Главная » Foydali maslahatlar
Gigiena vositalari ichida eng ko`p ishlatiladigani sovun, desak mubolag`a bo`lmaydi. Quyida ularni tanlashda ahamiyat berishimiz kerak bo`lgan muhim qoidalarni sanab o`tamiz.

• Antibakterial sovundan har kuni foydalanib bo`lmaydi. Uning tarkibidagi moddalar kerakli bakteriyalarni ham o`ldiradi.

• Gul va mevalar hidi ufurib turgan sovun tarkibida allergiyani qo`zg`ovchi moddalar bo`ladi. Qolaversa, asosiy qismi ishqordan iborat. U terining kislota-ishqor muvozanatini buzadi va po`st tashlashini kuchaytiradi.

• Gliserinli sovunning afzallik tomoni shundaki, u terini yumshatadi. Biroq tarkibida gliserindan tashqari spirt ham bo`lib, sovunning samarasini kamaytiradi.

• Eng yaxshisi — bolalar sovuni. Tarkibida ishqor va terini qurituvchi moddalar minimal darajadan kam. Bundan tashqari, unga tabiiy o`simlik ekstraktlari va yumshatuvchi tarkibiy birikmalar qo`shiladi.

• Xushbo`y, chiroyli, och rangli sovunlarni tanlamang, aynan ... Читать дальше »
Категория: Foydali maslahatlar | Просмотров: 188 | Добавил: ADMIN1 | Дата: 01.11.2016 | Комментарии (0)

KO`K PIYoZ ham A, V1, V2, V5, V6, V9, S, E, K, RR, xolin, temir, kaliy, kalsiy, magniy, mis, natriy, selen, rux va fosforni o`zida mujassamlashtirgan. Bu esa virusli va infeksion kasalliklardan samarali himoya sanaladi.

YaLPIZ A, S vitaminlari guruhi hamda V9 vitamini, temir, kaliy, kalsiy, magniy, marganes, mis, natriy, rux, fosfor kabi mikro va makroelementlarga boy. U bo`g`im kasalliklardai, bosh og`riganida yaxshi davo sanaladi. Shuningdek, tinchlantiruvchi vosita hamdir.

PETRUShKA A, V1, V2, V5, V6, V9, S, E, H, K, RR vitaminlari, xolin, temir, kalsiy, kaliy, magniy, mis, natriy va fosforga boy manba. Qon bosimini me`yorga keltiradi, gastrit, jigar kasalliklarini davolaydi, milklarni mustahkamlaydi.

SELDER organizmni toksinlardan tozalaydi, ortiqcha vazndan xalos etadi. Chunki uning tarkibida A, V1, V2, V6, V9, S, E, K vitaminlari, temir, kaliy, kalsiy, magniy, natriy va fosfor mavjud.

RAYHONning tarkibidan ham barcha vitaminlar ... Читать дальше »
Категория: Foydali maslahatlar | Просмотров: 200 | Добавил: ADMIN1 | Дата: 01.11.2016 | Комментарии (0)

Ularni eslab qoling!

1. Ustingizda hukmronlik qiluvchilar. Bu odamlar hukmini o’tkazish sohasida mutaxassislar. Hukmronlik qilishni yaxshi ko’radigan odamlar sizni nozik joylaringizni bilishadi va o’zlariga kerak bo’lgan vaqtda o’sha joyga teginadilar.

Xavfliligi: Bu odamlar bilan bo’layotgan suhbat o’zingizga bo’lgan ishonchingizni pasaytirishi mumkin. Ular siz qilishni istamayotgan ishlarni qilishingizga majburlab — shaxsiyatingizga tegishi mumkin. Siz u odamlarning qoidalari bo’yicha yashay boshlashingiz mumkin.

2. Dimog’dorlar. Bunday odamlar dunyo ularning barmoqlari atrofida aylanishiga o’rganib qolganlar. Ular hukmini o’tkazuvchilarga o’xshab ayyor emas ammo odamlarni ishlatishni istashadi.

Xavfliligi: Ular o’zlari va o’zlarining istaklariga yo’nalganlar. Sizning xohishlaringizning ularga qizig’i yo’q. Ular sizni ishlatishadi — va buni normal holat deb bilishadi, hamma ular uchun jon kuydirishi kerak deb o’ylashadi.

... Читать дальше »
Категория: Foydali maslahatlar | Просмотров: 256 | Добавил: ADMIN1 | Дата: 31.10.2016 | Комментарии (0)

1. Agar shampunga E vitaminidan solsangiz, sochlaringizning to`kilishi va sinishi to`xtaydi.

2. Vitaminlarga boy mahsulotlarni iste`mol qilish ham sochlaringiz salomatligini ta`minlaydi.

3. A vitamini immunetitetni oshirish hisobiga soch to`kilishi, qazg`oqqa qarshi kurashib, ularga jilo bag`ishlaydi. Kuniga 1,0 mg. A vitamini qabul qilishingiz kerak. Jigar, sariyog`, tuxum sarig`i, qaymoq va sut tarkibida bor.

4. V2 vitamini sochlaringizga sog`lom ko`rinishi bag`ishlaydi. Agar organizmda uning tanqisligi kuzatilsa, sochlaringiz tez yog`lanib, uchlari quruqlashadi. Sut mahsulotlari, tuxum, non, go`sht va jigar tarkibida mavjud bo`lgan ushbu vitaminni kuniga 2 mg. qabul qiling.

5. V3 vitamini esa sochlar ranggiga javob beradi. Uning etishmasligi sochlaringizning sekin o`sishi va tez oqarishiga sabab bo`ladi. Kuniga 50-100 mg. qabul qilish kerak. Er yong`oq, baliq, jigar va mol go`shti tarkibida serob.

6. Sochlaringizda qaz ... Читать дальше »
Категория: Foydali maslahatlar | Просмотров: 224 | Добавил: ADMIN1 | Дата: 29.10.2016 | Комментарии (0)

Bolakay uyqusida xurrak otayotgani sezib qolsak, “ha, otasining bolasi-da” deb, miyig`imizda kulib qo`yamiz. Ammo bir qarashda beozor ko`ringan bu holat bolaning ham jismoniy, ham ruhiy rivojlanishiga salbiy ta`sir ko`rsatishi mumkin. Bolakayning xurragiga quyidagi 8 belgi hamrohlik qilsa bilingki, otolarengolog yoki pediatr shifokorga murojaat qilishga asos bor.



Uyquda qattiq terlash. Bu simpotik nerv tizimining haddan ortiq faol ishlashi tufayli kislorod etishmovchiligini keltirib chiqaradi. Burun orqali etarli kislorod ololmagan organizm teri orqali nafas olishga harakat qiladi. Shu sababdan bola kuchli terlaydi.
Bola nafas olganida ko`krak qafasi botib qolishi. Bu ham organizmning nafas olishga bo`lgan intilishi natijasi bo`lib, xurrak bartaraf etilgach, o`tib ketadi.
Bolaning noqulay yotib qolishi. Ba`zida kichkintoy bo`ynini haddan ortiq cho`zib uxlaydi. Chunki bu holat nafas yo`llarining ochilishiga ko`maklashadi.
Bosh og`rig`i. Aga ... Читать дальше »
Категория: Foydali maslahatlar | Просмотров: 206 | Добавил: ziyo_music | Дата: 21.10.2016 | Комментарии (0)

« 1 2 3