Главная » 2016 » Ноябрь » 3 » Ayollar erkaklarni sevishining 10 sababi (1qism)
20:07
Ayollar erkaklarni sevishining 10 sababi (1qism)
Asrlar davomida faylasuflar, ruhshunoslar va olimlar oddiy tuyilgan savolga javob izlashadi: “Nima uchun biz kimnidir sevamiz?”. Sevgi ko’p qirrali tushunchaga ega bo’lib, uni kelib chiqishini asosiy sababi ishqiy qiziqish yoki avlodlar davomi deb bo’lmaydi.

Har bir insonda o’z ustivorliklari bo’ladi. Lekin shunday fe’l-atvorlar borki, ular hammaga yoqadi. Ba’zi qizlar baland bo’yli intelektuallarni, boshqalari kuchlilarni, uchinchilari esa romantiklarni yoqtiradilar. Erkaklarni yoqtirishning 100 sababini topish amri mahol ish bo’lib, bir sabab ikkinchi sababga monand bo’lmasligi aniq hol. Ammo, biz Gooper.uz’da erkaklarni yoqtirishning 100 sababini ajratib chiqishga qaror qildik. Bugun 10 ta sababni keltiramiz, qolganlari ham navbat bilan Gooper.uz’da e’lon qilinadi. Endi esa ayollarga yoqadigan erkaklarning odatlari va afzalliklarni ko’rib chiqamiz:

Aqilli erkaklar. O’rta statistik kuchli jins vakili bo’lib, u kvant mexanikasi va radioelektronika sohasi mutaxasisidir. U kompyuterning operatsion sistemasini hamda avtomobil kapoti ostidagi simlarni bemalol joy-joyiga qo’yishni qoyil qiladi.

Kuchli erkaklar. Faqat kuchli erkak bo’shab qolgan g’ildirakni osonlik bilan almashtira olishi va og’ir bozorliklarni tashish qobiliyatiga egadir. Bunday erkaklar ayollarni og’rini yengil qila oladilar.

Tavakkalni yaxshi ko’radigan erkaklar. Bunday erkaklar parashutdan sakrashlari, samoga uchishlari va bor-budlarini o’yin avtomatlarida yutqazib qo’yishlari ham hech gap emas.

Tejamkor erkaklar. Bundaylar hech qachon kerak bo’lmagan haridlarni amalga oshirmay, faqat kerakli narsalarni sotib oladilar. Bunday haridlar qatoriga shampun, ko’ylak, yoqtirgan o’yinning yangi qismi va boshqalar kiradi.

G’amxo’r erkaklar. Bundaylar ayollardan xabardor bo’lmoq uchun soatiga ko’p marotaba qo’ng’iroq qilib hol-ahvol so’raydiganlardir.

Sahiy erkaklar. Bundaylar o’z yorlariga quyoshni, oyni va yulduzlarni hamda brilliant taqinchoqni yoki avtomobil va tovalar to’plamini sovg’a qilishga tayyorlar.

Rahimdil erkaklar. Bundaylar xatolarni, «xiyonat» va kuyib qolgan ovqatni ham kechiradiganlardir.

Yaxshi erkaklar. Bundaylar oxirgi bo’lak to’rtini ham ayoliga berishga tayyorlar, agar ayollar ularga yangisini pishirib berishga va’da bersalar.

Tarbiyali erkaklar. Bundaylar avtobusda qo’lida hassasi bor va yoshi anchagina keksaygan ayollarga joy berishadi.

Qa’tiyatli erkaklar. Bundaylar ruxsatnomani xohlagan odamdan o’zlari xohlagan sharoitda undirishga qodir bo’lganlaridir. Misol, millionerning qizini eski uyda yashab turib, uni muxabbatini qozona oladiganlardir.
Категория: Qziiqarli malumotlar | Просмотров: 223 | Добавил: ADMIN1 | Рейтинг: 0.0/0
Всего комментариев: 0
avatar