Главная » 2016 » Ноябрь » 9 » Siz rashkchimisiz? yoki shoshqaloq? (Psixologik test)
20:29
Siz rashkchimisiz? yoki shoshqaloq? (Psixologik test)
Har bir inson harakteri o‘ziga xos bir olam. Bu haqida bilish, yanada uning qirralarini kashf etish qiziq, albatta. Quyidagi “Hayot yo‘li raqami” deb nomlanuvchi psixologik testi yordamida siz harakteringizni qanchalik to‘g‘ri yoki noto‘g‘riligini tekshirishingiz mumkin.

Faqat hisoblashda adashmaslikka harakatqiling. Masalan, agar kishi 1990 yil 25 dekabr sanasida tug‘ilgan, ya’ni 25.12. 1990 bo‘lsa, unda raqamlarni bir xonali son chiqmaguncha qo‘shib boraveramiz. Misol uchun: 2 + 5 + 1 + 2 + 1 + 9 + 9 + 0= 29 = 2 + 9 = 11= 1 + 1 = 2. Demak, mijoz raqami 2. Ana shu tarzda o‘zingiz haqidagi tavsiflardan boxabar bo‘lishingiz mumkin.

1

Bu raqam kuch, shuxrat, g‘ayrat va buyuklik ramzidir. Ular o‘zi tanlagan yo‘lidan hech qachon voz kechmaydi. Hamma narsada birinchi bo‘lishni xohlashadi. Ularda tug‘ma sardorlik qobiliyati bor. Hayotga jiddiy qaraydigan kishilar bilan qizikishadi. Sevsa ham “Sevgining ko‘zi ko‘r, kulog‘i kar “deb aytilgan naql aynan shu insonlarga mos. Obro‘-mansab uchun ko‘p narsani qurbon etishga qodirlar. Ular orasida san’atkor va siyosatchilar ko‘p.

Yigitlar: Qiziqqon, o‘ziga ishongan, harakatchan, qo‘rqmas, mard, to‘g‘riko‘ngillidirlar. Qiyin vaziyatlarda ularga ishonish mumkin. Hamma narsani o‘zi hal etishni, bag‘rikenglik qilishni va buyruq berishni juda yaxshi ko‘radi. Hayoti davomida uni o‘rab turgan narsalarni egallashga, qo‘lga kiritishga, hammadan ustun turishga intiladi. U bilan xayot qiziq, ammo tinchlik degan surur yo‘q.

Qizlar: O‘ziga ishongan, sabrli, aqlli, kuchli harakter sohibasi, ammo o‘jardir. Ba’zan qiziqqonligi tufayli o‘ylamay ish qilib qo‘yadi. U o‘ziga faqat o‘ziga ishonadi, atrofdagi vokea-hodisalarni boshqarib borishga intiladi, ammo hamma aytganini qilaverganlarni yoqtirishmaydi. Rahbarlik xislatini kuchli namoyish etishiga qaramay ba’zida o‘zi buni tan olmasa ham, u mehr-muhabbatga hamda e’tiborga muhtoj.

2

Bu raqam kayfiyatda, harakatlarda, o‘zini tutishida tenglikni ifodalaydi. Yumshoq harakterli, har qanday muammolardan kelishuv izlaydigan, ko‘p o‘ylaydigan shaxslarning mijoz raqamidir. Bu raqam o‘t va suv, hayot va o‘lim, boylik va kambag‘allik, yaxshilik va yomonlik orasini xamda tenglikni ifodalaydi. Ular yaxshi maslaxatchi, reja tuzuvchidirlar ammo ijro etuvchi emas. Sevgi bobida o‘zlarining kerakliklarini, ularni cheksiz sevishlarini his etib tursalar, hammasi yaxshi, ammo sal shubxa paydo bo‘ldimi, tamom, rashkchi bo‘lib anchagina o‘ylamay ish qilib qo‘yishlari mumkin. Ularda tez-tez tushkunlikka tushishga moyillik bor..

