Главная » 2016 » Декабрь » 02
Biz ayollar tashqi ko`rinishimizdan kamchilik topishga usta bo`lamiz. Kipriklarim kalta, lablarim etarlicha qizilmas... Yuzdagi tuklar ham mana shunday kompsleklarimiz sirasiga kiradi. Hatto, ko`pchilik ularni terdirish kerak degan qarorga kelib, terining tabiiy himoya qatlamidan xalos bo`lishga qat`iy kirishganlar. Biz esa o`ylanib qoldik, yuzdagi tuklar aslida ham shu qadar katta muammomi? Bu haqda kosmetolog Mahbuba MAMANOVA ma`lumot beradi.

«VOY, SOQOLGA AYLANADIMI?»

Aslida, har bir insonning terisini mayda, ko`z ilg`amas tukchalar qoplab olgan. Yuz ham bundan mustasno emas. Ular yuzning nozik terisini chang, quyosh nurlari kabi tashqi ta`sirlardan himoyalab turadi. Ammo buni tushunmagan ko`pchilik ayollar o`z himoyachilariga «xujum»ga o`tadilar. Chunki, bu qarorlari teriga ziyon etkazishi mumkinligi haqida o`ylamaydilar. Qanday qilib deysizmi? Hammasi oddiy, muntazam ravishda yuzdagi tuklarni terish teri ostidagi keratin qavatiga ziyon etkazadi. Natijada ... Читать дальше »
Категория: Foydali maslahatlar | Просмотров: 494 | Добавил: ADMIN1 | Дата: 02.12.2016 | Комментарии (0)

Tabiat ayolga husn deb atalmish bebaho sovg`a in`om etgan. Biz, ayollardan faqatgina tabiatning mana shu tuhfasini sayqallab, uni yillar davomida avaylab saqlash talab etiladi. Tashqi ko`rinishimizdagi ko`nglimiz to`lmagan jihatlarni esa tuzatishning imkoni mavjud. Buning uchun ozgina qunt qilsak bo`lgani!

Bodom qovoq – go`zallik belgisi
Sharq xalqlarida azal-azaldan bodom qovoq qizlar jozibador sanalgan. Yoshlikda betakror ko`rinadigan bodom qovoqlar 35 yoshdan so`ng ulg`aygani sari salqib, haqiqiy muammoga aylanishi turgan gap. Shu sababdan aksariyat ayollar undan xalos bo`lish yo`llarini izlay boshlaydi. Muammoga echim topish maqsadida eng soddasidan tortib tig` ostigacha bo`lgan barcha usullarni ko`rib chiqish tavsiya etiladi.

Unutmang, bodom qovoqlik ko`p hollarda nasldan naslga o`tishi ham mumkin. Tashqi ko`rinishdagi bu ajralib turuvchi belgi yosh ulg`aygani sari o`z sohibasiga biroz noqulaylik tug`diradi. Salqigan qovoqlar chehrani charchagan va ... Читать дальше »
Категория: Foydali maslahatlar | Просмотров: 346 | Добавил: ADMIN1 | Дата: 02.12.2016 | Комментарии (0)

Biz ko`pchilik aktrisalarning o`z yoshidan 10-20 yoshga yosh ko`rinishidan hayratga tushamiz. Ba`zi yulduzlar esa sira qarimaydigandek ko`rinadi. Ularning sirini bilishni istaysizmi? Yosh ko`rinish sabablariga to`qqiz misol.

1. Tabassum - bu ko`pchilik ayollarning ishonchli «quroli». Ko`pchilik aktrisalarning ta`kidlashicha, ularning latofatining siri plastik operasiyalarda emas, balki ajoyib tabassumida. Haqiqatan ham tabassum mayda ajinlarni tekislaydi, chehrani yashnatadi, ko`zlar porlab turadi va har qanday kosmetikadan afzal.

2. Kelishgan qad-qomat - Juliya Roberts va Endi Makduellning asosiy go`zallik siri. Chiroyli qomat kishini 10, hatto 20 yilga yosh ko`rsatadi.

3. Nasl. Rene Russoga yosh ko`rinish nasldan o`tgan. Shuning uchun u yoshligidan onasining yuziga qarab 40 yoshdan keyin unda qanday muammolar paydo bo`lishi mumkinligini aniqlab borgan va shunga qarab parvarishni yo`lga qo`ygan ekan.

4. Fitnes. Qad-qomatingiz kelishg ... Читать дальше »
Категория: Foydali maslahatlar | Просмотров: 399 | Добавил: ADMIN1 | Дата: 02.12.2016 | Комментарии (0)

PISTA ChAQASIZMI?

Sizga «pashshadan fil yasash» iborasi to`g`ri keladi. Chunki kichik muammolarni ham kattalashtirib yuboradigan odatingiz bor. Ustiga-ustak vahimachisiz. Jahlingizni jilovlashni o`rgansangiz, asabingiz ham taranglashmaydi.

YoNG`OQLARNI YoQTIRASIZMI?

Ko`zlagan maqsadingiz yo`lida har qanday to`siqni engib o`tolasiz. Ammo ba`zi paytlari qat`iyyatsizlik kayfiyati yuzaga keladi. Rejalaringizni aniqlashtirib, so`ng amalga oshirishga kirishsangiz, marra sizniki!

ChIPS, TUZLI PEChENELAR

Juda g`ayratlisiz. Bir sutkalik uyqingizdan voz kechasiz-u, ammo zimmangizga yuklatilgan vazifani aytilgan muddatda bajarasiz. Shunga ham atrofingizdagilarning ishonchini qozongansiz. hammasi yaxshiku-ya, biroq sog`lig`ingizni ham unutib qo`ymang-da.

ShIRINLIKLARGA NIMA DEYSIZ?

Kirishimli insonsiz. Notanish davralarda ham o`zingiz uchun suhbatdosh topolasiz. Tashqi taraflama muloyim ko`ringaningiz bilan ... Читать дальше »
Категория: Foydali maslahatlar | Просмотров: 205 | Добавил: ADMIN1 | Дата: 02.12.2016 | Комментарии (0)