Главная » 2016 » Ноябрь » 4 » O'z o'zingizni ruhlantiring (Psixolog maslahati
08:19
O'z o'zingizni ruhlantiring (Psixolog maslahati
1. Hayotingizdagi hissiyotlarni yarating

Ajoyib kayfiyatni yarating va u qanday namoyon bo‘lish tafsilotlarini ko‘rsating. Hayotingizdagi hissiyotlar bular kelajakdagi istaklaringizdir. Nima qilishingiz, qayerda yashashishingiz, erishilgan muvaffaqiyatdan qanday bahra olishingizni yozing. Ta’rifga ruhiy kechinmalarni kiriting. Shunchaki uy emas, u nima uchun sizga kerak, u yerda qanday yashaysiz, qanday sharoit, yoningizda kim bo‘ladi? Bunday usul hozirgi va kelgusidagi maqsadlarga erishishda rag‘batlantirish uchun yaxshi ishlaydi.
2. Kelajagingizni tasvirlang

Imkon qadar tez-tez imkon qadar hayotingizdagi hissiyotlarni tasvirlang. Ko‘zingizni yuming va o‘zingiz shug‘ullanishni istagan mashg‘ulot bilan band holatda tasavvur qiling. Agar siz eng yaxshi jismoniy baquvvat tashqi ko‘rinishga ega bo‘lishni istasangiz, misol sifatida sog‘lom va kelishgan, trenajyor zalida shug‘ullanayotganingizni va ertalab yugurayotganingizni tasavvur qiling. Agar siz o‘z biznesingizni ochishni orzu qilsangiz, biznesni ochgan kuningizni, xodimlar va birinchi mijozlarni qanday qarshi olishingizni ko‘z oldingizga keltiring. Yorqin tasavvurlarni yarating. Asosiy his etish a’zolaringizni ishga soling. Nimani ko‘rayapsiz, eshitayapsiz, his etayapsiz, atroda qanday iforlar ufurib turibdi? Imkon boricha yorqin va yoqimli qiyofalar bo‘lsin.

3. O‘rgan, o‘rgan, o‘rgan

O‘zingiz harakat qilayotgan hayotiy darajalarga erishgan istayotgan eng yaxshi trenerlarning ruhlantirish mavzusi bo‘yicha seminarlarida ishtirok eting, o‘qing va o‘rganing. Ularda muvaffaqiyatingizning maxfiy kalitlari bo‘ladi. O‘qilganlarni muhokama qiling, maqsad va orzularingizga yaqinlashtiradigan barcha narsalarni tinglang, o‘zingizda sinab ko‘ring. Deylik, agar siz yozuvchi bo‘lishni istasangiz, kurslarga yozilishingiz, masofadan turib o‘rganishingiz, kitoblar o‘qishingiz, yozishingiz, boshqa yozuvchilar bilan aloqada bo‘lishingiz, ko‘rgazma va seminarlarda ishtirok etishingiz mumkin. Atrofingizdagi odamlarning muvaffaqiyatlari tarixi bilan tanishing.

Kitoblar va Internetda ajoyib ishlarni amalga oshirgan va o‘zgacha yutuqlarga erishgan oddiy odamlarning tarjimai hollari yetarlicha. Imkoniyatlar ko‘p. Asosiysi tanlash va harakat qilish. .

4. Tartib va tozalikka e’tibor qarating

Sizning tashqi ko‘rinishingiz, sizdan kelayotgan ifor, to‘g‘ri tanlangan imidj bu muvaffaqiyatingizning bir qismidir. Toza, saranjom-sarishta va yaxshi tashkil qilingan ish joyi, uy, ofis maqsadlarga erishishda muhim shartlardan sanaladi. Atrofdagi iflosgarchilik ichimizda ham axlat paydo bo‘lishiga olib keladi. Hayotingizni tartibga soling va har kuningizda ko‘proq energiya va soflik topasiz. Atrofdagi tozalikka e’tiborli bo‘ling. Axir, siz ichingizda nima bo‘lsa, tashqarida ham shunday bo‘lishini bilasiz. Qonun har ikki tomondan harakatga keladi.
5. To‘g‘ri ovqatlaning

Ko‘pchilik bu muhim jihatga yuzaki qarashadi. To‘g‘ri ovqatlanish baxtli hayotni yaratishimiz uchun zarur bo‘lgan energiyani beradi. O‘zingizga
Категория: Psixologik testlar | Просмотров: 291 | Добавил: ADMIN1 | Рейтинг: 0.0/0
Всего комментариев: 0
avatar