Главная » 2016 » Ноябрь » 13 » Ertangi kun munajjimlar bashorati
07:41
Ertangi kun munajjimlar bashorati
13 noyabr kuni mablag‘ sarflashni talab qiluvchi ishlarni bir-bir yodga olib, ularni tezroq bitirish payida bo‘lasiz. Ammo bu puldan qiynalib qolasiz degani emas. Kunning ikkinchi yarmida albatta o‘zingiz kutgan daromad kelib qo‘lingizga tushadi. Faqat sanashga erinmasangiz bas. Tadbirkorlar ham kelgusida hayotga tadbiq etiladigan yangi loyihalar ustida ishlasalar ham ziyon qilmaydi.

Buzoq (21. 04-21. 05)

13 noyabr erta tongda ilgarigidan ikki hissa ko‘proq faollikni qalban his etgan holda uyg‘onasiz. Bundan nafaqat o‘zingiz, balki atrofdagilar ham hayron qolishadi. Buzoq burji vakillari bugun o‘qish-o‘rganish, ilm bilan bog‘liq ishlarga qo‘l urishsa, muvaffaqiyatli kechadi. Ammo kayfiyat kunning ikkinchi yarmida pand berishi mumkin. Bu holat kechqurun oila davrasiga qaytganingizda yaqqol namoyon bo‘ladi.

Egizaklar (22. 05-21. 06)

13 noyabr kun bo‘yi begonalar nazaridan saqlaning. Sizdagi qobiliyatga, shinavandalik va omadlilikka ko‘z tegishi mumkin. Kelgusida ko‘proq daromad keltirishi taxmin qilingan ishlar g‘oyasini ham bugun tuzib qo‘ysangiz, juda yaxshi bo‘lardi. Kechqurun salomatlikka e’tibor qarating. Shamollab qolishdan saqlaning. Oshqozonni asrang, xastalik xavf solish ehtimoli bor.

Qisqichbaqa (22. 06-23. 07)

13 noyabr kuni ertalab juda yaxshi kayfiyatda uyg‘onasiz. Atrofdagilar bilan iliq munosabatlar kayfingizni chog‘ qilishi kutiladi. Kun bo‘yi janjal, ko‘ngilsizlik, xafagarchiliklarga duch kelmaysiz. Moliyaviy ahvolingiz ham ko‘ngildagidek bo‘ladi. Faqat salomatlik masalasini oldinga o‘rinlarga qo‘yib, parhezga alohida e’tibor bering. Kechqurun olisda yashaydigan do‘stingiz haqida yaxshi xabar eshitasiz.

Arslon (24. 07- 23. 08)

Jismoniy zo‘riqishlar uchun 13 noyabr sira to‘g‘ri kelmaydi. Yo xastalanish, yo kun bo‘yi ishlab bir tiyin pul ololmay qolishingiz mumkin. O’quv yurtlarida o‘qiydiganlar bugun dam olish kunini ko‘ngildagidek o‘tkazishlari kutilmoqda. Kunning ikkinchi yarmini qolganlar ham dam olishga bag‘ishlashsa, maqsadga muvofiq bo‘ladi. Kechqurun oila davrasida bo‘ling, iloji bo‘lsa, keksa qarindoshlardan xabar oling. Savobi tegadi.

Parizod (24. 08-23. 09)

13 noyabr kuni parizod burji vakillaridan ishda ham, shaxsiy hayotda ham tezkorlik, bardoshlilik va yuksak iste’dod talab etiladi. Atrofdagilar bilan munosabatlaringizga putur yetmaydi. Shaxsiy buyumlar, ayniqsa, yangi kiyimlar xarid qilish uchun 13 noyabr juda qulay kechadi. Oila qurmaganlarni ajoyib uchrashuvlar kutadi. Yodingizda bo‘lsin, parizod burjida tug‘ilganlarga odatda 13 raqami doimo omad olib keladi. Faqat salomatlikka alohida e’tibor qarating.