Yigitlar: Ular davrani, suxbatlashishni juda yaxshi ko‘rishadi. Ishonuvchan, atrofdagilarni ham ishontira olishadi. Doimo o‘zgalar muammolari bilan yashashadi, o‘zgarishlarga tez ko‘nikishadi. Ular bilan munosabatda eng asosiysi shoshilmaslik. Afsuski, munosabatlar og‘ir, tashvishli, chalkash bo‘la boshlasa, o‘z xayoliy dunyosiga yopinib olishadi.

Kizlar: Ularni aslida qanaqa ekanligini yanada yaqinroq tanishib bilish mumkin. Munosabatlar qancha ochiq, orada ishonch qancha kuchli bo‘lsa, o‘zlarini shunchalik baxtiyor his etishadi. Ular o‘zgaruvchan, avvaliga ko‘rsatilayotgan e’tiborlarni, gullarni, sovg‘alarni qabul qilib yurishi, keyin birdan fikrini o‘zgartirib, oradagi munosabatlarni to‘xtatishi ham mumkin.

3

Bu raqamdagi shahslar boshqalardan tezroq o‘z harakterlarini namoyon etishadi. Ular yangi bilimlarni tez o‘zlashtirishadi. O‘tkir va sezgir aql sohibidirlar. Iqtidorli, ammo oldiga qo‘ygan maqsadga erishish yo‘lida faqat oson yo‘l va foydani izlashlari asnosida yuqori cho‘qqilarga erisholmay kolishi mumkin. Xarakatchan, xayotga o‘ta jiddiy karamaydigan insonlar. Har qanday sohani gullatishadi. Ularga ishonish mumkin, yaxshi do‘st, sirdoshdirlar.

Yigitlar: Yaxshi suhbatdosh, qobiliyatli, sarguzashtlarni, qaltis ishlarni yoqtiradigan, har qanday davrani qizita oladigan kishilar. U zerikishni, erkinligini to‘sib qo‘yishlarini va o‘zi ustida boshqaruvni ko‘tarmaydi. Birinchi uchrashuvda o‘zi haqida eng yaxshi taassurot qoldirishga urinadi. Orzu qilishni juda yaxshi ko‘radi. Ma’suliyatsizlikka moyilligi bor. Ammo bunday inson bilan zerikish nimaligini bilmaysiz.

Kizlar: Aqlli va farosatli, harakatchan, samimiy, hissiyotli, optimist, orzular va istaklarga juda boy harakterlidir. Faqat kelajak bilan yashaydi. Kayfiyati o‘zgaruvchan, chuqur mazmunli munosabatlardan xushlamaydi. U bilan extiyotkor bo‘lib suhbatlashish zarur. Birinchi navbatda o‘zini extiyojlarini kondirishga urinadi

4

Bu rakamdagi shaxslar qobiliyatli, aqlli, extiyotkor, mehnatkash, qaltis ishlardan yiroqda yurishni afzal biladiganqshaxslar. Ular o‘z rejalari, g‘oyalari bilan yuradilar. Boshqalarning yordamisiz hamma narsani hal etishni istaydilar. Ko‘pincha ularning hamma narsani o‘z qarichi bilan o‘lchashi kelishmovchiliklarga olib keladi. Oilasini ko‘z korachig‘idek asrashadi va qadrlashadi. Bu rakamdagilarda kamdan kam romantik shaxslar uchraydi..

Yigitlar: Ular yaqinlari va oilasiga juda bog‘langan. Oilasining qadriyatlarini va an’analarini davom ettirishni o‘z zimmasida deb o‘ylaydi. Hayotlarining moddiy tarafini oshirish tashvishi bilan yurishadi. Reja asosida yuritadigan hayotini o‘zgartirishni istashmaydi.

Kizlar: Realist, hamma narsada aql bilan ish yuritadi. Oilasiga juda bog‘langan. Munosabatlarda aniqlik va ishonchlilikni istaydi. Isrofgarchilikni yomon ko‘radi hamda pulni behuda sarflamaydi, ammo sifatli va yaxshi narsaga pulni ayamaydi. Harakteridagi injiqliklar, o‘jarliklar tufayli mayda narsalar ustidan ham kelishmovchiliklarni namoyish etadi.

