Главная » 2016 » Ноябрь » 1 » Sovun tanlashning 5 qoidasi
23:36
Sovun tanlashning 5 qoidasi
Gigiena vositalari ichida eng ko`p ishlatiladigani sovun, desak mubolag`a bo`lmaydi. Quyida ularni tanlashda ahamiyat berishimiz kerak bo`lgan muhim qoidalarni sanab o`tamiz.

• Antibakterial sovundan har kuni foydalanib bo`lmaydi. Uning tarkibidagi moddalar kerakli bakteriyalarni ham o`ldiradi.

• Gul va mevalar hidi ufurib turgan sovun tarkibida allergiyani qo`zg`ovchi moddalar bo`ladi. Qolaversa, asosiy qismi ishqordan iborat. U terining kislota-ishqor muvozanatini buzadi va po`st tashlashini kuchaytiradi.

• Gliserinli sovunning afzallik tomoni shundaki, u terini yumshatadi. Biroq tarkibida gliserindan tashqari spirt ham bo`lib, sovunning samarasini kamaytiradi.

• Eng yaxshisi — bolalar sovuni. Tarkibida ishqor va terini qurituvchi moddalar minimal darajadan kam. Bundan tashqari, unga tabiiy o`simlik ekstraktlari va yumshatuvchi tarkibiy birikmalar qo`shiladi.

• Xushbo`y, chiroyli, och rangli sovunlarni tanlamang, aynan shunday sovunlarning foydasi kamroq bo`ladi.
Manba: Darakchi.uz
Категория: Foydali maslahatlar | Просмотров: 188 | Добавил: ADMIN1 | Рейтинг: 0.0/0
Всего комментариев: 0
avatar