Tarozi (24. 09-23. 10)

13 noyabr kuni ko‘pchilikning e’tiborida bo‘lasiz. Bundan foydalanib qolishni yulduzlar maslahat berishgan. Bugun o‘ta mushkul yumushlarga ham bemalol qo‘l ursangiz bo‘ladi, omad siz tomonda. Ammo o‘zgalar maslahatiga quloq tutgan holda ish tutmang. Aksincha qalbingizga quloq soling, u sizni aldamaydi.

Chayon (24. 10-22. 11)

13 noyabr kuni juda ehtiyotkor bo‘lishingiz talab etiladi. Kunning birinchi yarmida yo‘qotishlarga yuz tutishingiz kutilmoqda. Tadbirkorlar raqobatchilar harakatini zimdan kuzatib tursalar foydadan xoli bo‘lmaydi. Yangi tanishlar orttirish, salomatlik haqida qayg‘urgan holda vrachlar ko‘rigidan o‘tish muvaffaqiyat keltiradi. Oila qurmaganlar bugun yangi tanishuvlardan umid qilmasalar ham bo‘ladi. Kechqurun yaqin do‘stlar davrasida dam oling.

O’qotar (23. 11-21. 12)

13 noyabr kuni har bir daqiqangizning qadriga yeting. Shunda kuningiz xayrli kechadi. Ayniqsa, tadbirkorlar uchun bugungi kun ko‘z ko‘rib quloq eshitmagan daromadlarni hadya etishi mumkin. Shaxsiy hayotda oqimga qarshi suzmang, o‘zingizga yomon bo‘ladi. Agar biror masalada shubha qalbingizni egallab olsa, tajribali tanishlardan maslahat so‘rashga ham uyalmang. Kechqurun xamirli, yog‘li ovqatlar iste’mol qilish tavsiya etilmaydi. Suyukli insoningizga kechqurun yoqimli sovg‘a hozirlang, armonda qolmaysiz.

Tog‘ echkisi (22. 12-20. 01)

13 noyabr dam olish kuni hisoblansa-da, tadbirkorlar, tijorat kishilari baribir ishlashdan to‘xtashmaydi. Bugun anchadan beri jig‘ingizga tegib kelgan hamkorlardan xalos bo‘lishingiz uchun qulay kechadi. Uy, mashina, xususiy mulk sotib olish uchun bugungi kun muvaffaqiyat keltirmaydi. Atrofdagilar, oiladagilar bilan muloqotda tilingizga hushyor bo‘lsangiz, nur ustiga a’lo nur bo‘ladi. Kechqurun yaqin qarindoshlardan biri haqida yoqimli xabar eshitishingiz ehtimoli bor.

Qovg‘a (21. 01-19. 02)

13 noyabr kuni do‘ppini osmonga otavering. Bugun sizni kutilmagan yoqimli sovg‘alar, omadli va baxtli tasodiflar kutadi. Yaqin insonlar bilan dam olishingiz uchun ham 13 noyabr yoqimli kechadi. Moliyaviy ahvolingiz kechqurun yaxshilanishi kutilmoqda. Hoynahoy kimdir sizdan olgan qarzini keltirib bersa kerak. Shaxsiy muammolar ham xamirdan qil sug‘urgandek oson hal bo‘ladi. Qarindosh-urug‘lar bilan munosabatlarda bugun omadga erishasiz. Sog‘lig‘ingizni ehtiyot qiling.

Baliq (20. 02-20. 03)

13 noyabr kunning birinchi yarmidayoq moliyaviy jihatdan ahvolingiz yaxshilanadi. Ammo kun bo‘yi xatoliklarga ham yo‘l qo‘yishingiz ehtimoldan xoli emas. Beayb Parvardigor deyishadi-ku! Salomatlik masalasida shikoyatingiz yo‘q, kissangizda ham pul barqarorligi kuzatiladi. Oila qurmaganlar bugun qarama-qarshi jins vakillari bilan tanishishsa, bu tanishuv kelgusida to‘yga aylanishi tayin. Faqat xudoga shukr qilib yashashingiz talab etiladi xolos.

Omon bo‘ling!
Категория: Munajjimlar bashorati | Просмотров: 247 | Добавил: ADMIN1 | Рейтинг: 0.0/0
Всего комментариев: 0
avatar