Главная » 2016 » Ноябрь » 9 » Chekilgan har 50 sigareta saraton sari qo'yilgan bir qadamga teng
20:15
Chekilgan har 50 sigareta saraton sari qo'yilgan bir qadamga teng
Chekishni tashlashga harakat qilayotgan kishilarning odatiy taktikasi moliyaviy yoki fiziologik baholashga borib taqaladi: har oyda sigaretaga qancha pul sarflanadi yoki hayot davomiyligi qanchaga qisqardi. Olimlarning chekishning zarariga doir so'nggi tadqiqoti salomatlikka yetadigan ziyonni yanada batafsil baholash imkonini beradi. Bu haqida theverge.com saytida ma`lumot berildi. Tadqiqot davomida Los-Alamos milliy labaratoriya mutaxassislari 1063 nafar tamaki mahsulotlarini chekmaydigan hamda 2490 nafar chekuvchi kishining DNKsini o'rganib chiqishdi. Izlanishdan maqsad - mutatsiyalarni aniqlash bo'lgan. Tadqiqot natijalari shuni ko'rsatdiki, chekilgan har 50 sigaretadan keyin hujayralar DNKsida bitta qo'shimcha makromolekula o'zgarishi kuzatilgan. Bu o'zgarish genetik axborotni saqlash va uni yetkazishga mas`ul hisoblanadi. Shunday qilib, bir kunda bir pachka (20ta) sigareta chekuvchi kishilarda 150 qo'shimcha o'pka DNK mutatsiyasi, 97 - tomoq, 23 - og'iz bo'shlig'i, 18 - siydik pufagi va 6 - jigar DNK mutatsiyalari paydo bo'lgan.Hujayralardagi o'zgarishlar umuman olganda xavfli bo'lmasligi mumkin, lekin ularning har biri saraton o'simtalarining rivojlanishiga olib kelishi mumkin. "Chekish rus ruletkasiga qiyoslanadi: qancha ko'p cheksangiz, shuncha ko'p genlar mutatsiyasi sodir bo'ladi va oxir-oqibat ular saraton kasalliklariga olib keladi", - deya ta`kidlashmoqda tadqiqotchilar. "Shunga qaramay, butun hayoti davomida chekishdan ziyon ko'rmagan oz bo'lsa-da, juda ham omadli kishilar topiladi".Mutatsiyalar sababi tamaki tutunidadir. Unda 7000ga yaqin turli kimyoviy birikmalar mavjud, ulardan 70tasi saratonning rivojlanishiga olib keladi. Olimlar jamoasi bu boradagi izlanishlarini davom ettirish va tamaki mahsulotlarining organizm hujayralariga salbiy ta`sirini to'liq tahlil qilishni rejalashtirgan.
Manba: Kun.uz
Категория: Qziiqarli malumotlar | Просмотров: 296 | Добавил: ADMIN1 | Рейтинг: 0.0/0
Всего комментариев: 0
avatar