Главная » 2016 » Ноябрь » 1 » Suhbatdoshingizni yuziga qarab, fe`lini “o`qing”!
23:42
Suhbatdoshingizni yuziga qarab, fe`lini “o`qing”!
Mutaxassislar, ya`ni fiziognomistlar inson tashqi ko`rinishining bir-birini takrorlamaydigan sifatlari o`zida juda ko`p qimmatli ma`lumotlarni jamlaganini e`tirof etishadi.

Baland va keng peshana sohiblariga faoliyatning intellektual sohalarida muvaffaqiyatga erishish uchun barcha shart-sharoit mavjud. Biroz harakat qilsangiz kifoya.
Baland peshanani hoshiyalaydigan sochlarning aylana chizig`i ko`pincha mustaqil fe`l-atvor va maqsadga erishishdagi qat`iylik belgisi sanaladi.
Yuzi uzunchoq bo`lgan kishilar — yaxshi tashkilotchi, ularni boshqaruvchilik lavozimlarida omad kutadi.
Yirik, chaqnab turuvchi ko`zlar — ijodiy sohada muvaffaqiyatni kafolatlaydigan ijobiy energetika nishonasi.
Biroz qiyshaygan burun — ayyorlik, ustomonlik yordamida karera pog`onasidan ko`tarilish mumkinligini bildiradi.
To`g`ri burun omadga uning sohibini o`ziga bo`lgan ishonch va xotirjamlik olib borishini bildiradi.
Ingichka burun — engiltabiatlik belgisi ekan.
Keng burun esa karera haqida orzu qilmaydigan, lekin baxt va muhabbatni topishga qodir ochiqko`ngil, bag`rikeng insonlarga xos.
Xizmat pog`onasidan ko`tarilish va ko`ngildagidek nikoh yirik burunli serg`ayrat va izzattalab insonlarga xos.
Kalta va uchi yumaloq burun egasi ortiqcha asabiylashadigan, qizishib ketadigan bo`larkan. Bu esa ularning o`ziga ham, boshqalar bilan munosabatlarda ham xalaqit beradi.
Manba: Darakchi.uz
Категория: Foydali maslahatlar | Просмотров: 159 | Добавил: ADMIN1 | Рейтинг: 0.0/0
Всего комментариев: 0
avatar