Главная » 2016 » Октябрь » 28 » «Manchester Yunayted» «Benfika» himoyachisi Semedu bilan qiziqmoqda
19:39
«Manchester Yunayted» «Benfika» himoyachisi Semedu bilan qiziqmoqda
“Manchester Yunayted” klubi rahbariyati Matteo Darmianning o'rnini to'ldirish maqsadida zng qanot himoyachisi qidiruvini davom ettirmoqda.
O Jogo nashrining ma'lumotiga ko'ra, “MYu“ “Benfika” jamoasining 22 yoshli himoyachisi Nelson Semedu bilan qiziqmoqda. Uning shartnomasida ko'rsatilgan tovon puli qiymati 40 million evroni tashkil qiladi.
Ushbu mavsumda Semedu Portugaliya chempionatining 8ta o'yinida maydonga tushib, bitta gol hamda shuncha golli pas amalga oshirgan.
Avvalroq, “MYu” qishda Fabino (“Monako”) yoki Sheymus Koulmendan (“Everton”) birini sotib olishi mumkinligi xabar qilingandi.
— deya xabar beradi Uff nashri.
Категория: Futbol yangiliklari | Просмотров: 154 | Добавил: ADMIN1 | Рейтинг: 0.0/0
Всего комментариев: 0
avatar