Главная » 2017 » Июнь » 17
AQShning Los-Anjeles shahri marhum aktyor Adam Uest xotirasiga vaqtinchalik Betmen istiqomat qilgan o‘ylab topilgan Gotem shahriga aylantirildi. Bu haqda, AP’ga asoslanib, “Gazeta.ru” xabar bermoqda.

Shaharda Betmendan yordam talab qilinganda beriladigan belgi — bet-signal yoqildi. DC Comics olamida bet-signal bulutlarda ko‘rshapalak tasvirini aks ettiradigan projektor nuridan iborat.

Marosimda Los-Anjeles meri Erik Garsetti va shahar politsiyasi boshlig‘i Charli Bek ishtirok etdi. Uestning xotirasiga hurmat bajo keltirish uchun yuzlab muxlislar to‘plandi. Ularning barchasi Betmen olamiga oid liboslarda edi. Shuningdek, tadbirda aktyorning rafiqasi va bolalari bo‘ldi.

Adam Uest shu oyda 89 yoshida vafot etdi.
Категория: Dunyo yangiliklari | Просмотров: 143 | Добавил: Administrator | Дата: 17.06.2017 | Комментарии (0)