Главная » 2016 » Ноябрь » 3 » Kambag`allikka olib keladigan 7 odat
19:53
Kambag`allikka olib keladigan 7 odat
Bizning odatlarimiz jismoniy va emosional holatlarimizga ta`sir qilib, qariyb harakatlarimizni dasturlab beradi hamda hayotimizga ta`sir ko`rsatadi. Ular orasida hayotimizdan olib tashlashimiz kerak bo`lganlari bor.

1. O`zingizga achinish odati

Kambag`allik odati o`ziga va omadsiz taqdiriga haddan ortiq achinishdan kelib chiqadi. Qomatingiz, daromadlaringiz, ma`lumotingiz, uyingiz, ob-havo, supermarketdagi sotuvchining yoqmasligi — bularning barchasi o`zingizning omadsizligingizga achinish uchun sabab bo`lishi mumkin.
O`ziga achinishni o`rganib qoladigan odam atrofdagilarga hamdarddlik hissini yo`qotadi. Bechora bo`lish oson, ammo barchasi uchun mehnat qilish kerak. Bundaylardan doimiy ravishda qochishadi. Uning aloqalari kamayadi. O`ziga achinish — bu kam maoshli ish va oddiy yashashga erishishning eng yaxshi usuli.

2. Hamma narsada pulni tejash

Agar do`konga kirishingiz bilan chegirmali narsalarni izlayotgan bo`lsangiz, hech qachon hech kimga qarz bermasangiz, ofisiantlarga choy-chaqa tashlamasangiz va hamkasblaringiz sizdan kam ishlab ko`proq haq olyapti deb hisoblasangiz, demak kambag`allik odati sizga singib bo`lgan.

Analitiklarning fikricha, haddan otiq tejamkorlik,odamning daromad va harajatlari o`rtasida mutanosiblik yo`qligidadir. Boy odam har bir narsa uchun haqqoniy narx to`laydi. Bundan tashqari hammaning mehnatiga yarasha haq ham berishga tayyor.

3. Hamma narsani pulga chaqish

Faqat kambag`allikka dasturlangan odamlargina faqat yaxshi maosh bilan baxtli bo`lish mumkin deb sanashadi. Qimmat kiyim, mashina, uysiz esa baxtga erishish qiyin deb o`ylashadi.Boy odamlar esa sevgi va do`stlikni eng qimmatbaho narsa deb sanashadi.

4. Pul tugayotganda sarosimaga tushish odati

Ishda sizni qisqartirishlarini bilganingizdan so`ng sarosimaga tushishingiz bu ichki kambag`allik dasturi leyiladi. Boy odamlarda pul tengi yo`q birlik emas: bugun ular bor ertaga esa yo`q.

5. Topganingdan ko`proq sarflash odati

Siz ikkita ishda ishlayapsiz, ammo barbir pulingiz etmayapti? Nimanidir o`zgartirish vaqti keldi! Harajatlarni ko`rib chiqing.

6. Yaxshi ko`rmagan ishingiz bilan shug`ullanish odati

Men bo`lmasam, yana kim? Ruhshunoslarning aytishicha, hayotda yoqtirmagan ishi bilan shug`ullanuvchilar kambag`allikka tayyor odamlar sanaladi. Bunga sabab esa yoqtirmagan ishini qilishga undovchi hislar. Bu odatdan voz keching, o`zingiz yoqtiradigan ish bilan shug`ullaning. Faqat shu yo`l bilan omadga erishasiz.

7. Qarindoshlardan uzoqda yurish odati

Etti pushti boylarning eng e`zozlanadigan qadriyati bu oilasidir. Ahir aynan shu erda har qanday sharoitda ham halovat topish mumkin.
Manba: Darakchi.uz
Категория: Qziiqarli malumotlar | Просмотров: 227 | Добавил: ADMIN1 | Рейтинг: 0.0/0
Всего комментариев: 0
avatar