Главная » 2016 » Ноябрь » 5 » Yerning himoya qatlami yorildi... Endi nima bo'ladi?
19:04
Yerning himoya qatlami yorildi... Endi nima bo'ladi?
Yer yuzini turli fazoviy radiatsiyalar, quyosh plazmasidan iborat bulutlardan himoya etuvchi magnitosfera darz ketdi. Odatda bunday vaziyatlarda yer yuzida salbiy o‘zgarishlar ko‘zga tashlanadi. Surunkali xastaliklar qo‘zg‘aladi, yangi xastaliklar paydo bo‘ladi. Kutilmagan o‘lim holatlari ko‘proq kuzatila boshlaydi, Olimlarning fikricha, bu darz ketish quyosh plazmasiga ega o‘ta yirik hajmdagi bulut bilan to‘qnashuv oqibatida sodir bo‘lgan. To‘qnashuv esa 2015 yil iyunida kuzatilgan. Bulut quvvati o‘shanda 20 milliard elektronvoltga teng bo‘lgan. To‘qnashuv ikki soat davom etgan. Keyin atmosferaga o‘ta katta kuchga ega fazo radiatsiyasi o‘ta boshlagan. Shundan so‘ng yer yuzida kuchli magnit bo‘roni yuzaga kelgan. Mutaxassislar yer yuzi aholisini jiddiy ogohlantirishdi. Shu yilning o‘zida yana qirqdan ziyod kuchli magnit bo‘ronlari ko‘zga tashlanadi. Ularning teng yarmisi insoniyat hayoti uchun o‘ta xavfli hisoblanadi. Bir so‘z bilan aytganda, magnitosferaning darz ketishi bundan buyon doimiy ravishda fazo radiatsiya nurlari bemalol ichkariga o‘tishini ta’minlaydi.

Manba

RIA Novosti
Категория: Dunyo yangiliklari | Просмотров: 161 | Добавил: ADMIN1 | Рейтинг: 0.0/0
Всего комментариев: 0
avatar