Главная » 2016 » Октябрь » 21
Grechixa – temir moddasiga boyligi bilan boshoqli o`simliklar orasida chempion hisoblanadi. Tarkibidagi kalsiy, kaliy, fosfor, yod, sink, ftor, vitamin V1, V2, foliy kislotasi, RR va vitamin E ayollar organizmi uchun g`oyat foydalidir. Quyida grechixaning foydali xususiyatlari haqida tanishtiramiz.



Grechixadagi uglevodlar sekin so`rilishi hisobiga to`qlik hissini paydo qiladi. Parhez tutishni reja qilgan ayollar kechki ovqatga grechixadan taom iste`mol qilishlari mumkin.
Qandli diabet bilan og`rigan bemorlar uchun ham grechixa juda foydali ozuqa hisoblanadi. Ayniqsa, qatiqqa aralashtirilganini kunora iste`mol qilish qonda qand miqdorini pastlatishga yordam beradi.
Nonushataga grechixani sutga aralashtirib, bo`tqa tayyorlang. Bu egulik yurak va jigarga foydali bo`lib, organizmdan ortiqcha xolesterin chiqishini faollashtiradi.
Kamqonlikni davolashda 100 gr grechixani blenderda maydalab, talqon qiling. So`ng bir kunda 3 mahal yarim piyola sut ... Читать дальше »
Категория: Pazandalik sirlari | Просмотров: 246 | Добавил: ziyo_music | Дата: 21.10.2016 | Комментарии (0)

Ma`lumotlarga ko`ra, er yuzi aholisining besh foizi o`t pufagida tosh “ko`tarib” yurar ekan. Shunisi qiziqki, mazkur a`zo faoliyati bilan bog`liq xastaliklar erkaklarga qaraganda ayollarda ikki-uch baravar ko`proq kuzatiladi. Xo`sh, buning sababi nimada? O`t pufagi yallig`lanishi, tosh yig`ilishi, o`t dimlanishi, “qurt” paydo bo`lishi kabi sindromlar qanday yuzaga keladi?

Mavzu yuzasidan Respublika ixtisoslashtirilgan terapiya va tibbiy reabilitasiya ilmiy amaliy tibbiyot markazining bo`lim boshlig`i, gastroenterolog shifokor Elnora Do`stmuhamedova ma`lumot beradi.

U qanday a`zo?

Organizmda o`t yig`iladigan a`zo o`t pufagi, deb atalib, unda taxminan 50-80 ml. o`t va safro suyuqligi bor. Ushbu a`zodagi o`t jigar hujayralari ajratadigan sarg`ish suyuqlikdan tarkib topgan bo`lib, yog`simon moddalar hazm bo`lishi va so`rilishi uchun zarur. Jigarning to`xtovsiz o`t ajratishi organizmda kechuvchi tabiiy jarayondir. Agar ovqat hazm qilishda muammo bo`lma ... Читать дальше »
Категория: Salomatlik sirlari | Просмотров: 408 | Добавил: ziyo_music | Дата: 21.10.2016 | Комментарии (0)

Shamollash va tumovga qarshi samarali malham sanalmish shifobaxsh piyoz ayollarning go`zallikka daxldor muolajalarida ham benazir vosita bo`la oladi.



So`gal va piyoz

So`galdan xalos bo`lish uchun piyoz po`stidan tayyorlangan malhamni surtish kerak. Ya`ni piyoz po`stini yaxshilab maydalagach, uni 3:1 nisbatda eritilgan qo`y yog`i bilan aralashtirish lozim. Agar hayvon yog`ini qo`llashni istamasangiz, dorixona vazelini yoki istalgan yog`li kremdan foydalanishingiz mumkin. Ushbu malhamni kuniga bir bor uyqudan avval so`gal ustidan surtasiz va doringizni sovutgichda saqlaysiz.



