Главная » 2016 » Октябрь » 31
Olimlar 2030 yilda Er aholisini kichik muzlik davri kutayotgani haqida ma`lum qilishdi.

Bunday tahminni britaniyalik Nortumbriya universiteti mutaxassislari aytishdi.

Ularning ma`lumotlariga ko`ra, so`nggi vaqtda Quyosh faolligi pasaygan. Ular hisob-kitob qilishdi, ular asosida 2020 yilda Quyosh faolligining 24-faollik davri yakunlanadi va uning o`rniga sokinlik davri boshlanib, u muzlik davri deb ataladi.

Bunday hodisa bilan Erliklar 17 asr o`rtalari 18 asr boshlarida to`qnashgan.

O`sha davrda sayyoramiz harorati 1,3 darajaga tushgan, bu esa katta hosil yo`qolishiga va ocharchilikka olib kelgan. Yangi muzlik davri qanchalik davomli bo`lishi hozircha noma`lum.
Manba: Darakchi.uz
Категория: Dunyo yangiliklari | Просмотров: 153 | Добавил: ADMIN1 | Дата: 31.10.2016 | Комментарии (0)

Italiyaning markaziy qismida kecha, chorshanba kuni kechqurun 5, 4 magnitudali ilk zilzila ro`y bergan bersa, tuni bilan ularning soni 70 taga etdi, deb xabar berdi “Vesti.ru” nashri.

Italiya Milliy geofizika va vulkanologiya institutining bergan ma`lumotiga ko`ra, zilzila epimarkazi Macherat viloyatida, 9 kilometr chuqurlikda bo`lgan. Italiyaning to`rtta — Umbriya, Lasio, Marke va Abrusso viloyatlarida, Rim, Florensiya, Akvil, Perudja shaharlarda zilzila kuchli sezilgan.

Italiya aholisi uylarini tark etib, tunni avtomashinalarda o`tkazgan. Visso, Ussita, Kastelanjelo-sul-Nera, Kamerino, Akuasanta Terme va Fabriano aholi punktlari jiddiy talofot ko`rgan
Manba: Darakchi.uz
Категория: Dunyo yangiliklari | Просмотров: 161 | Добавил: ADMIN1 | Дата: 31.10.2016 | Комментарии (0)

Ularni eslab qoling!

1. Ustingizda hukmronlik qiluvchilar. Bu odamlar hukmini o’tkazish sohasida mutaxassislar. Hukmronlik qilishni yaxshi ko’radigan odamlar sizni nozik joylaringizni bilishadi va o’zlariga kerak bo’lgan vaqtda o’sha joyga teginadilar.

Xavfliligi: Bu odamlar bilan bo’layotgan suhbat o’zingizga bo’lgan ishonchingizni pasaytirishi mumkin. Ular siz qilishni istamayotgan ishlarni qilishingizga majburlab — shaxsiyatingizga tegishi mumkin. Siz u odamlarning qoidalari bo’yicha yashay boshlashingiz mumkin.

2. Dimog’dorlar. Bunday odamlar dunyo ularning barmoqlari atrofida aylanishiga o’rganib qolganlar. Ular hukmini o’tkazuvchilarga o’xshab ayyor emas ammo odamlarni ishlatishni istashadi.

Xavfliligi: Ular o’zlari va o’zlarining istaklariga yo’nalganlar. Sizning xohishlaringizning ularga qizig’i yo’q. Ular sizni ishlatishadi — va buni normal holat deb bilishadi, hamma ular uchun jon kuydirishi kerak deb o’ylashadi.

... Читать дальше »
Категория: Foydali maslahatlar | Просмотров: 256 | Добавил: ADMIN1 | Дата: 31.10.2016 | Комментарии (0)