Главная » 2016 » Ноябрь » 7 » 2 Amerikalik mashhur bokschi kichik Floyd Meyvezer ringga qaytishni rejalashtirmoqda
19:38
2 Amerikalik mashhur bokschi kichik Floyd Meyvezer ringga qaytishni rejalashtirmoqda
Amerikalik mashhur bokschi kichik Floyd Meyvezer faoliyatini qayta tiklashi haqiqatga yaqin ekanligini ma’lum qildi, deb xabar bermoqda “Olamsport”.

“Otam qachon boksga qaytishimni so‘radi. Shuni aytishim kerak, boks eshiklari men uchun hamisha ochiq. Bu 100 foiz aniq. Lekin hozircha qaror qabul qilishimda meni aynan qanday holat yoki kim ruhlantira olishini bilmayman”, – dedi Meyvezer.

Kichik Floyd Meyvezer ringga qaytgan holatda ham uning raqibi katta ehtimol bilan filippinlik yana bir mashhur bokschi, faolyatini qayta tiklab, WBO versiyasi bo‘yicha jahon chempionligi uchun jangda amerikalik Jessi Vargasni mag‘lubiyatga uchratgan Menni Pakyao bo‘ladi.

Sky Sports nashrining ma’lum qilishicha, kichik Floyd Meyvezer Menni Pakyaoning Las-Vegasda o‘tkazilgan jangini zaldan turib tomosha qilgan.

Eslatib o‘tamiz, avgust oyida Meyvezer mashg‘ulotlarga qaytgani va bu uning bokschilik faoliyatini yangilashi mumkinligi haqidagi xabarlarning paydo bo‘lishiga majbur qilgani xabar qilingandi.

Ma’lumot uchun, 2015-yilda faoliyatini yakunlagan sobiq sportchi professional ringda 49 ta jang o‘tkazib, barchasida (26 tasida nokaut bilan) g‘alaba qozongan.
Категория: Sport yangiliklari | Просмотров: 140 | Добавил: ADMIN1 | Рейтинг: 0.0/0
Всего комментариев: 0
avatar