Главная » 2016 » Ноябрь » 3 » Sukunat miyaga qanday ta`sir ko’rsatadi
20:17
Sukunat miyaga qanday ta`sir ko’rsatadi
Ba`zi tadqiqotlar natijasiga ko’ra, bir kun mobaynida sokin sharoitda bo’lish inson salohiyatining ochilishiga turtki bo’lar ekan: sukunat hotirani faollashtiradi, ma`lumotni tahlil qilishga yordam beradi va hattoki miya hujayralari o’sishini rag’batlantiradi.

Ma`lumotlarga ko’ra, baland tovushlar miya va tanaga salbiy ta`sir ko’rsatadi. Tadqiqotlar shovqinning qon bosimi oshishi, uyqu jarayonining buzilishi va yurak kasalliklarini keltirib chiqarishini aniqlashdi, deb xabar beradi “Kun” nashri.

Nautilus nashridan Deniyel Gross sukunatning inson miyasiga ijobiy ta`sir ko’rsatishiga doir batafsil izoh berdi. U musiqa tovushi va boshqa shovqin tovushlari bo’yicha bir necha tadqiqotlarni to’plab, qiziq natijalarga ega bo’ldi.

Quyida sukunatning uch ustuvor tomoni haqida ma`lumot beramiz.

Miyaning yangi hujayralari o’sishi

D’yuk Universitetidan regenerativ biolog Imke Kirste bir guruh sichqonlarni turli shovqin tovushlari ta`siriga tushirib, sukunatni nazorat omili sifatida qo’llashni rejalashtirgan.

Biroq sichqonlar ikki soat sokin muhitda saqlanganidan keyin ularning gippokampida yangi hujayralar paydo bo’lishi aniqlandi. Miyaning bu bo’limi his-tuyg’ular shakllanishida va axborotning qisqa muddatli hotiradan uzoq muddatlisiga o’tishida ishtirok etadi.

“Biz sukunatning yangi hosil bo’lgan hujayralarga tizimga integratsiyalashishiga haqiqatda yordam berishini aniqladik”

Imke Kirste, regenerativ biolog

Hotirani faollashtirish

Atrofda “tiq” etgan tovush bo’lmasa-da, bizning miyamiz haddan ziyod hushyor. Masalan, sevimli qo’shig’ingizni tinglayapsiz va kutilmaganda u uzilib qoldi. Agar siz qo’shiqning kuyi va so’zlarini yahshi bilsangiz, u miyangizda jaranglashda davom etadi.

Miya hotiradan tanish ohanglar va matnni topib, huddi qo’shiq davom etayotgandek tasavvur qoldiradi. Nautilus sahifalarida berilgan ma`lumotlarga ko’ra, bu holat bosh miyaning eshituv qobig’i izchil ishlashda davom etishi bilan izohlanadi. Hattoki quloqlaringizga hech qanday tovush bormasa-da, miya har doim faol qolishning yo’lini topadi.

Refleksiyani rag’batlantirish

Miya tashqi ta`sirlarga duch kelmasa ham, u diqqatni jamlashni to’htatib, “saralash tartibi”ga o’tadi. Bu u butunlay o’chadi degani emas. Aksincha. Hotirjam holatdagi miya ma`lumot to’playdi va uni qayta ishlaydi. Bu refleksiya, deb ataladi.

Tashqi tovush qo’zg’atuvchilari miyani eshitishga majburlaydi. Atrof jimjit bo’lsa, miyamiz ichimizda sodir bo’layotgan narsalarga quloq tutishga majbur bo’lar ekan.
Категория: Qziiqarli malumotlar | Просмотров: 242 | Добавил: ADMIN1 | Рейтинг: 0.0/0
Всего комментариев: 0
avatar