Главная » 2016 » Ноябрь » 13 » Mutaxassis fikri: Ronaldu rostdan ham 41 yoshgacha futbol o'ynay oladimi?
18:56
Mutaxassis fikri: Ronaldu rostdan ham 41 yoshgacha futbol o'ynay oladimi?
Portugaliya terma jamoasi jismoniy tayyorgarlik bo'yicha mas`ul shifokor Joau Arozu Krishtianu Ronalduning jismoniy holati bo'yicha fikrini bildirib o'tdi.

«Agar Krishtianuda jarohatlar bilan bog'liq muammo bo'lmasa u hattoki 41 yoshida ham yaxshi saviyada to'psura olishi mumkin. Ronaldu boshqalardan ajralib turadi demoqchi emasman, biroq uning ustun taraflari ko'p.

U hech qachon sekin harakat qiladigan futbolchi bo'lmagan, hattoki yoshi o'tib borayotgan bo'lsa ham. U darvozaga yaqin harakat qilishni boshlagan.

Ronaldu himoyachilarni aldashda davom etmoqda. Chunki unda juda katta tajriba va mahorat bor», — degan Arozu.
Категория: Futbol yangiliklari | Просмотров: 146 | Добавил: ADMIN1 | Рейтинг: 0.0/0
Всего комментариев: 0
avatar