Главная » 2017 » Июнь » 16
Bir hafta avval Ostonaga tashrif buyurgan mashhur aktyor Jeki Chan lyuks avtomobildan voz kechdi va hech qanday rayder (artist, musiqachi yoki ijodiy kollektiv tadbir tashkilotchilariga qo‘yadigan talablar va shartlar ro‘yxati)ni qo‘ymadi, deb yozadi Kazakhstan Today.

“Shunisi hayratlanarliki, uning Ostonaga tashrifi bizga hech qanday xarajatlarni yuklamadi! U o‘z samolyotida do‘stlari bilan uchib keldi, hech kim unga gonorar to‘lamadi, u rayderlarni qo‘ymadi. Hatto lyuks avtomobilda kutib olishdan bosh tortdi va shunchaki do‘stlari bilan shahar bo‘ylab harakatlanish uchun oddiy miniven so‘radi. Ostonadagi mahalliy restoratorlar o‘z kumirini qabul qilishdan shunchalik xursand ediki, hatto kechki ovqat uchun biz hech narsa to‘lamadik”, — deb yozdi “Qozog‘iston” telekompaniyasi boshqaruv raisi Yerlan Karin.

Uning so‘zlariga ko‘ra, taniqli aktyor Qozog‘istonda 1—2 kun mehmon bo‘lishi rejalashtirilgan, ammo tig‘iz grafik tufayli bor-yo‘g‘i yarim kun bo‘lgan.
... Читать дальше »
Категория: Dunyo yangiliklari | Просмотров: 174 | Добавил: Administrator | Дата: 16.06.2017 | Комментарии (0)

O‘zbekiston Respublikasi Bosh prokurorining 2017-yil 15-iyundagi buyrug‘iga muvofiq adliya maslahatchisi Ravshan Masharipov Sirdaryo viloyat prokurori etib tayinlandi. Bu haqda Bosh prokuratura matbuot xizmati ma’lum qildi.

Ravshan Masharipov ushbu lavozimga 5 yil muddatga tayinlandi va mazkur prokuratura hay’ati raisi etib tasdiqlandi.
Категория: Yurtimiz yangiliklari | Просмотров: 150 | Добавил: Administrator | Дата: 16.06.2017 | Комментарии (0)