Главная » 2016 » Ноябрь » 4 » Muloqotda sabr toqatlimisiz? (Yangi psixologik test)
08:21
Muloqotda sabr toqatlimisiz? (Yangi psixologik test)
Boshqalarningfikriga quloq solasizmi yoki o‘zingizning fikringiz barcha narsadan ustunroqmi?
Quyidagi test sizning qay darajada
sabr-bardoshli ekanligingizni aniqlashga yordam beradi. Marhamat o‘zingizni
sinab ko‘ring.

1. Sizda qiziqarli g‘oya paydo bo‘ldi deb
hisoblayapsiz. Ammo uni hech kim qo‘llab-quvvatlamadi. Jahlingiz chiqadimi?

a). Ha; b). Yo‘q.

2. Do‘stlaringiz bilan uchrashdingiz, kimdir o‘yin
boshlashni taklif qildi. Siz quyidagilardan qaysi taklifni ma’qullaysiz:

a). Faqat yaxshi o‘yinchilar ishtirok etsin;
b). O’yin qoidasini bilmaydiganlar ham o‘ynayversin.

3. Noxush xabarni tinch qabul qilasizmi?

a). Ha; b). Yo‘q.

4. Jamoat joylariga mast bo‘lib keluvchi odamlar
jahlingizni chiqaradimi?

a). Ha; b). Yo‘q.

5. Siznikidan farq qiluvchi kasbdagi, sharoitdagi odam
bilan oson muloqot o‘rnata olasizmi?

a). Bu ancha murakkab kechadi;
b). Men bunday narsalarga ahamiyat bermayman.

6. Sizga hazil qilishsa nima qilasiz?

a). Menga hazil ham, hazilkash ham yoqmaydi;
b). Hazil menga yoqmasa ham unga munosib javob
berishga harakat qilaman.

7. Ko‘pchilik odamlar haqida aytilgan «birovning
o‘rnida o‘tiribdi», «o‘z ishini qilmayapti» degan fikrlarga qo‘shilasizmi?

a).
Ha; b). Yo‘q.

8. Do‘stlaringiz davrasiga o‘z do‘stingiz (dugonangiz)
bilan keldingiz va u hammaning e’tiboriga tushdi. Siz
qanday holatga tushasiz?

a). E’tibor mendan chetlashganidan norozi bo‘laman;
b). Men bundan xursand bo‘laman.

9. Keksa yoshdagilar bilan suhbat chog‘ida yosh
avlodni tanqid qilishsa, ularga sizning javobingiz qanday?

a). Bu munozaraga aralashmayman;
b). Buni tushuntirishga harakat qilaman.

1-b, 2-b, 3-b, 4-a, 5-b, 6-b, 7-b, 8-b, 9-a javoblariuchun 2 balldan beriladi.
Qolganlari uchun esa 0 ball. Shunga qarab hisoblabchiqing.

JAVOBLAR
0 dan 4 ballgacha. Siz bo‘ysunmas va o‘jarsiz. Qaerda bo‘lmang, o‘zfikringizni ma’qullatishga harakat qilayotgandek tasavvur uyg‘otasiz.
Maqsadingizga erishish uchun tez-tez ovozingizni baland-latasiz. Bu
xarakteringiz bilan siz kabi fikrlay olmaydigan va sizdek harakat qilmayotgan
odamlar bilan murosa qilishingiz qiyin.

4-12 ball. O’z e’tiqodlaringizni qattiq himoya qilishgaqodirsiz. Ammo shubhasiz, suhbat qurib, zarurat bo‘lsa o‘z fikringizni
o‘zgartirib olasiz. Ba’zan ortiqcha keskinlik, suhbatdoshingizga nisbatan hurmatsizlik
qilishingiz mumkin. Shunday vaqtlarda kuchsiz xarakterli odamlar bilan
kechadigan bahslarda ustunlikka erishasiz. Bunday yo‘l tutish har doim ham hurmat keltirmaydi.

13-18 ball. E’tiqodlaringiz barqarorligi o‘tkir aqlingizga judamunosib. Siz har qanday g‘oyani tinglashingiz, bir qarashda bema’ni
xulq-atvorni tushunishingiz mumkin. O’z fikrlaringizga tanqidiy munosabatdasiz
va suhbatdoshingizning xato fikrlariga qo‘shilmasligingizni hurmat bilan
bildira olasiz.



XOSIYATXON tayyorladi
Категория: Psixologik testlar | Просмотров: 191 | Добавил: ADMIN1 | Рейтинг: 0.0/0
Всего комментариев: 0
avatar