Главная » 2016 » Ноябрь » 6 » FIFA 2016 yilning eng yaxshi o‘yinchisi mukofotiga nomzodlarni e’lon qildi
07:19
FIFA 2016 yilning eng yaxshi o‘yinchisi mukofotiga nomzodlarni e’lon qildi
Xalqaro futbol federatsiyasi 2016 yilning “Eng yaxshi erkak futbolchisi” nomiga da’vogarlik qilayotgan nomzodlar ro‘yxatini e’lon qildi. Ro‘yhatdan 23 nafar futbolchi o‘rin olgan, deya xabar bermoqda “Championat.com” sayti.

Ro‘yhatdan joy olgan futbolchilar:

Serxio Aguero – “Manchester Siti”
Garet Beyl – “Real Madrid”
Janluiji Buffon – “Yuventus”
Kevin De Bryoyne – “Manchester Siti”
Antuan Grizmann – “Atletiko”
Zlatan Ibragimovich – “Manchester Yunayted”
Andres Inesta – “Barselona”
N'Golo Kante – “Chelsi”
Toni Kroos – “Real Madrid”
Robert Levandovski – “Bavariya”
Riyad Marez – “Lester Siti”
Lionel Messi – “Barselona”
Luka Modrich – “Real Madrid”
Manuel Noyer – “Bavariya”
Neymar – “Barselona”
Mesut O‘zil – “Arsenal”
Dimitriy Payet – “Vest Xem”
Pol Pogba – “Manchester Yunayted”
Serxio Ramos – “Real”
Krishtianu Ronaldu – “Real Madrid”
Aleksis Sanches – “Arsenal”
Luis Suares – “Barselona”
Jeymi Vardi – “Lester Siti”

Ovoz berish jarayoni 4 noyabrdan start olgan bo‘lsa, 22 noyabrga qadar davom etadi. Eng yaxshi o‘yinchi aralash ovoz berish orqali aniqlanadi. 50 foiz ovoz murabbiylar va sardorlardan qabul qilinsa, yana 50 foiz ovoz muxlislardan qabul qilinadi. 2 dekabr kuni mukofotga nomzodlarning eng yaxshi 3 nafari aniqlanadi, g‘olib esa 2017 yilning 9 yanvar kuni ma’lum bo‘ladi.

Durdona Rasulova

Manba: "qalampir.uz"
Категория: Sport yangiliklari | Просмотров: 161 | Добавил: ADMIN1 | Рейтинг: 0.0/0
Всего комментариев: 0
avatar