Главная » 2016 » Октябрь » 30
Madridning “Real” jamoasi uelslik yarim himoyachi Garet Beyl bilan shartnoma uzaytirilganini e’lon qildi. Bu haqda “Sportbox.ru” xabar bermoqda.

Yangi shartnoma 2022-yilning 30-iyuniga qadar mo‘ljallangan. 31-oktabr kuni maxsus matbuot anjumani o‘tkazilib, unda Beyl va “Real” rahbarlari jurnalistlarning savollariga javob beradi.

27 yoshli futbolchining oldingi shartnomasi 2019-yilning iyunida yakunlanishi kerak edi.
Manba: daryo.uz
Категория: Sport yangiliklari | Просмотров: 186 | Добавил: ADMIN1 | Дата: 30.10.2016 | Комментарии (0)

Kamqonlik, qondagi gemoglobin miqdorining tushib ketishi natijasida organizmga kislorod etkazib berish qiyinlashadi. Bu esa jismoniy quvvat kamayib ketishiga olib keladi. Shu bilan birga, kamqonlikda yurakda shovqin, umumiy holsizlik, immunitet pasayib ketishi kuzatiladi. Gemoglobin miqdori tushib ketishi yoshu qarida birdek kuzatiladi.

1. Bir stakandan yong`oq va grechixa yormasini maydalab ezib, bir stakan asalga aralashtiriladi. Kamqonlikda aralashmadan kuniga ikki mahal 1 osh qoshiqdan eyish kerak.

2. Bir stakan quritilgan olxo`ri, turshak, yong`oq, mayizni maydalab, 1 stakan asal qo`shiladi. 1-2 dona limonni po`stlog`i bilan birga qiymalagichdan o`tkazib, aralashtiriladi. Kuniga 1-3 mahal iste`mol qilish lozim. Muolaja davomiyligi: 10-12 kun.

3. Sabzi, lavlagi, sholg`om sharbatidan yarim stakandan chiqarib, aralashtiriladi. Shishaga solib, muzlatkichga qo`yish kerak. Kuniga 3-4 mahal ovqatlanishdan avval 2 osh qoshiqdan ichiladi. Muolaja davo ... Читать дальше »
Категория: Salomatlik sirlari | Просмотров: 885 | Добавил: ADMIN1 | Дата: 30.10.2016 | Комментарии (0)