Главная » 2016 » Октябрь » 30 » “Real” Garet Beyl bilan shartnomani uzaytirdi
22:03
“Real” Garet Beyl bilan shartnomani uzaytirdi
Madridning “Real” jamoasi uelslik yarim himoyachi Garet Beyl bilan shartnoma uzaytirilganini e’lon qildi. Bu haqda “Sportbox.ru” xabar bermoqda.

Yangi shartnoma 2022-yilning 30-iyuniga qadar mo‘ljallangan. 31-oktabr kuni maxsus matbuot anjumani o‘tkazilib, unda Beyl va “Real” rahbarlari jurnalistlarning savollariga javob beradi.

27 yoshli futbolchining oldingi shartnomasi 2019-yilning iyunida yakunlanishi kerak edi.
Manba: daryo.uz
Категория: Sport yangiliklari | Просмотров: 187 | Добавил: ADMIN1 | Теги: vodiycha.ru | Рейтинг: 0.0/0
Всего комментариев: 0
avatar