.

8. Sovuq va ho‘l mizojli odamlarga echki sutining zarari bor, hiqichoq va kekirish paydo qiladi.

9. Echki suti shakar bilan ichilsa, yuz rangini chiroyli qiladi.
Категория: Salomatlik sirlari | Просмотров: 240 | Добавил: ADMIN1 | Рейтинг: 0.0/0
Всего комментариев: 0
avatar