5

Optimist, farosatli, dilkash insonlardir. Hamma narsaga qiziqishi tufayli sarguzashtlarni yoqtiradi. Harakterlarida hissiyot yetakchilik qiladi. Tadbir va do‘stlar davrasini sevishadi, ba’zan kutilmagan xatti-harakati bilan atrofdagilarni hayron qoldirishni yaxshi ko‘rishadi, o‘zgarishlar yangiliklarni yaxshi ko‘rishadi. Ular mexribon, ko‘ngilli, ammo doimo achchig‘i burni ustida turadi. Bu toifadagi insonlarni haqiqiy kulog‘i bilan sevadigan odamlar deyish mumkin.

Yigitlar: O‘ziga ishongan, juda aqlli, hissiyotli, adolatparvar, romantik shaxslar. Hech qachon maqsadidan ortga chekinmaydigan, xurmattalabdir. Yomon tarafi – dangasalik va o‘ziga talabchan bo‘lmasligi bo‘lishi mumkin. Yolg‘izlikni yomon ko‘radi..

Kizlar: Hissiyotli, ko‘ngli bo‘sh, kayfiyati o‘zgaruvchan, o‘ychan va oqko‘ngildir. Shuningdek, ularda parishonxotirlik kuchli. Siz bilan gaplashib turgan chog‘ ko‘zlariga boqsangiz xayollari qayoqlardadir uchib yurganini ko‘rasiz. Doimo birovlardan maslahat so‘raydida, baribir o‘z bilganini qiladi. Lekin ko‘pincha ularning qarorlari to‘g‘ri chiqadi.

6

Bu raqamdagi shaxslar ishonchli, samimiy, to‘g‘riso‘zdir. Atrofdagilarda o‘zlariga nisbatan hurmat kozonishni, e’tibor karatishni juda istashadi. Do‘stlari orasida bir-birini tushunish, qadrlashni saqlab ularning hayotini yaxshilashga xarakat qilishadi. Yaxshi did sohiblari, odamlar bilan tez chiqishib, kelishib ketishadi. Unchalik harakatchan emaslar, Ularning qiziqishi ko‘pincha oila va uy bilan bog‘liq bo‘lib, oilaviy sokinlikni istashadi.

Yigitlar: Mehnatkash, doimo barqaror munosabatlarga intiladi. Ko‘ngli nozik, olishdan ko‘ra berishni ma’qul ko‘radi. Onasiga juda bog‘langan, oila va uy u uchun eng asosiysi, salga arazlaydi, tankidni esa ko‘tarolmay qattiq xafa bo‘ladi. Sevgi bobida ular butun borlig‘i bilan, ammo mantivni surib sevishadi.

Kizlar: Hayotning har qanday sinovini boshini mag‘rur tutib yenga oladi. Yuzaki qaraganingizda juda sovuq, og‘ir-bosiq, ajralib yurishni ma’kul ko‘radigandek ko‘rinsada, aslida, bu kattiq qobiq ostida ko‘ngli nozik, hissiyotli inson yashiringan. Ular yoshligida soda, samimiy, tortinchoq bo‘lishadi. Yoshi ulg‘aygan sari ko‘p fikrlaydigan, faqat aql bilan ish tutadigan bo‘lishadi.

7

Bu raqam bilim va sirlar ramzidir. Bunday insonlar shoirtabiat bo‘lishadi, faqat ozgina g‘alatiliklar bilan birga, faraz dunyosiga boy, akllidirlar. Bu raqam ostida buyuk bastakor, san’atkor, shoir, olim, faylasuflar tug‘ilgan. Ularning ilhomi yolg‘izlikni talab etadi. Ularni tushunish qiyin bo‘lishi mumkin. Ammo, yaqindan bilganingiz sari ichki dunyosi qanchalar boy ekanligiga guvoh bo‘lasiz.

Yigitlar: Bu rakamdagi kishilarni ichki kuchi hamda hayotga va muhabbatga jiddiy qarashi ularni sovuq va hissiyotsiz ko‘rsatishi mumkin. Ko‘pincha faqat o‘zini o‘ylashadi-yu, ammo muhabbatni xis etishlari bilan yumshoq va hissiyotli insonga aylanishadi. Kutilmagan sovg‘alarni yoktirishmaydi. O‘zlarining xayollarida yaratgan ideal parini uchratsalar, tanishishga botinolmasliklari mumkin.

