Главная » 2016 » Ноябрь » 6 » Samsung qariyb 3 mln xavfli kir yuvish mashinalarini qaytarib oladi
06:29
Samsung qariyb 3 mln xavfli kir yuvish mashinalarini qaytarib oladi
Janubiy Koreyaning Samsung Electronics kompaniyasi 4-noyabr, juma kuni AQShda 2,8 millionta kir yuvish mashinasini qaytarib olishi haqida e’lon qildi, deb yozadi “RBK” Amerika iste’molchilik mahsulotlari xavfsizligi komissiyasiga tayanib.

Foto: Reuters
Tepa qismidan yuklanadigan kir yuvish mashinalarining 34 ta modeli qaytarib olinadi. Ushbu mashinalardan foydalanish chog‘ida tepa qismi kutilmaganda ochilib ketishi va shikast yetkazishi mumkin.

Kompaniyaga avvalroq ushbu kir yuvish mashinalari yuzasidan to‘qqizta shikoyat kelib tushgan. Ulardan birida singan jag‘, boshqasida shikastlangan yelka haqida so‘z borgan. Umumiy hisobda kompaniyaga mashinalarning o‘ta yuqori vibratsiyasi va tepa qopqog‘i ajralib ketishi haqida 733 ta murojaat kelib tushgan.

2011-yilning martidan 2016-yilning noyabrigacha ishlab chiqarilgan kir yuvish mashinalari qaytarib olinadi
Manba daryo.uz
Категория: Tehnologiyalar | Просмотров: 178 | Добавил: ADMIN1 | Рейтинг: 0.0/0
Всего комментариев: 0
avatar