Главная » 2016 » Ноябрь » 5 » Java telefonda android kitob tayyorlash
19:00
Java telefonda android kitob tayyorlash
Hurmatli saytimiz foydalanuvchilari, bugun men sizlarga java telefonda android kitob tayyorlashni va taxrirlashni o'rgataman. Buning uchun bizga kerak bo'ladigan dasturlar.
01. Android kitob .zip
02. Uz X-Plore .jar
03. Uz Txt Editor .jar
dasturlari kerak bo'ladi.

Demak biz birinchi bo'lib "Uz X-Plore .jar" dasturiga kiramiz va "Android kitob .zip" Zip formatdagi android kitobimizni topib, shu kitobimizga kiramiz. Ana endi "Menu" ni bosib, pastdan "Hammasini tanlash" ni va 1 raqamini bosib, so'ng yana "Menu" ni bosamiz va pastdan "Papka tuzish" ni ham bosib "Yangi papka" tuzib olamiz va shu "Yangi papka" ga kirib 3 raqamini bosamiz. Endi ("Да" tugmasini 100 martagacha bosishimiz mumkin) "Android kitob .zip" ni sochib olamiz. Ana endi "Uz X-Plore .jar" dasturidan chiqib ketamiz va "Uz Txt editor .jar" dasturiga kiramiz. "Функции" ni bosib "Ochish" ga kiramiz va yuqorida tuzib olgan "Yangi papka" ga boramiz va shu papkamizga kirib pastdan "assets" papkasi bor. Shu papka ichiga kiramiz. Ushbu "assets" papkasidan chiqmagan holda ish olib boramiz. Demak "assets" papkasida "chapters.xml" paketi mavjud. Biz shu paketga kiramiz. Men o'zimga qulayroq bo'lsin deb, har-bir sahifaga, Masalan 1-sahifaga "1-bo'lim" ikkinchi sahifaga "2-bo'lim" deb yozib olganman. E'tibor bergan bo'lsangiz "chapters.xml" paketida 1-bo'lim va pastda 1.txt, 2-bo'lim va 2.txt deb qo'yganman. Bu 1.txt, 2.txt kitobda sahifa hisoblanadi. Mundarijaga kirganingizda 1-bo'lim ga bossangiz .txt sahifasiga kiradi.

Demak biz "assets" papkasida 1.txt fayliga kiramiz va sher yoki qiziqarli maqolamizni yozamiz va saqlab olamiz. Masalan maqola yozayotgan bo'lsangiz, maqola nomi "Kitob tuzish" biz "chapters.xml" paketiga kirib "1-bo'limni" o'chirib, o'rniga "Kitob tuzish" deb yozamiz va saqlab olamiz. Barcha txt fayllarni shu taxrirlab, nom berib saqlab olamiz.

Yana "Uz X-Plore .jar" dasturiga kiramiz va "Yangi papka" ni topamiz, so'ng shu papkaga kirib "Menu" ni bosamiz va pastdan "Hammasini tanlash" ni bosib, yana "Menu" ni bosamiz. Pastdan "Fayllarni jamlash (zip)" ni bosib, ("Да" ni 100 martagacha bosamiz) va barcha fayllarni yig'ib olamiz. Yig'ib olgan faylimiz fleshkaga "File.zip" bo'lib tushadi. Siz android telefonlarga ushbu kitobni o'tkazib "ApkEditor.apk" dasturi orqali .zip formatni .apk qilib o'zgartirib olishingiz mumkin. Yoki shaxsiy saytingiz bo'lsa, saytiz panel ga ushbu kitobni yuklab .zip formatni .apk qilib omma e'tiboriga havola qilishingiz mumkin.

Hurmatli saytimiz foydalanuvchilari, ushbu maqolada xato yoki kamchilik bo'lsa shu yerda yozib qoldiring.

Tayyorladi: Omon Qarshiboyev
Категория: Telefon sirlari | Просмотров: 253 | Добавил: ADMIN1 | Рейтинг: 0.0/0
Всего комментариев: 0
avatar