Kizlar: Ular bunga intilishmasa ham odamni tez o‘zlariga rom etishlari mumkin. Chuqur ma’noli va kuchli muhabbatni orzu qilishadi. Ularni oddiy gap otish bilan umuman o‘zingizga qaratolmaysiz. Erkinlikni afzal ko‘radi. Ba’zan ideal insonlari haqidagi orzu-xayollari haqiqatni ko‘rishga to‘sqinlik qilishi mumkin. Orzuga beriluvchan shaxs hisoblanib, hayotda ham shunga ko‘ra yashaydi.8

Bu eng qiyin va tushunarsiz rakam. Ularni bir tarafdan mijoz raqami 4 bo‘lgan shaxslarga o‘xshatish mumkin, yana bir tarafdan boshqalarga o‘xshamaydigan fe’l-atvor sohiblari deyish mumkin. shuningdek, bu raqam ishbilarmonlik, tadbirkorlik, hayotning har sohasida qo‘rqmaslikni ifodalaydi. O‘z maqsadlarida yo‘lida hech kimni, xatto o‘zlarini ham ayashmaydi. Raqobatni juda yaxshi ko‘rishadi. Ular kuchli irodalari bilan yagonadirlar. Oila uchun hamma narsani qurbon etishga tayyorlar.

Yigitlar: Erkin, o‘ziga ishongan, kuchli irodali shaxslar. Odatda ular bir narsaga juda bog‘lanib qolishni yomon ko‘radi. O‘z maksadlariga erishmaguncha qo‘ymaydi. U negadir ular mexr-muhabbatga va e’tiborga muxtoj, ammo o‘zi buni tan olmaydi.

Kizlar: Qiziqqon, irodali, kuchli shaxs. Yuzaki sovuq ko‘rinsada, aslida nozik ko‘ngil va go‘zal qalb sohibasi. Muhabbatda xudbinlik qilmaydi. Ammo hayotda buni hamma sohada yaqqol namoyon etadi. Unga qarab “Sevgi va nafrat orasida bir qadam” deyish mumkin. Aytilmagan kechinmalar uni azoblaydi. Ajablanarlisi, o‘ziga qiyinchiliklar tug‘dirishni yoqtiradi.

9

Bu raqam o‘tkir bilim, kuchli shaxslarni ifodalaydi.bu toifo insonlarni san’at hamda ijod sohasida omadlari yurishadi. Ijodkorlik, yaratuvchanlik qobilyatlari, ishbilarmonliklari harbiy sohadan ko‘ra ijod va san’at sohasida omadli kechadi. Sevgi bobida esa yagonadirlar. Sevgisi uchun ko‘p narsani qurbon etishga tayyor.

Yigitlar: Bu raqamdagi shaxslar ko‘p narsani biladi va bilishga intiladi. Ular bilan falsafa, dunyo bilimlari haqida dildan suhbat qursangiz orangizdagi munosabatlar yana ham yaqinroq va uzoq davom etishini ta’minlaysiz. Ular hayotda o‘z yo‘lini topgan, o‘zini namoyon eta oladigan shaxslarga intilishadi. Sevgi bobida sevgini yuragidan ko‘ra ko‘proq aqlida, hayolot dunyosida mo‘jizakor tuyadi. Ulardagi asosiy kamchilik real hayotdan ajralib yurishga intilishlaridir.

Qizlar: Ular doimo o‘z fikrlari, g‘oyalari bilan yuradi. Ko‘p aql o‘rgatadi va bilimini namoyish etishga ko‘p harakat qiladi. Galereya, teatr, tadbir va kechalarni juda yaxshi ko‘radi. O‘ziga yaxshi e’tibor beradi. Manmanlik, xudbinlik kabi xislatlardan nafratlanadi.

Internet materiallari asosida tayyorlandi.
Категория: Psixologik testlar | Просмотров: 305 | Добавил: ADMIN1 | Рейтинг: 0.0/0
Всего комментариев: 0
avatar