Darmondorilar xazinasi

Organizmning umumiy holatini yaxshilash uchun 1 piyola piyoz po`stini 1 litr qaynagan suvda 20 daqiqa damlab, kuniga 3 – 4 marta ichib turing.
Darmonsizlikni bartaraf etishda piyoz po`sti va foydali mevalardan tayorlangan damlama juda qo`l keladi. Bunday shifobaxsh ichimlikni tayyorlash uchun 2 osh qoshiq mayda ... Читать дальше »
Категория: Qziiqarli malumotlar | Просмотров: 313 | Добавил: ziyo_music | Дата: 21.10.2016 | Комментарии (0)

Bolakay uyqusida xurrak otayotgani sezib qolsak, “ha, otasining bolasi-da” deb, miyig`imizda kulib qo`yamiz. Ammo bir qarashda beozor ko`ringan bu holat bolaning ham jismoniy, ham ruhiy rivojlanishiga salbiy ta`sir ko`rsatishi mumkin. Bolakayning xurragiga quyidagi 8 belgi hamrohlik qilsa bilingki, otolarengolog yoki pediatr shifokorga murojaat qilishga asos bor.



Uyquda qattiq terlash. Bu simpotik nerv tizimining haddan ortiq faol ishlashi tufayli kislorod etishmovchiligini keltirib chiqaradi. Burun orqali etarli kislorod ololmagan organizm teri orqali nafas olishga harakat qiladi. Shu sababdan bola kuchli terlaydi.
Bola nafas olganida ko`krak qafasi botib qolishi. Bu ham organizmning nafas olishga bo`lgan intilishi natijasi bo`lib, xurrak bartaraf etilgach, o`tib ketadi.
Bolaning noqulay yotib qolishi. Ba`zida kichkintoy bo`ynini haddan ortiq cho`zib uxlaydi. Chunki bu holat nafas yo`llarining ochilishiga ko`maklashadi.
Bosh og`rig`i. Aga ... Читать дальше »
Категория: Foydali maslahatlar | Просмотров: 205 | Добавил: ziyo_music | Дата: 21.10.2016 | Комментарии (0)

Teridagi qavariq, tilingan joy va hasharotlar chaqqani tufayli yuzaga kelgan qichishishni qoldiradi.
Teri kuygandagi og`riqni pasaytiradi.
Yuzdagi husnbuzarlar, yallig`lanishlardan qolgan dog`lar ustiga surtsangiz, ulardan tezroq xalos bo`lasiz.
Tirnoqlarini tish yuvish pastasini bilan artsangiz, yaltirab turadi.
Sochlarni silliqlaydi. Geliy tish yuvish pastasini nam sochlarga surtib, 3-5 daqiqadan so`ng yuvish kerak.
Sarimsoqpiyoz, baliq go`shti, piyoz hididan qo`llaringizni xalos etadi.
Kiyim va gilamdagi dog`larni ketkazishda ham asqotadi.
Kirlangan oyoq kiiymni artsangiz, yaltiraydi.
Kumush taqinchoqlarni tozalash uchun yaxshi vosita.
Bolalarni ovqatlantirish va suyuqlik ichirish uchun mo`ljallangan idishlarin tish pastali suvda chaysangiz, noxush hiddan asar ham qolmaydi.
Категория: Qziiqarli malumotlar | Просмотров: 209 | Добавил: ziyo_music | Дата: 21.10.2016 | Комментарии (0)

Vaziyat homiladorlikning kesarcha kesish bilan yakunlanishini taqozo qilgan ekan, tushkunlikka tushmang. Muhimi, farzandingiz bag`ringizda. Endilikda ardog`ingizdagi go`dak tinimsiz parvarish va e`tiborga muhtoj. Buning uddasidan chiqishingiz uchun operasiyadan keyin to`laqonli tiklanishingiz kerak. Shifokorning barcha tavsiyalariga amalga kilgandagina tiklanish jarayoni tez va asoratsiz kechadi.

1. OPERASIYaDAN KEYINGI MUOLAJA

Jarrohlik amaliyotidan so`ng oyoqqa qancha tez tursangiz, tiklanish jarayoni shuncha samarali kechadi. Chunki har qanday operasiyadan so`ng tomirlarda tromb hosil bo`lish xavfi tug`iladi. Bu ayniqsa 35 yoshdan keyin tug`adigan ayollarga tegishli. Aynan shuning oldini olish uchun shifokorlar operasiyadan keyin uzoq yotmaslikni, o`zini zo`riqtirmagan holda harakatda bo`lishni uqtirishadi. Shunday ekan, operasiya kunining ertasigayoq o`rningizdan turishga harakat qiling.

2. O`RINDAN TO`G`RI TURIShGA O`RGANING

Buni ... Читать дальше »
Категория: Qziiqarli malumotlar | Просмотров: 270 | Добавил: ziyo_music | Дата: 21.10.2016 | Комментарии (0)