Главная » 2016 » Ноябрь » 15 » Sifatli asalni qanday tanlash kerak? qayerdan bilib olsa bo'ladi?
08:32
Sifatli asalni qanday tanlash kerak? qayerdan bilib olsa bo'ladi?
Asal– bir talay noyob shifobaxsh xususiyatlarga ega eng foydali mahsulotlardan biridir. Ammo «haqiqiy» asalni topish oson ish emas. Savdo peshtaxtalari sifatsiz asal mahsulotlariga to‘la. Asal kabi ommabop mahsulotni qalbakilashtirish juda oson.

Ayniqsa asal yopiq idishda sotilayotgan bo‘lsa, qalbaki mahsulotni tabiiysidan farqlash qiyin bo‘ladi. Asal haqidagi kichik xiylalar va qiziqarli faktlarni bilmas ekansiz, bunday mahsulotni xarid qilayotganingizda ishlab chiqaruvchilar va sotuvchilarning halol ekaniga umid qilishingizdan boshqasi qolmaydi. Shunday qilib, tabiiy asalni vizual tarzda qanday aniqlash mumkin? U suyuq va kristallashgan bo‘ladi. Asalning teksturasi gul shirasi qaysi gullardan yig‘ilganiga va qanday haroratda saqlanganiga bog‘liq. Ko‘pgina asal navlari kuz paytida kristallashadi. Kristallashgan asalni xarid qilar ekansiz, mahsulot haqiqiy ekaniga ishonishingiz mumkin.

Bahorgacha suyuq bo‘lib qoladigan asal archagul, akatsiya, kashtan va tarkibida fruktoza ko‘p bo‘lgan boshqa o‘simliklarning shirasidan olingan bo‘ladi. Ammo asalning bu navlari juda kam bo‘lib, hamma yerda ham sotilavermaydi. Shu bois agar qishning qoq o‘rtasida sizga suyuq asalni taklif etishsa, bu qalbaki ekaniga shubha qilmang. Bunday asal kristallashgan asalni eritish yoki asalarilarni shakar siropi bilan boqish orqali olingan bo‘ladi. Ushbu mahsulotda foydali xususiyatlar deyarli bo‘lmaydi. Tabiiy suyuq asalga yorug‘da qaralganida tarkibida mum va gul changining mayda zarralari borligini ko‘rish mumkin. Agar asal ideal toza bo‘lsa, demak bu yerda bir gap bor.

Asalni quydirib sotib olishning bir talay afzalliklari mavjud. Asosiysi xaridingizning hidini va ta’mini tatib ko‘rish mumkin. Tabiiy asalning ta’mga doir sifatlari yorqinroq va biroz nordonroq bo‘ladi. Sifatli asalni iste’mol qilganingizda tomog‘ingizni «shilib» o‘tib ketadi.

Xarid paytida asalning og‘irligiga ham e’tibor qiling. Bir litr bankadagi asal bir yarim kilogrammga yaqin og‘irlikda bo‘lishi lozim. Muhim omil – bu asalning oquvchanligidir. Asalni qoshiq yoki tayoqchaga o‘rab olganda, mahsulotning oqimi bir xil va uzluksiz bo‘lishi zarur.

Asalni tanlar ekansiz, sifatni tekshirib ko‘rish maqsadida ekspress-test o‘tkazib ko‘rishingiz mumkin. Buning uchun mahsulotni barmoqlaringizga olib, uni ishqalang. Agar barmoqlar uzoq vaqtga yopishqoq bo‘lib qolsa, oldingizdagi asal tabiiy, agar yopishqoqlik effekti qisqa muddatli bo‘lsa, unda oldingizda – qalbaki asal.

Asal sifatini tekshirib ko‘rishning yana bir usuli – bu mahsulotning bir tomchisini olib, ustiga kraxmal sepib qo‘yish. Agar kraxmal tomchining ustida oq shapkacha bo‘lib tursa, oldingizda tabiiy asal.

Ushbu oddiy maslahatlar asalning sifatini aniqlash va dasturxoningizga faqat yaxshi mahsulotni tanlashga yordam beradi.
Категория: Foydali maslahatlar | Просмотров: 327 | Добавил: ADMIN1 | Рейтинг: 0.0/0
Всего комментариев: 0
avatar