Главная » 2016 » Ноябрь » 12 » Erta klimaksning oldini oling!
17:52
Erta klimaksning oldini oling!
Bugungi kunda erta klimaks tez-tez uchrab turayotgan holatga aylandi. Bu davrda o‘ziga xos o‘zgarishlar qatorida sog‘ligimizda ham turli bezovtaliklar kelib chiqishi sir emas. Ularni bartaraf etish uchun esa ishni taomnomadan boshlashni tavsiya etamiz:

• Kalsiyga boy mahsulotlar – sut,qatiq, tvorog, yogurt, pishloq, tuxum, bodom, sariyog‘, dengiz karamidan tayyorlangan yeguliklar ayni muddao.
• Yarim to‘yingan yog‘ kislotalariga ega bo‘lgan o‘simlik yog‘i, yong‘oqlar, albatta, taomnomaga kiritilishi zarur. Ular qondagi trigliserid va xolesterin miqdorini kamaytiradi.
• Omega – 3 yog‘ kislotasi ko‘p bo‘lgan baliq turlari iste’mol qilinishi kerak. Hech bo‘lmaganda haftasiga bir marta bo‘lsa ham. Shuningdek, yong‘oqlarni ermak qilish ham asabni tinchlantiradi.
• Nonushtaga suli va manniy yormasidan tayyorlangan bo‘tqalar, meva sharbatlari bo‘lsa, tushlikka suyuq taomni tanlang. Kechki taomda esa ko‘kat qo‘shilgan salat yeyishingiz lozim.
• Makaron yoki xamirli taomlarni bug‘da tayyorlang.
• Sabzi, karam, qizil lavlagi, bulg‘or qalampiri, pomidor va barra ko‘katlar immunitetga “tez yordam”dir. Unutmang, bu davrda immun tizimi zaiflashib qoladi.
• Bor elementiga mo‘l bo‘lgan mayiz, shaftoli, anjir, qulupnay va olxo‘riga ham diqqat qiling.
• Salat bargi tarkibida Ye vitamini talaygina. Ayni klimaksning boshlang‘ich davrida salat bargi qo‘shilgan taom va yeguliklarni kanda qilmasangiz, kayfiyat o‘zgaruvchanligi hamda uyqusizlikdan aziyat chekmaysiz.
• Piyoz, sarimsoq immunitetni oshiribgina qolmay arterial qon bosimini ham me’yorlashtiradi.
• Bu davrda shirinliklarga ko‘p ham chalg‘imang. Achchiq qora shokolad, yong‘oq-mayiz aralashmasi stressni yengish uchun kifoyadir.

Manba: "darakchi.uz"
Категория: Salomatlik sirlari | Просмотров: 184 | Добавил: ADMIN1 | Рейтинг: 0.0/0
Всего комментариев: 0
avatar